“Yilning eng yaxşi tarbiyaçisi – 2024” kasbiy körik-tanlovida eng yaxşi metodist va tarbiyaçilar aniqlandi
Joriy yilning 25-28-iyun kunlari tumanimizda “Yilning eng yaxşi tarbiyaçisi – 2024” körik-tanlovining tuman saralaş bosqiçlari ötkazildi. Tanlovda tumanimizdagi davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlarida metodist va tarbiyaçi vazifasida faoliyat yurituvçi 86 nafar xodim iştirok etdi va ularning bilim-tajribalari belgilangan nizomga köra hakamlar hayʼati tomonidan 3 şart asosida baholandi.
Mamlakatimizda mazkur körik-tanlov davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlarida mehnat qilayotgan yuqori malakali metodist va tarbiyaçilarni aniqlaş hamda rağbatlantiriş, ularning pedogogik mahorati va ijodiy qobiliyatini rivojlantiriş, ilğor tajribalarni keng ommalaştiriş, pedogogik faoliyatning nufuzini yanada oşiriş, kasbiy faoliyatida ijodkorlik va soğlom raqobat muhitini yaratiş maqsadida har yili ötkazib kelinmoqda.
“Yilning eng yaxşi tarbiyaçisi” kasbiy körik-tanlovida oliy maʼlumotli mutaxassis xodimlar “Eng yaxşi metodist” va “Yilning eng fidokor tarbiyaçisi” nominatsiyalari böyiça iştirok etişdi. Şuningdek, oliy maʼlumotga ega bölmagan tarbiyaçilar “Eng yaxşi ijodkor tarbiyaçi”, “Innovatsion va axborot texnologiyalarini qöllaydigan eng yaxşi tarbiyaçi”, “Eng yaxşi eko-tarğibotçi tarbiyaçi” va “Yangi Özbekistonda yangi avlod bolalarini maʼnaviy kamolotga yetaklovçi eng yaxşi tarbiyaçi” kabi nominatsiyalarda öz bilim-tajribalarini sinovdan ötkazişdi.
Tanlovning yakuniy xulosasiga köra, 18 nafar iştirokçi ğolib va sovrindor sifatida eʼtirof etildi hamda taşkilotçilar tomonidan diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi. Nominatsiyalar böyiça 1-örinni egallagan 6 nafar iştirokçiga tanlovning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida iştirok etiş uçun yöllanma berildi.
Maʼlumot örnida taʼkidlaş joizki, tanlovning mamlakat bosqiçida 1-örinni egallagan oliy maʼlumotga ega bölmagan tarbiyaçilarga belgilangan tartibga köra oliy taʼlim muassasalariga öqişga kiriş uçun bir qator imtiyozlar beriladi.
Hulkar Babajanova, tuman MMTB Davlat va nodavlat MTT faoliyatini hamda öqitişning muqobil şakllarini taşkil etiş bölimi metodisti

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶