29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 18:33
Siyosat 👁 3,649

QOʻShALOQ BAYRAM QUVONChI

QOʻShALOQ BAYRAM QUVONChI

9-aprel kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Choykoʻl ovulidagi "Choykoʻl” madaniyat va aholi dam olish markazining ochilish marosimi oʻtkazildi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda inson omiliga eʼtibor davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Bu xalqimizning turmush va mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash, barakali mehnat onlaridan soʻng miriqib hordiq chiqarishlarini taʼminlash maqsadlarini ifoda etuvchi hukumat qarorlarida oʻz ifodasini topmoqda. BundaOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-iyundagi 178-sonli "2013-2018-yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrsida”gi qarori muhim ahamiyat kasb etadi.

9-aprel sanasi "Choykoʻl” ovuli aholisi uchun qoʻshaloq bayramga aylandi. Ulugʻ Sohibqiron Amir Temur tavalludi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunini keng nishonlayotgan ovul ahli yana bir quvonchli voqeani bayram qildilar. Shu kuni 2014-yil – obod turmush yili Davlat Dasturi rejasiga kiritilib, 271 mln soʻmlik kopital rekonstruktsiyalash ishlaridan soʻng tamoman yangi qiyofa kasb etgan, zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Ertalabdan karnay-surnay sadolari yangrab, bayramona bezatilgan markaz binosi ovul mehnatkashlari, hududidagi umumtaʼlim maktablarining oʻquvchi-yoshlari bilan gavjum boʻldi.

Markazning ochilish marosimiga tashrif buyurgan uzoq-yaqindan kelgan mehmonlar non-tuz bilan kutib olindi. Shundan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining oʻrinbosari Davlat Mullajonov "Choykoʻl” ovuli mehnatkashlarini yangi, zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazining tashkil etilishi bilan samimiy tabrikladi. Qoraqalpogʻiston madaniyat va sport ishlari vaziri Mahmud Aytniyozov oʻz tabrik nutqida Amudaryo tumanida 2015-yilda yana shunday aholi dam olish markazlaridan ikkitasi Bobur nomli hamda Uyshin ovullarida ham tashkil etilishi haqida gapirib, Amudaryo tumaninig barcha ovullarida yaqin yillarda xuddi shunday madaniyat markazlaridan 7 tasi kapital rekonstruktsiya qilinishini, aholining va ovullardagi yoshlarning madaniy dam olish sharoitlari zamon talablari darajasiga koʻtarilishini taʼkidladi.

Ovul oqsoqollarining fotixasi bilan bino oldidagi ramziy tasma qirqildi.

Mehmonlar bu yerda ovul aholisining zavqli mehnatdan soʻng miriqib hordiq chiqarishlari, yoshlarning oʻzlari qiziqqan toʻgaraklar mashgʻulotlarida ishtirok etishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Ovul yoshlari endilikda ushbu dam olish maskanida tashkil etilgan raqs, ashula va doira boʻyicha sanʼat yoʻnalishidagi toʻgaraklarda qatnashib, oʻz qobiliyatlarini namoyon etishlari, tikuvchilik, toʻquvchilik sirlaridan voqif boʻlishlari yaratilgan sharoitlar eʼtiborga loyiq.

Marosim mehmonlari 150-oʻrinli turli bayramlar va tantanalar zali zamonaviy hamda sharqona meʼmoriy uslublar uygʻunligida tamoman goʻzal qiyofa kasb etganligini taʼkidladilar.

Shu kuni madaniyat va aholi dam olish markazining tantanali ochilish marosimi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bagʻishlangan tantanali yigʻilish hamda qoʻshaloq bayramlar uchun tayyorlangan kontsert dasturiga ulanib ketdi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan sana munosabati bilan boʻlib oʻtgan tantanali yigʻilishni tuman xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova ochdi.

Yigʻilishda soʻzga chiqqanlar xalqimizning tinchligi, baxt-saodati va totuvligini, jamiyatda qonun ustuvorligini taʼkidlashda Konstitutsiyaning ahamiyati xususida keng toʻxtaldi hamda barchani yangi madaniyat va aholi dam olish maskanining tashkil etilishi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan qutlugʻ kun hamda ulugʻ sohibqiron bobomiz Amir Temur tavalludi sanasi bilan qizgʻin muborakbod etdi.

Tarixdan maʼlumki, har bir davlat oʻz ramzlariga ega boʻlgan. Bu ramzlar shu mamlakat hududida yashovchi xalqning tarixiy, madaniy merosini anglatgan holda, uning dunyo hamjamiyatidagi oʻrnini belgilab bergan. Qolaversa, har bir demokratik davlat taraqqiyot va rivojlanish yoʻlidan oʻz konstitutsiyasida belgilab berilgan tamoyillar asosida qadam tashlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi suveren Qoraqalpogʻiston Respublikasining 1993-yil 9-aprelda qabul qilingan Konstitutsiyasining 5-moddasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qonun bilan tasdiqlanadigan oʻz davlat ramzlari - bayrogʻi, gerbi va madhiyasiga ega ekanligi mustahkamlab qoʻyilgan.

Davlat ramzlaridan foydalanish, ularni asrab-avaylash hamda hurmat va eʼtibor koʻrsatish bugungi kunda dunyo xalqlari madaniyatining ajralmas boʻlagiga aylandi. 1993-yil 9-aprelda qabul qilingan "Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunida davlat ramzidan foydalanish joyi, vaqti va tartibi aniq belgilangan boʻlib, ushbu qonun milliy ramzimizga nisbatan hurmat-izzatda boʻlish bilan birga masʼuliyatni yanada oshiradi.

Samimiy tabriklar tuman madaniyat va sport ishlari boʻlimi sanʼatkorlari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturiga ulanib ketdi. Shu kuniyoq "Choykoʻl” madaniyat va aholi dam olish maskani oʻz faoliyatini boshlab yubordi.

Gʻ.Yeshniyozov.

R.Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026