28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:50
Iqtisodiyot 👁 440

Tuman Pensiya jamgʻarmasida hisobda turuvchi 24 ming 204 nafar pensionerlarga har oyda jami 26,1 mlrd soʻmlik pensiya pullari oʻz vaqtida toʻlanmoqda

Tuman Pensiya jamgʻarmasida hisobda turuvchi 24 ming 204 nafar pensionerlarga har oyda jami 26,1 mlrd soʻmlik pensiya pullari oʻz vaqtida toʻlanmoqda

Mamlakatimizda halol va fidoyi mehnat qilgan insonlarning hamisha qadri baland. Hatto maʼlum sabablarga koʻra, vaqtida ishlay olmagan, oilasidagi mehnatga layoqatsiz farzandi, ota-onasi yoki umr yoʻldoshining parvarishi bilan mashgʻul boʻlgan, shuningdek, pensiya yoshiga yetganida talab qilinadigan ish stajiga ega boʻlmagan shaxslar ham qariganlarida pensiya olish, pensionerlar uchun yaratilgan sharoitlar, gʻamxoʻrliklardan bahramand boʻlish huquqiga egadirlar. Ularning bu huquqlari Bosh Qomusimizda va “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida mustahkamlab qoʻyilgan.

Bugungi kunda mamlakatimizda 4 mln 539 ming nafar pensionerlar keksalik gashtini surishmoqda. Ulardan 215 ming 679 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida istiqomat qiladilar. Pensionerlarning pensiyalarini oʻz vaqtida, hech qanday qiyinchiliklarsiz olishlarini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi esa davlatimiz tomonidan doimiy nazoratda.

Fuqarolarning pensiya taʼminoti borasidagi yangiliklar va oʻzgarishlarni amaliyotga joriy etish, pensionerlarni qiziqtirgan savollarga aniq va puxta javob berish, sohaga tatbiq etilayotgan yangilik va oʻzgarishlardan xalqimizni vaqtida xabardor qilib borish maqsadida OAV orqali malakali mutaxassislar tomonidan muntazam ravishda tushuntirish-targʻibot ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.

Bu borada Amudaryo tumani Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi fuqarolarga xizmat koʻrsatish shoʻʼbasi mutaxassislarining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va ushbu Qonunga turli sanalarda kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar, shuningdek, sohaga oid Prezident Qarorlarining mazmun-mohiyati yuzasidan pensionerlar hamda pensiya yoshiga yetgan fuqarolar ishtirokida oʻtkazayotgan davra suhbatlari, uchrashuvlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ayni paytda Amudaryo tumani Pensiya jamgʻarmasida hisobda turuvchi 24 ming 204 nafar pensionerlarning har oyda jami 26,1 mlrd soʻmlik pensiya pullarini hech qanday toʻsiqlarsiz, oʻz vaqtida olishlari uchun zarur imkoniyatlar yaratilgan. Shundan 17 ming 935 nafar fuqaroga 18,5 mlrd soʻm plastik kartalar orqali, 6 ming 269 nafar fuqaroga 7,6 mlrd soʻm naqd pul koʻrinishida beminnat yetkazib berilmoqda.

Joriy yilning 9-iyul sanasida Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Amudaryo tuman boʻlimida tizimdagi yangiliklar va oʻzgarishlarni amaliyotga tatbiq etish hamda bu haqda pensiya oluvchilarga zarur tushunchalar berish maqsadida boʻlimning yetakchi mutaxassislari ishtirokida majlis oʻtkazilib, unda 2021-2022 hamda 2023-yillar davomida sohaga tatbiq etilgan yangiliklar va “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarning pensiya oluvchilar hayotida tutgan oʻrni, ularning moddiy-ijtimoiy farovonligini taʼminlashdagi ahamiyati alohida eʼtirof etildi.

Majlisda Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Amudaryo tuman boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Toirov soʻnggi yillarda amaliyotga joriy etilgan sohaga oid bir qator Qonun hujjatlari, xususan, 2021-yil 4-maydagi “Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini soddalashtirish hamda pensiyani yetkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori va “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablaridan kelib chiqib amalga oshirilgan keng qamrovli ishlar xususida batafsil toʻxtaldi. Shu bilan birga 2023-yil 1-noyabrdagi “Aholiga pensiya tayinlash boʻyicha davlat xizmatlari sifatini yanada oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Qarorining mazmun-mohiyati haqida soʻz yuritib, ushbu Qaror bilan davlat pensiyalarini tayinlashda byurokratik toʻsiqlarga barham berilgani, bu esa fuqarolarga qulaylik yaratganini alohida taʼkidladi.

Shuningdek, majlisda Pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari, fuqarolarga xizmat koʻrsatish shoʻʼbasi mudiri Azamat Kenjayev, boʻlimning bosh mutaxassisi Nafisa Bobojonovalar ham soʻzga chiqishib, “Aholiga pensiya tayinlash boʻyicha koʻrsatiladigan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori bilan 2025-yil 1-martdan boshlab fuqarolarga yoshga doir pensiyalarni “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasida belgilangan yoshga toʻlishi munosabati bilan alohida murojaat talab etmagan holda proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy qilingani va bu tartib-qoidaning afzallik tomonlari haqida keng toʻxtalib, ayni paytda pensiya yoshiga yetgan fuqarolar bu imkoniyatlardan samarali foydalanishayotganlarini mamnuniyat bilan taʼkidladilar.

Muhimi, fuqarolarga pensiya tayinlash, farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa, dafn marosimi uchun nafaqa tayinlash, pensiya va nafaqa oluvchilar roʻyxatida mavjudligi haqida maʼlumotnoma, pensiya va nafaqa miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni berish endilikda juda osonlashgani, byurokratik toʻsiqlarga barham berilib, bu kabi maʼlumotlar Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olish belgilangani tizimdagi qogʻozbozlikka barham berdi va soha mutaxassislari uchun qulay sharoitlar yaratdi. Buni majlisda boʻlim mutaxassislari oʻz ish faoliyatlaridagi samaradorlik, sifat koʻrsatkichlari bilan alohida eʼtirof etdilar.

Robiya Yoʻldosheva

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026