28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:44
Iqtisodiyot 👁 358

Soliq inspektsiyasi xodimlari tomonidan korruptsiyaga qarshi targʻibot tadbirlari tashkil etildi

Soliq inspektsiyasi xodimlari tomonidan korruptsiyaga qarshi targʻibot tadbirlari tashkil etildi

Keyingi yillarda mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirildi. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korruptsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yoʻnaltirilgan tizimli choralar koʻrilmoqda.

Maʼlumki, davlat byudjetining katta qismini soliq toʻlovchilaridan tushgan daromadlar tashkil etadi. Bu tizim eng koʻp manfaatlar kesishgan, pul mablagʻ aylanmalari hajmi katta boʻlgan sohalardan biri hisoblanadi. Sohaning korruptsiyadan xoli boʻlishi, shaffof faoliyat yuritishi mamlakatning iqtisodiy mustahkamligi va rivojida muhim omil sanaladi.

Soliq tushumlarini, asosan tadbirkorlar tamonidan toʻlangan mablagʻlar shakllantiradi. Tadbirkorlar soni ortishi va qonuniy faoliyati byudjed daromadini oshiradi. Yashirin iqtisodiy faoliyat mamlakat iqtisodiga jiddiy zarar yetkazib, mulkiy tabaqalanish keskinlashuviga, aholini ijtimoiy himoya qilishda koʻplab muammolarga sabab boʻladi.

Har bir insonda, ayniqsa, davlat tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarda korruptsiyaga qarshi immunitet – “halollik vaktsinasi” bilan emlangan boʻlishi zamon talabidir. Davlat va jamiyatni korruptsiyadan xoli qilish maqsadida doimiy ravishda tashkilotlar, tadbirkorlar va aholi orasida targʻibot ishlari, profilaktik suhbatlar amalga oshirilyapti. Korruptsion holat haqida xabar berish uchun ishonch telefonlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

29-may kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Soliq boshqarmasi shaxsiy xavfsizlik boʻlimi bosh inspektori Elyor Eshnazarov amudaryolik tadbirkorlar bilan uchrashib, profilaktik suhbat oʻtkazdi. Mazkur tadbir davomida boshqarma xodimi tadbirkorlarning faoliyati bilan yaqindan tanishish bilan birga sohadagi soliq tizimiga doir mavjud muammolar va kamchiliklarni oʻrgandi. Agar Soliq inspektsiyasi xodimlari tamonidan taʼmagirlik holatlari kuzatilsa, ishonch telefonlariga xabar berishi soʻraldi.

Shuningdek, korruptsiya va boshqa qonun buzilish holatlariga qarshi mamlakatimizda olib borilayotgan murosasiz kurash haqida va korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchiligidagi yangiliklar hamda mazkur hujjatlarning mazmun-mohiyati toʻgʻrisida tadbirkorlarga atroflicha maʼlumot berilib, maxsus amaliy qoʻllanmalar topshirildi. Bu kabi targʻibot-tashviqot tadbirlari aholining huquqiy madaniyatini oshirishda muhim omil sanaladi.

Shu kuni Amudaryo tumani Soliq inspektsiyasi faollar zalida xodimlar oʻrtasida korruptsiya va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Soliq boshqarmasi shaxsiy xavfsizlik boʻlimi bosh inspektori Elyor Eshnazarov, Amudaryo tumani Soliq inspektsiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Odilbek Ashirboyev, tuman prokurorining yordamchisi Ogʻabek Yuldashev, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari Umid Oʻrazaliyev hamda Soliq inspektsiyasining shaxsiy tarkib xodimlari ishtirok etdi.

Yigʻilishni tuman Soliq inspektsiyasi boshligʻining oʻrinbosari Odilbek Ashirboyev ochdi va yigʻilganlarni kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirdi. Tadbirda soʻz olganlar har bir xodim faoliyatida korruptsion holatlarning oldini olishi, kasbiga sadoqat bilan xizmat qilishi, tadbirkorlar va fuqarolar tamonidan bildiriladigan noqonuniy takliflarga yoʻl qoʻymasli va shu kabi boshqa masalalarda fikr-mulohazalarini bayon etdilar.

Taʼkidlanganidek, korruptsiyaga moyil xodim davlat va jamiyat rivojiga jiddiy toʻsiq sanaladi. Korruptsion muhitda raqobat va ishbilarmonlik rivojlanmaydi hamda mehnat adolatli baholanmaydi. Oqibatda esa mamalakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar kutilgan samarani bermaydi.

Toʻgʻri, kishilik jamiyati mavjud ekan bu illatni butunlay tag-tomiri bilan quritish imkonsizdir. Ammo har bir inson korruptsiyaga qarshi kurashishni bosh vazifasi deb bilsagina, uni jilovlash mumkin. Jamoatchilik nazorati faol boʻlmas ekan, belgilangan qonuniy normalar hayotimizda amaliy natija bermaydi. Shunday ekan, mamlakatimiz rivoji, xalqimizning farovon turmushi oʻz qoʻlimizda ekanligini unutmaylik.

Yodgorbek Ashirboyev, tuman Soliq inspektsiyasi xodimi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026