Adliya organlari faoliyatida joriy qilingan qoʻshimcha yoʻnalish va vazifalar orqali aholiga yanada qulaylik va imtiyozlar yaratildi
Aholining huquqiy madaniyatini oshirish islohotlarimiz samaradorligining muhim omili hisoblanadi. Oʻz huquq va majburiyatlarini yaxshi bilgan fuqarolar esa joylarda qonuniy hujjatlar ijrosi taʼminlanishi va huquqbuzarlik holatlari oldi olinishiga hissa qoʻshadi. Shu maqsadda soʻnggi yillarda qonunchilik tizimi ancha takomillashtirildi.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-may kuni “Maʼmuriy islohotlar doirasida Adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilinib, Adliya organlarining qoʻshimcha faoliyat yoʻnalishi va qoʻshimcha vazifalari belgilangan edi. Aholining huquqiy madaniyatini oshirish va qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida “Huquqiy targʻibot kuni” loyihasi doirasida Amudaryo tumanining Gulzor mahalla fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosining majlislar zalida mazkur farmon mazmun-mohiyati targʻiboti yuzasidan tadbir tashkil qilindi.
Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi xodimi Jamshid Bekimbetov, tuman Adliya boʻlimi boshligʻi Mansur Sadikov, tuman Davlat arxivi boshligʻi Bahodir Jumaniyozov, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish tuman boʻlimi xodimi Ulugʻbek Babajonov, “Mahalla yettiligi”dan vakillar, Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tuman boʻlimi xodimlari, Davlat xizmatlari markazi tuman boʻlimi xodimlari, tuman Adliya boʻlimi Yuridik xizmat koʻrsatish markazi xodimlari, koʻcha boshilari va yoshlar ishtirok etishdi.
Tabirda soʻzga chiqqanlar ushbu farmonda belgilangan vazifalar orqali fuqarolarga berilgan qulayliklar va imtiyozlar xususida toʻxtalishdi.
Xususan, mazkur farmon bilan quyidagilar: aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish boʻyicha amaliy choralar koʻrib borish; joylarda aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari loyihasini ishlab chiqish; fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish va muvofiqlashtirib borish; davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida yagona huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirishda ularga metodik yordam koʻrsatib borish Adliya organlarining qoshimcha faoliyat yoʻnalishlari qilib belgilandi.
Bundan tashqari, joylarda aholi tomonidan koʻtarilayotgan dolzarb muammolarni koʻrib chiqish va hal etish uchun har oyda mahallalarda “Adliya kuni” tadbirlarini oʻtkazish, olis hududlardagi mahallalarda esa har oyda kamida ikki marotaba sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatib borish; uyma-uy yurish va “Huquqiy koʻmak” aktsiyalarini oʻtkazish orqali fuqarolar kundalik hayotida aniqlanadigan huquqiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash; aholiga, avvalambor “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot xizmatiga kiritilgan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam koʻrsatishni taʼminlash va shu kabi vazifalar farmon bilan tuman va shahar adliya boʻlimlariga yuklatildi.
Endilikda joriy yilning 1-iyulidan boshlab fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam koʻrsatishning tartiblari amaliyotga joriy qilinadi.
Tadbir davomida Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish tuman boʻlimi xodimi Ulugʻbek Babajonov ishsiz aholi vakillarini tumanda mavjud boʻlgan boʻsh ish oʻrinlari xususidagi maʼlumotlar bilan tanishtirdi.
Shuningdek, soha matuxassisilari tomonidan aholiga davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va boshqa elektron resurslardan foydalanish afzalliklari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.
Tadbir yakunida masʼullar tomonidan fuqarolarning qonunchilik va huquqiy mavzudagi savollariga tegishli javoblar qaytarildi hamda zarur tavsiyalar berildi.
Shohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶