Qabul maskanlariga amudaryolik fermerlar tomonidan kuniga 800-900 tonna don topşirilmoqda
Xalqimiz azaldan nonni uluğlab, aziz neʼmat deb bilişadi. Şu sababli non dasturxonlarimizning körkiga aylangan. Dalalarda pişib yetilib, quyoş nurida tovlanib turgan sap-sariq buğdoy boşoqlari mehnatkaş xalqimizning möl rizqini ifodalaydi. Mavsum davomida qilingan mehnatlar samarasi yil mobaynida xonadonlarimizni sifatli un va un mahsulotlari bilan taʼminlaş imkonini beradi. Bunday tökinlik mamlakatimizda xalq faravonligini közlab qişloq xöjaligi sohasida amalga oşirilgan islohotlarning amaliy natijasidir.
Şu kunlarda mamlakatimizning barça hududlari, jumladan, Amudaryo tumanida ham buğdoy örim-yiğim işlari qizğin pallaga kirgan. Bobodehqon-u mirişkor fermerlarimizning hosil çöğidan mamnun bölib, “bu yil ğalla yili böldi”, deyişi bejizga emas. Çunki qulay kelgan ob-havo şaroiti va dalalarda öz vaqtida amalga oşirilgan agrotexnik tadbirlar natijasida buğdoy maydonlaridan reja qilinganidan ham ortiqroq don oliş kutilyapti.
Dalalarga uruğlar ekilib, hosil yetilgunga qadar soha mutaxassisilari, mirişkor fermerlarimiz tomonidan barça zaruriy agrotexnik tadbirlar belgilangan qoidalar asosida amalga oşirildi. Buğdoy dalalarini kuz-qiş mavsumida suğoriş va oziqlantiriş işlariga katta eʼtibor berilib, buğdoy poyalarining yaxşi ösişiga erişildi.
Erta bahorda ekin maydonlarini suğoriş va oziqlantiriş, suspentsiya sepiş, zararkunandalarga qarşi kuraşiş va begona ötlardan tozalaş tadbirlari uyuşqoqlik bilan amalga oşirildi. Natijada yozning örtalarida buğdoy başoqlari sifatli pişib yetilib örim-yiğim işlariga tayyor holga keldi.
Joriy yilgi ğalla hosili uçun tumanimizdagi 313 ta fermer xöjaliklari hamda qişloq xöjaligi korxonalarining jami 4 ming 800 gektar yer maydoniga dala holatidan kelib çiqib, “Antonina”, “Aleksey”, “Vassa”, “Grom”, “ASR”, “Davr” kabi navlardagi buğdoy ekilgan edi. Ğalla örim-yiğim işlari yakuniga qadar tumanimizdagi mirişkor fermer xöjaliklari tomonidan qabul maskanlariga jami 14 ming 400 tonna ğalla hosilini topşiriş maqsad qilingan. Yetiştirilgan ğallaning 13 ming 500 tonnasi tovar-don va 900 tonnasi uruğlik don şaklida topşirilişi belgilangan.
Xalqimiz rizqi bölgan ğallani nest-nobud qilmasdan uyuşqoqlik bilan örib-yiğib oliş uçun 22 ta otryad taşkil qilindi. Uşbu otryadlarga 22 ta yuqori unumli kombaynlar, 47 nafar içki işlar bölimi va Milliy gvardiya xodimlari, 66 ta yuk maşinalari biriktirildi. Şuningdek, 14-iyundan 1-iyulga qadar ğallani nest-nobud qilmasdan örib oliş böyiça çora-tadbirlar rejasi hamda örim grafigi işlab çiqilgan va şu asosida işlar taşkil qilinmoqda.
Tumanimizda buğdoy yetiştiriş böyiça öziga xos tajriba maktabiga ega bölgan ğallakorlar köp. Ğalla örim-yiğim işlari boşlanganidan şu kunga qadar qabul maskanlariga don topşiriş böyiça Dörman ovulidagi “Allamberganov Izzatxon”, Oq oltin ovulidagi “Yakubova Gavhar”, Namuna mahallasidagi “Muzaffar Eşçanov” fermer xöjaliklari va Nazarxon ovulidagi “Nazarxon Agro Servis” masʼuliyati çeklangan jamiyati yetakçilik qilib, oldinda borişyapti. Tumanimizdagi don qabul qiliş korxonalari tomonidan kuniga umumiy hisobda 800-900 tonna atrofida don qabul qilinyapti.
Maʼlumot örnida aytişimiz joizki, Qoraqalpoğiston Respublikasining mavjud tabiiy xomaşyo resurslaridan samarali foydalaniş orqali sanoat, qişloq xöjaligi sohalarini jadal rivojlantiriş, ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmalarini yaxşilaş, tadbirkorlik va xizmatlar sohasini qöllab-quvvatlaş, şu asosda aholi bandligini taʼminlaş hamda turmuş darajasini oşiriş maqsadida qabul qilingan Özbekiston Respublikasi Prezidentining tegişli qarorlari mirişkor fermerlarimiz va qişloq xöjaligi sohasida mehnat qilayotgan xodimlarning yanada samarali işlaşlariga zamin yaratdi.
Ayni kunlarda bobodehqon-u mirişkor fermerlarimiz, kombayn haydovçilari hamda mavsumga jalb qilingan barça xodimlar xalqimiz boyligi, rizq-nasibasi bölgan ğallani nest-nobud qilmasdan örib-yiğib oliş maqsadida uyuşqoqlik bilan mehnat qilişyapti. Fursatdan foydalanib, ularning halol mehnatlari ortidan yuksak ğalla xirmoni bunyod etilişiga tilakdoşlik bildiramiz.
Şohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶