28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:00
Fan va taʼlim 👁 402

21-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida hisobot kontserti boʻlib oʻtdi

21-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida hisobot kontserti boʻlib oʻtdi

Ayni kunlarda bolalar musiqa va sanʼat maktablarida 2023-2024 oʻquv yili yakunlari boʻyicha hisobot kontsertlari boʻlib oʻtmoqda. Anʼanaviy tarzda oʻtkaziladigan mazkur madaniy, badiiy-musiqiy tadbirda sanʼatsevar oʻquvchi-yoshlar oʻquv yili davomida oʻz yoʻnalishlari boʻyicha egallagan bilim va koʻnikmalarini, shu barobarida turli koʻrik-tanlovlarda qatnashish orqali erishgan yutuqlarini namoyish etishadi.

Amudaryo tumanining Qipchoq shaharchasida joylashgan 21-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi sanʼatsevar yoshlarining oʻquv yili yakuniga bagʻishlangan hisobot kontserti har yilgidan ham joʻshqinlik bilan oʻtdi va nafaqat ularning ustozlari, balki ota-onalar hamda hudud aholisi uchun ham olam-olam zavq bagʻishladi.

“Musiqa iforlariga yoʻgʻrilgan yutuqlar” deb nomlangan hisobot kontsertini mazkur musiqa va sanʼat maktabi direktori Ahmadjon Jumaboyev ochdi va tadbir ishtirokchilari boʻlgan ota-onalarni, hududdagi umumtaʼlim maktablaridan tashrif buyurgan sanʼatsevar yoshlarni oʻquv yilining muvaffaqiyatli yakuni hamda 21-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchilarining mazkur oʻquv yilida erishgan yutuqlari bilan samimiy tabrikladi.

Darvoqe, maktab oʻquvchilari yakunlangan oʻquv yili davomida quvonarli yutuqlarga erishdilar. Xususan, joriy yilning 17-may sanasida Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filialida boʻlib oʻtgan "Jayxun toʻlqinlari" xalq cholgʻulari Xalqaro festivalida maktabning xalq cholgʻulari orkestri jamoasi Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi 24ta jamoa orasida faxrli 2-oʻrinni egalladi.

Shuningdek, yakunlanayotgan oʻquv yilida maktab oʻquvchilaridan 2-qashqar rubob sinfi oʻquvchisi Ogʻabek Qozoqov “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida faxrli 1-oʻrinni, 2-dutor sinfi oʻquvchisi Islombek Qozoqov esa 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Bundan tashqari, Islombek Qozoqov "Kamalak yulduzlari" bolalar ijodiyoti koʻrik-tanlovining Respublika bosqichida 3-oʻrinni egallab, sovrindorlar safidan munosib joy oldi.

Shundan soʻng, turli yoʻnalishlarda tahsil olayotgan oʻquvchi-yoshlar ijrosidagi kontsert dasturi tomoshabinlar eʼtiboriga havola etildi. Hisobot kontserti dasturidan joy olgan oʻzbek va qoraqalpoq mumtoz navolari, jahon mumtoz sanʼatining durdona asarlari, zamonaviy estrada sanʼati va anʼanaviy ashulachilik yoʻnalishidagi dilbar kuylar mahorat bilan ijro etildi. Sanʼatsevar yoshlarning har bir chiqishi kontsertga oʻziga xos joziba bagʻishladi va tomoshabinlar har bir ijrochini olqishlar bilan qoʻllab-quvvatlab turdilar.

Hisobot kontsertida ishtirok etgan Amudaryo tuman hokimining oʻrinbosari Nodirbek Kamolov tumanimizda iqtidorli yoshlar kamol topayotganini alohida eʼtirof etib, 21-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchilariga yangi-yangi yutuqlar tiladi.

Hisobot kontserti avvalida muassasa oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan va oʻquv yili davomida erishilgan yutuqlar koʻrgazmasi orqali tadbir mehmonlari tasviriy sanʼat, musiqa, raqs va anʼanaviy xonandalik yoʻnalishlarida tahsil olayotgan oʻquvchi-yoshlarning oʻquv yili davomida erishgan yutuqlari, orzu-intilishlari bilan tanishdilar va oʻz taassurotlarini izhor etdilar.

Hisobot kontserti haqiqatdan ham har bir qalbni musiqiy iforlarga chulgʻadi.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026