31 nafar bitiruvçilarga oltin va kumuş medallari topşirildi hamda ingliz tili böyiça 122 nafar B2 sertifikati egalari taqdirlandi
Joriy yilning 20-iyun sanasida Amudaryo tumani Madaniyat bölimi binosida umumtaʼlim maktablarini oltin va kumuş medallarga tamomlagan hamda ingliz tilini biliş darajasi böyiça B2 sertifikatiga ega bölgan bitiruvçi yoşlarni taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
Taqdirlaş marosimida tuman hokimining iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiş masalalari böyiça 1-örinbosari Kamiljan Aytboyev, tuman hokimining yoşlar siyosati va ijtimoiy rivojlantiriş va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Nodirbek Kamolov, tuman Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Islom Matkarimov, Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Yalğaş Şomuratovlar, hokimlik va prokuratura masʼul xodimlari, yoşlar hamda ularning ota-onalari iştirok etdilar.
Tuman hokimining birinçi örinbosari Kamiljan Aytboyev tuman hokimining bitiruvçi yoşlarga yöllagan tabrigini öqib eşittirdi. Hokim örinbosari öz sözida bugungi kunda yoşlarning sifatli taʼlim-tarbiya olişlari, öz iqtidor va qobiliyatlarini yuzaga çiqarişlari, yetuk bilim va salohiyatga ega, barkamol avlod bölib voyaga yetişlari uçun yaratilayotgan şart-şaroitlar hamda imkoniyatlar xususida töxtalib ötdi. Sözi yakunida yoşlarni yutuqlari bilan samimiy tabrikladi hamda ularga katta hayot yölida, kelgusidagi öqiş va işlarida omad va zafarlar tiladi.
Hokim örinbosarlari hamda masʼul rahbarlar oltin va kumuş medallar bilan joriy yilgi öquv yilini muvaffaqiyatli tamomlagan, ingliz tili böyiça B2 sertifikatiga ega bölgan bitiruvçi yoşlarga medallarni, taşakkurnoma hamda esdalik sovğalarni tantanali ravişda topşirdilar. Qayd etiş joizki, joriy yilda tuman böyiça 2963 nafar yoşlar umumtaʼlim maktablarini tamomlagan bölib, ularning 27 nafari oltin, 4 nafari kumuş medallar sohiblari böldilar.
Maʼlumot örnida, oltin medal umumiy örta taʼlim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik töğrisidagi aʼlo darajali şahodatnomasi mavjud bölgan, umumiy örta taʼlim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barça fanlar böyiça yakuniy nazoratlar, çoraklik va yillik baholari aʼlo bölgan yoki akademik litseylarning barça kurslarida barça fanlar böyiça yakuniy nazoratlar, yarim yillik va yillik baholari aʼlo bölgan, namunali xulq-atvorli va jamoat işlarida faollik körsatgan bitiruvçilarga beriladi.
Kumuş medal umumiy örta taʼlim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik töğrisidagi aʼlo darajali şahodatnomasi mavjud bölgan, umumiy örta taʼlim muassasalarining 10- va 11-sinflarida yoki akademik litseylarning barça kurslarida barça fanlar böyiça yillik baholari aʼlo bölgan, namunali xulq-atvorli va jamoat işlarida faollik körsatgan bitiruvçilarga beriladi.
Taʼkidlaş joizki, mamlakatimizda yoşlarning OTMlarda taʼlim olişlari uçun yaratilayotgan imkoniyat va qulayliklar natijasida tumanimiz yoşlarining oliy taʼlim olişga bölgan qiziqişlari yildan yilga ortib bormoqda. Ilmga çanqoq yoşlarimizning nafaqat respublikmizdagi, balki çet davlatlardagi OTMlarda öqişga kiriş körsatkiçlari tobora ortib bormoqda. Sörovnomalar natijalariga köra joriy yilgi öquv yilida tumanimizdagi umumtaʼlim maktablarini tamomlagan 2963 nafar yoşlardan 2856 nafari, yani 96,3 foizi OTMlarga hujjat topşirişgan.
Mamlakatimizda yoşlarning çet tilini mukammal örganişlariga katta eʼtibor qaratilib, taʼlim sohasidagi eng ustuvor masalalardan biri sifatida qaralmoqda. Amudaryolik yoşlar çet tili bilimlarini çuqur egallaş böyiça respublikada eng peşqadamlar safida bormoqda.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶