40-sonli maktabning boshlangʻich sinf oʻquvchilari ishtirokida “ATV” telekanali tahririyatiga ekskursiya tashkil qilindi
Ekskursiyada maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchilari Gulnoza Rajabova, Mehribon Bekbergenova, Shohira Yuldasheva hamda 1-sinf oʻquvchilari ishtirok etdi.
Ishtirokchilarga “ATV” telekanali operatori Ravshan Bahromov, “Jayxun ilhomlari” NNT raisi Mahmudjon Shomurodov va “Taraqiyot koʻzgusi” gazetasining maxsus muxbiri Shohzod Qurbonboyevlar tomonidan telekanal va gazetaning tarixi hamda bugungi faoliyati toʻgʻrisida, koʻrsatuvlar tayyorlanish jarayoni haqida maʼlumotlar berildi.
Shohzod Qurbonboyev bolalardan kelajakda kim boʻlishni orzu qilishlarini soʻrab, ular bilan dildan suhbatlashdi. Odilbek Allambergenov, Suhrob Aminbayev, Madina Abdullayeva kabi oʻquvchilar ustozlari kabi oʻqituvchi, shifokor va yurist boʻlishni istashlarini bildirdi.
Tadbir ishtirokchilari telekanal studiyasida yaratilgan oʻzgacha ijodiy muhitning guvohi boʻlishdi. Devorlarga ishlangan mahsus fonlar ularning eʼtiborini jalb qildi. Bolalar oynai jahon orqali koʻrgan koʻrsatuvlarini eslab, savollar berishdi. Shuningdek, oʻqituvchilar tomonidan bir vaqtlar oʻz auditoriyasiga ega boʻlgan “Zaminning bolasi” formatidagi koʻrsatuvlar bugun ham zarurligi taʼkidlandi.
Shundan keyin, oʻquvchilar tahririyat qoshida tashkil qilingan oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalarini oʻzida jamlagan kutubxona bilan tanishtirildi. Muqovalari bir-biridan chiroyli boʻlgan kitoblar bolalarda qiziqish uygʻotdi. Ustozlar kutobxonadan foydalanish va aʼzolik tartibi haqida soʻrashdi. “Jayxun ilhomlari” NNT raisi Mahmudjon Shomurodov oʻquvchilarga yozgi taʼtilda ham kutubxonaga tez-tez kelib turishlarini tavsiya qildi. Jarayon davomida unitilamas lahzalar fotokamera xotirasiga muhrlab borildi.
Tadbir yakunida oʻqituvchilar ekskursiya uchun tahririyat xodimlariga minnatdorlik bildirishdi.
Shohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶