28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 15:31
Fan va taʼlim 👁 322

“Yosh gvardiyachilar” sinfida oʻquvchilar harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalanadi

“Yosh gvardiyachilar” sinfida oʻquvchilar harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalanadi

Maʼlumki, joriy yilning 5-fevral kuni davlatimiz rahbarining ijtimoiy sohalardagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida maktabdagi tarbiya va manaviyat masalasiga alohida urgʻu berilib, darslardagi davomat qoniqarsiz ekanligi tanqid qilingan edi.

Shundan keyin, oʻquvchi yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan chora tadbirlar doirasida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida “Yosh gavrdiyachilar” ixtisoslashtirilgan sinflari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori tayyorlandi.

Qarorga asosan Amudaryo tumanidagi 11-sonli umumtaʼlim maktabida ham “Yosh gvradiyachilar” ixtisoslashtirilgan sinfi tashkil etildi va mazkur sinfning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxodjayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Gulistan Qojabayeva, Milliy gvardiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarma boshligʻi polkovnik Muxtor Yusupov hamda tumanimizning sohaga masʼul mutasaddilari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi. Oʻquvchilar maktab oldida harbiylarga monand saflanishdi. Ularning koʻzlarida ona Vatanga boʻlgan otashin muhabbat, yurt tinchligi va xalq osoyishtaligini saqlashga daxldorlik tuygʻulari aks etgan.

Shundan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxodjayev va Milliy gvardiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha boshqarmasi boshligʻi polkovnik Muxtor Yusupovlar soʻzga chiqib, oʻquvchilarni va maktab jamoasini “Yosh gvardiyachilar” ixtisoslashtirilgan sinfi tashkil etilganligi bilan samimiy tabrikladi. Bunday xayrli ishlar va insonparvar islohotlar mamlakatimizdagi tinch va odilona siyosatning natijasi ekanligi taʼkidlandi. Maktab taʼlimi tizimda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar sabab maktablarda davomat koʻrsatkichlari ancha yaxshilanayotgani qayd etildi.

Tadbir davomida yangi tashkil etilgan “Yosh gvardiyachilar” ixtisoslashtirilgan sinfi oʻquvchilari Vatanga sodiq farzandlar boʻlishga qasamyod qilishdi. Tadbir ishtirokchilari va mehmonlar ularni qarsaklar bilan olqishladi. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxodjayev tomonidan yosh gvardiyachilarga Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bayrogʻi tantanali ravishda topshirildi.

Harbiy orkestr jamoalarining oʻquvchilar ishtirokida ijro etgan tantanavor marshi tadbirga bayramona kayfiyat bagʻishladi.

Maktab oʻquvchilari tamonidan tayyorlangan qoʻl jangi usullari boʻyicha koʻrgazmali chiqishlarda yoshlarning jismonan sogʻlom, ruhan tetik ekanliklari yana bir bora namoyon boʻldi. Koʻrgazmali chiqish yakunida oʻquvchilar Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalarining davlat bayroqlarini boshi uzra baland koʻtarishdi.

Tadbir davomida mehmonlar maktabga tashrif buyurib, marosim uchun maxsus tayyorlangan ramziy lentani kesishdi. Mutasaddilar sinfxonalarga kirib, maktabda oʻquvchilarning taʼlim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. “Yosh gvardiyachilar” ixtisoslashtirilgan sinfi oʻquvchilari bilan samimiy suhbatlashib, ularga kelgusi oʻqishlarida omad tiladilar. Boʻlgʻusi gvardiyachilar nafaqat harbiy bilimlarni, balki maktabda ham barcha umumtalim fanlarini yaxshi oʻzlashtirishi lozimligini bildirib, zarur tavsilar berishdi.

Kindik qonimiz tomgan ona Vatanga boʻlgan muhabbat qalbimizga bolalikdan singdirilar ekan, farzandlarimiz yurtga sadoqatli, vatanparvar insonlar boʻlib ulgʻayishiga ishonamiz. Yangi tashkil etilayotgan “Yosh gvardiyachilar” ixtisoslashtirilgan sinfi ham ayni maqsadlarimizga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026