Kitobxonlik madaniyati va mutolaaga ehtiyoj bolalikdan boşlansin!
Köngil ziyosi bölgan kitoblarga mehr qöyiş va kitobxonlik madaniyati yoş tanlamaydi. Farzandlarimiz butun vaqtini telefon bilan oynai jahon oldida ötkazib ulğayişmasin. Zero, bugun kitob öqigan bir bola ertaga televizor körib ötirgan önta bolani boşqarişi hayot haqiqatiga aylangan. Qolaversa, bunday uskunalardan doimiy foydalaniş bola soğliğiga jiddiy ziyon yetkazişi ham sir emas.
Bolalarda kitobxonlik madaniyatini şakllantirişda maktabgaça taʼlim taşkilotlari va axborot kutubxona markazlarining samarali faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Bola yoşiga mos har xil qiziqarli ertaklar, şeʼrlar hamda qöşiqlar muhitida tarbiyalanar, ekan nutq şakllanişi, tasavvur dunyosi kengayişi, xotira könikmalari rivojida ijobiy taʼsir körsatadi. Şu sababli Amudaryo tumani Axborot-kutubxona markazida tomonidan bolalarni kitobxonlikka jalb qiliş böyiça turli tadbirlar, aktsiyalar ötkazilmoqda.
Markaz tomonidan 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni munosabati bilan ham “Bolalar kitob festivali” doirasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir taşkil etildi. Mazkur tadbirda Amudaryo tumanidagi “Raduga” nodavlat maktabgaça taʼlim taşkiloti rahbari Feruza Tajiboyeva boğçaning bitiruvçi bolalari bilan mehmon böldi. “Ezgulik – şiorimiz, marifat - qurolimiz” şiori ostida ötkazilgan tadbir bolajonlarga unitilmas quvonç bağişladi.
Tabir avvalida tuman Axborot-kutubxona markazi xodimi Rohatoy Ramanova bolalarni bayram bilan samimiy tabriklab, taşkilot rahbari Feruza Tajiboyevaga markazda bolalar uçun yaratilgan şaroit va rang-barang çiroyli ertak kitoblar haqida maʼlumot berdi. Şuningdek, markaz xodimlari tomonidan bolalarda kitobxonlik madaniyatini şakllantiriş maqsadida boğçalarda ötkazilayotgan kitob körgazmalari, axborot-kutubxona markazida bolalarga bağişlab taşkil etilgan ekurkursiyalarning ahamiyati alohida taʼkidlandi.
Şundan keyin, markaz mutaxassisi Munojat Safarboyeva tamonidan bolalar iştirokida öyinlar ötkazildi. Öyin şartiga köra yoş rassomlar maxsus tayyorlangan rasmlarga rang berişdi. Kimdir maşinga rang bersa, boşqa iştirokçi özi sevgan ertak qahramonini jonlantirişga harakat qildi. Bolalarning rasmlarni beğubor tilda tasvirlaşi, qahramonlar obraziga kirib aytgan sözlari barçaning köngliga xuş kayfiyat bağişladi. Munojaat Safarboyeva tamonidan obrazga kirib aytilgan qiziqarli ertaklar bolalarga manzur böldi.
Şundan keyin bolalar boğçada yod olgan özbek va rus tilidagi şeʼrlarni ifodali öqişdi. Mazkur şeʼrlarda ularning ulğayganda kim bölişi, qaysi kasbni yaxşi körişi, tabiat manzalari hamda ertak qahramonlari bayon etildi. Şeʼr öqiş tasavvurni boyitib, nutqiy şakllanişni ham yaxşilaydi. Qizlar tomonidan tayyorlanib ijro etilgan rasqlar esa, tadbirga bayramona fayz bağişladi. Raqs nafaqat kayfiyatni kötaradi, balki bolaning soğlom rivojlanişida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbir yakunida bolajonlarga taşkilotçilar tamonidan bayram sovğalari bilan faxriy yorliqlar topşirildi. Maktabgaça taʼlim taşkiloti rahbari Feruza Tajibayeva kötarinki ruhda ötkazilgan maʼnaviy-marifiy tadbir uçun tuman Axborot-kutubxona xodimlariga minnatdorçilik bildirdi.
Maʼlumot örnida aytiş joizki, bugungi kunda axborot-kutubxona markazi fondida har xil janrdagi umumiy soni 65ming 300dan ziyod ilmiy, badiy, publitsistik kitoblar hamda gazeta-jurnallar mavjud. Şundan 3mingga yaqinini bolalarga bağişlangan kitoblar taşkil etadi. Yozgi taʼtil vaqtida axborot-kutubxona markazi xodimlari joylarga borib, oçiq osmon ostida – tabiat qöynida tadbirlar, davra suhbatlari, kitob körgazmalari, şoir-yozuvçilar bilan uçraşuvlar taşkil etişni rejalaştirmoqdalar.
Bola bamisoli niholga öxşaydi. Ularni qanday muhitda tarbiya qiliş özimizga boğliq. Zero, kitoblarni döst bilib ulağaygan insondan yomonlik çiqmaydi. Fursatdan foydalanib, tumanimizdagi barça yoşlarni hamda aholini Axborot-kutubxona markaziga taklif qilamiz.
Rohatoy Ramonova, Amudaryo tumani Axborot kutubxona markazi Axborot bibliografiya xizmati rahbari

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶