Amudaryo tuman ixtisoslaştirilgan maktabiga öqişga marhamat!
Prezidentimizning 2022-yil 14-aprel kungi farmoni asosida Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslaştirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida 2022-2023 öquv yilidan boşlab Amudaryo tuman ixtisoslaştirilgan maktabi öz iş faoliyatini boşladi. Ötgan qisqa fursat içida maktabimiz pedagogik jamoaning kuç-ğayrati hamda bilimga çanqoq öquvçilarning intilişlari tufayli qator natijalarga erişdi.
Maktabimizda aniq va tabiiy fanlar yönalişlarida öquvçilarga xalqaro taʼlim standartlariga mos interaktiv uslublar asosida 28 nafar oliy, 17 nafar birinçi hamda 16 nafar ikkinçi toifali öqituvçilar dars beradi. 34 nafar öqituvçilarimiz xalqaro va milliy sertifikatlarga ega.
Öquvçilarimizning bilimlarini oşirişda tajribali öqituvçilarning örni beqiyosdir. Ular nafaqat bilim beriş, balki öquvçilarning şaxsiy rivojlanişi va motivatsiyasini oşirişga ham katta eʼtibor qaratişadi. Öz sohasining yetuk bilimdoni bölgan pedagoglarimiz öquvçilarga murakkab mavzularni tuşunişda yordam beradi, ularning fikrlaş qobiliyatini rivojlantiradi va mustaqil işlaş könikmalarini şakllantiradi. Şuningdek, ular öquvçilarning individual xususiyatlarini hisobga olib, har bir öquvçiga mos keladigan öqitiş usullarini qöllaydi. Bu esa öquvçilarning bilimlarini mustahkamlaş va ularning zaif tomonlarini aniqlaş hamda bartaraf etişda muhim rol öynaydi.
Mana şunday fidoyi ustozlarimizning saʼy-harakatlari bilan ötgan öquv yilida maktabimiz bitiruvçilarining 85 foizi talaba böldi. Bu – katta körsatkiç. Maktabni tamomlagan yili özlari istagan oliy taʼlim dargohlariga kira olmagan öquvçilar ham bu yil albatta talaba bölişlariga işonamiz.
Öquvçilarimizning yutuqlari haqida töxtalar ekanmiz, ular birgina joriy öquv yilida asosiy fanlar olimpiadasining III bosqiçida 5ta sovrinli örin egalari bölişganini, 2 nafari olimpiadaning Respublika bosqiçida iştirok etganini alohida taʼkidlaş lozim. Qolaversa, STEAM fanlari olimpiadasida maktab öquvçilari jami 7ta sovrinli örinlarni egallab, ularning 4 nafari Respublika bosqiçida iştirok etdi. Şuningdek, qizlar örtasida taşkil qilingan matematika olimpiadasida ham 2 nafar öquvçi Respublika bosqiçida iştirok etib, bilimlarini sinovdan ötkazdi.
Maktabning 11-sinf öquvçisi Botirjon Kamolov muddatidan oldin 4ta xalqaro oliygohga öqişga qabul qilindi. Maktab böyiça umumtaʼlim fanlaridan sertifikatlarni qölga kiritgan öquvçilar soni esa 70 nafardan ortiq. Bu kabi yutuqlar maktabimiz reytingini kötarişi bilan birga uşbu taʼlim dargohida kelgusida tumanimiz, Qoraqalpoğiston va Özbekiston miqyosida xalq xöjaligining turli sohalarida faoliyat yuritib, davlat va jamiyat rivojiga hissa qöşadigan yoşlar kamolga yetayotganining yorqin dalilidir.
Maktab muhiti öquvçilarning taʼlim olişida muhim rol öynaydi, çunki ularning akademik yutuqlari va şaxsiy rivojlanişiga katta taʼsir körsatadi.
Şu sababli ham Amudaryo tuman ixtisoslaştirilgan maktabida taʼlim sifatini oşiriş va öquvçilarga zamonaviy bilim beriş maqsadida barça şaroitlar yaratilgan. Taʼlim jarayonida zamonaviy öquv materiallari va pedagogik texnologiyalardan foydalanilib, öquvçilarning ijodiy va tanqidiy fikrlaş qobiliyatlarini rivojlantirişga qaratilgan dasturlar joriy etilmoqda.
Bundan taşqari, öqituvçilarning malakasini oşiriş va ularga öquvçilar bilan işlaşda zarur bölgan resurslarni taqdim etişga ham katta eʼtibor berilmoqda. Şuningdek, öquvçilarning maktabdagi muhitga moslaşişi va ularning ijtimoiy hamda emotsional farovonligini taʼminlaş uçun maktabda turli xil tögaraklar faoliyati yölga qöyilgan.
Maktabda 120-örinli faollar zali, zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan 2ta informatika xonasi, amaliy maşğulotlar ötkazişga möljallangan va töliq jihozlangan kimyo, biologiya, fizika laboratoriya xonalari mavjud. Bu kabi jihozlangan xonalar öquvçilarga amaliy könikmalarni rivojlantiriş va fanlarni yanada çuqurroq örganiş imkonini beradi. Şuningdek, bu öquvçilarning ijodiy va intellektual salohiyatini oşirişga ham xizmat qiladi.
Taʼlim maskanimizda kelgusi 2024-2025 öquv yili uçun qabul jarayoniga ham puxta tayyorgarlik körilmoqda. Maktabning 5-sinfiga aniq fanlar yönalişi böyiça, 7-sinfiga esa tabiiy fanlar yönalişi böyiça iqtidorli öquvçilar test sinovlar asosida qabul qilinadi.
Aniq fanlar yönalişida matematika va mantiqiy fikrlaş hamda ingliz tili, tabiiy fanlar yönalişida esa tegişli tabiiy fan hamda ingliz tili fanlaridan test sinovlari ötkaziladi. Belgilangan kvota doirasida kiriş imtihonlari natijalariga köra eng yuqori ball töplagan öquvçilar öqişga qabul qilinadi.
Ixtisoslaştirilgan maktabga öquvçilarning quyidagi hujjatlari onlayn şaklda Agentlikning rasmiy veb-sayti orqali qabul qilinadi:
- tegişli öquv yili natijasiga köra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
- oxirgi 2 oy davomida tuşgan fotosurati;
- tuğilganlik haqida guvohnomasi va ota-onasi yoki qonuniy vakilining fuqarolik pasporti maʼlumotlari, boğlaniş uçun telefon raqamlari.
Tumanimizdagi barça umumtaʼlim maktablarining 4- va 6-sinflarini tamomlayotgan, aniq va tabiiy fanlarga qiziquvçi iqtidorli öquvçilarni Amudaryo tuman ixtisoslaştirilgan maktabiga öqişga taklif qilamiz! Buning uçun qabul jarayoni boşlangaç maxsus veb-sayt – ariza.piima.uz orqali hujjatlaringizni topşiring. Kiriş imtihonlari natijasiga köra eng yuqori ball töplagan öquvçilar belgilangan qabul kvotasi doirasida ballar ketma-ketligida öquvçilar safiga qabul qilinadi.
Taʼlim muassasasining maqsadi – keng dunyoqaraşga ega bölgan lider yoşlarni tarbiyalaş, ularga xalqaro taʼlim standartlari asosida bilim beriş, öz sohasining eng bilimdon kadrlari bölib yetişişlariga imkoniyat yaratişdir.
Amudaryo tuman ixtisoslaştirilgan maktabi – imkoniyatlar maskanidir.
Otabek Yöldoşov, Amudaryo tuman ixtisoslaştirilgan maktabi direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶