Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Elmira Basitxonova iştirokida seminar ötkazildi
Mamlakatimizda tibbiyot sohasiga qaratilayotgan eʼtibor, sohada amalga oşirilayotgan izçil islohotlar xalq salomatligini mustahkamlaş, ayniqsa, onalik va bolalikni muhofaza qiliş, oilalarda soğlom farzand dunyoga kelişi uçun şaroitlar yaratiş imkonini bermoqda. Prezident Farmon va Qarorlari ijrosini taʼminlaşga qaratilgan saʼy-harakatlar tufayli sohaning moddiy-texnika bazasi tobora yangilanib, xalqimizga tibbiy xizmat körsatiş darajasi yil sayin yaxşilanib bormoqda. Ayniqsa, ona va bola salomatligini muhofaza qiliş borasida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar tufayli tuğruq paytida va tuğruqdan keyingi ona va bola ölimi keskin kamayişiga erişilgani kelajagimiz bölgan yoş avlodni har tomonlama soğlom va barkamol insonlar qilib tarbiyalaş imkonini bermoqda.
Amudaryo tumanida ham ona va bola salomatligini muhofaza qiliş, homilador va fertil yoşidagi ayollarning tibbiy madaniyatini oşiriş, Tibbiyot birlaşmasi huzuridagi köp tarmoqli markaziy poliklinika, oilaviy poliklinikalar hamda oilaviy şifokorlik punktlari mudirlari va boş doyalari, yetakçi (lider) doyalar, patronaj doyalarining bilim va malakasini uzluksiz oşirib boriş maqsadida doimiy ravişda sohaning yetakçi mutaxassislari, olimlar, trener-şifokorlar iştirokida mahorat saboqlari, seminar treninglar ötkazilib borilmoqda.
Joriy yilning 27-iyun sanasida Tibbiyot birlaşmasi majlislar zalida Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirining örinbosari Elmira Irkinovna Basitxonova iştirokida bölib ötgan uçraşuvda ham Amudaryo tumanida onalik va bolalikni mufofaza qiliş borasida amalga oşirilayotgan işlar batafsil muhokama etildi. Tibbiyot birlaşmasi boşliğining örinbosarlari, köp tarmoqli markaziy poliklinika, oilaviy poliklinikalar hamda oilaviy şifokorlik punktlari rahbarlari, ayollar maslahatxonasi mudirlari, şuningdek, akuşer-ginekologlar, patronaj doyalar, oilaviy şifokorlar, sohaga masʼul xodimlar iştirok etgan mazkur uçraşuv davomida mahorat darslari ham ötkazilib, özaro tajriba almaşuv jarayonlari amalga oşirildi.
Şundan söng, Elmira Basitxonova rahbarligida Tibbiyot birlaşmasining tuğruq bölimlari, Tibbiyot birlaşmasi huzuridagi köp tarmoqli poliklinika ayollar maslahatxonasida monitoring ötkazilib, zarur maslahat va tavsiyalar berildi. Xususan, aholi orasida tibbiy madaniyatni şakllantiriş aholiga sifatli va samarali tibbiy xizmat körsatiş, har bir oilada soğlom farzand dunyoga kelişini taʼminlaş, onalik va bolalikni muhofaza qiliş, doyalar tomonidan oilani soğlom rejalaştiriş yuzasidan özaro fikr almaşinib, qimmatli maslahatlar berildi.
Şuningdek, Elmira Basitxonova Tibbiyot birlaşmasining tajribali akuşer-ginekologlari, oilaviy şifokorlar hamda patronaj doyalar bilan zamonaviy tibbiyot sohasidagi özgarişlar, sohaga tatbiq etilayotgan yangiliklar yuzasidan suhbatlaşib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdi.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶