28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:03
Fan va taʼlim 👁 358

Nima deyapti?! –4-sonli maktabda davra suhbati boʻldi, deyapti...

Nima deyapti?!  –4-sonli maktabda davra suhbati boʻldi, deyapti...

“Kambagʻal boʻlib tugʻilish ayb emas, ammo kambagʻal boʻlib dunyodan oʻtish ayb” degan edi donolardan biri. Bu masalada faqat moddiyatni tushunish joiz emas. Chunki dunyoda moddiyatdanda ustunroq turadigan tushunchalar bisyor. Shulardan biri – kuchli maʼnaviyat, aql-u zakovatdir! Tasavvur qilingki, siz kuchli IQ koʻrsatgichiga ega va shunga plyus ravishda maʼnaviyati boy shaxssiz, biroq, hashamatni yoqtirmaysiz. Qaysiki davrada sizni oddiy kiyimingiz, joʻngina poyabzalingiz uchun odamlar unchalik xushlamadi. Chunki u yerdagi hammani egnida qaysidir brend firmaning kiyimi va qimmatbaho soat. Lekin ular sizni oʻsha brendning egasi ekaningizni bilishmaydi. Bilishganida esa sizga nisbatan soxta takalluflar boshlanadi. Ha, fojiamiz esa bizning mana shunday – koʻrgan narsamizga, guvohi boʻlgan vaziyatimizga bir tomonlama yondashuvimizda... Chinakam aql va farosat egasida esa vaziyatni toʻgʻri baholash, moddiyat va maʼnaviyatni balansda ushlab turish degan koʻnikmalar boʻladi.

Maʼnaviyat, ilm-u maʼrifat esa insonga ham ichki, ham tashqi jihatdan zeb bera oladigan, soʻzingizni oʻtkir, dastingizni uzun qila oladigan keng tushuncha. Shu sabab ham bugun davlatimiz rahbari maʼnaviyat, ilm olish, kitobxonlik degan soʻzlarga alohida urgʻu berib, bu yoʻnalishda qator islohotlar amalga oshirmoqda.

Yaqindagina “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyatining ijodiy jamoasi Amudaryo tumanining 2-sektori hududidagi 4-sonli maktabga tashrif buyurdi. Tashrif gazeta tahririyatining “Bilimli va maʼnaviyatli yoshlar bilan – uchinchi Renessans sari” nomli grant loyihasi doirasida tashkil etildi.

“Maʼnaviyat kuni” munosabati bilan boʻlib oʻtgan davra suhbatida maktab pedagoglari, yuqori sinf oʻquvchilari, tumanimizning qalami oʻtkir shoiri Odil Shomurodov, “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi muxbirlari Mahmud Shomurodov, Shohzod Qurbonboyev hamda ijodkor Aziza Madrahimovalar ishtirok etdilar.

Davra suhbatini maktabning oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Jayhun Avezov kirish soʻzi bilan ochib berdi. U oʻz soʻzida bugungi globallashuv davrida IT va axborot texnologiyalarining yoshlar hayotida tutgan oʻrni, ulardan toʻgʻri foydalanish, maʼnaviyatli insonning fazilatlari haqida gapirib oʻtdi. Shundan keyin loyiha koordinatori Aziza Madrahimova soʻzga chiqib, grant loyihasi maqsad va vazifalari, kutilayotgan natijalar va eng asosiysi maʼnaviyat degan tushunchaga keng urgʻu berdi. Kelgan mehmonlarni davra qatnashchilariga tanishtirib oʻtdi.

Davra suhbati davomida shoir Odil Shomurodov oʻzining yoshlik shijoati, insoniy tuygʻular tarannum etilgan sheʼrlaridan namunalar oʻqidi.

Tinglovchilar ijod namunalarini qarsaklar bilan olqishladi.

Gazeta muxbiri Shohzod Qurbonboyev esa maʼnaviy immunitet nima ekanligi, uni qanday boyitish mumkinligi va jadid bobolarimizning xalqni maʼrifatli qilish yoʻlida chekkan zahmatlari toʻgʻrisida taʼsirli fikrlarini bildirdi va davra ishtirokchilarining fikrlari bilan qiziqdi. Zamonaviy fikrlash hamda zamonaviy odam qanday boʻlishi haqidagi savolga maktabning 11-sinf oʻquvchisi Mahfuza Oʻrinboyeva oʻz hayoti misolida javob berdi.

Ha, maʼnaviyatga ilmni uygʻunlashtira olgan yoshlargina Uchinchi Renessansni barpo eta oladi, har qanday davrani boshqara oladi. Biz muntazam oʻtkazib borayotgan maʼnaviyat va kitobxonlik targʻiboti tadbirlari ham shunisi bilan ahamiyatli. Zero, tadbirda qatnashganlarni loaqal toʻrttasining boshida “lampochka” yonsa, maʼnaviy dunyoqarashi ijobiy tomonga oʻzgarsa shevamiz bilan aytganda “kalishing toʻzganiga” achinmaysan kishi.

Aziza Madrahimova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026