Yoşlarga oliy harbiy taʼlim muassasalariga öqişga kirişda muayyan imtiyoz beruvçi tavsiyanomalar topşirildi
Mamlakatimizda yangi Özbekistonni barpo etişdek uluğvor maqsadga erişiş yölida asosiy tayançimiz bölgan azm-u şijoatli yoşlarga eʼtibor va ğamxörlik körsatiş, ularga barça sohalarda öz iqtidori va salohiyatini töliq namoyon etişi uçun zarur şaroit va imkoniyatlar yaratib beriş davlat siyosatining ustuvor yönalişi hisoblanadi. Şu maqsadda yoşlarga oid davlat siyosatini izçil va samarali amalga oşiriş, yoşlarni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalaş, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, maʼnaviy yetuk va jismonan soğlom, barkamol qilib tarbiyalaş yölida masʼul taşkilotlar tomonidan tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
Joriy yilning 11-iyul kuni Amudaryo tumanidagi 82-sonli maktabning faollar zalida umumtaʼlim maktablarining 11-sinf öquvçilari – “Vatan tayançi” otryadi aʼzolariga respublika oliy harbiy taʼlim muassasalarining tegişli taʼlim yönalişlariga öqişga kiriş uçun test sinovlari natijalariga köra töplagan ballarining 5 foizi miqdorida qöşimça ball şaklida imtiyoz beruvçi tavsiyanomalar topşirildi.
Tadbirda Amudaryo tumani Mudofaa işlari bölimi boşliği Şerzod Murodov, Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Yalğaş Şamuratov, Milliy gvardiya tuman bölimi boşliği Baxtiyor Atajanov va boşqalar iştirok etdi.
Dastlab 82-sonli maktab direktori Zafar Aqmanov sözga çiqib, yiğilganlarga mehmonlarni taniştirdi va yoşlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşga qaratilgan “Vatan tayançi” harakatining mazmun-mohiyati haqida maʼlumotlar berdi.
Şundan söng masʼular Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-mart kungi “Vatan tayançi” bolalar va ösmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi Qarorining maqsadi, uşbu tavsiyanomaga ega bölgan yoşlarga republikadagi oliy harbiy taʼlim muassasalarining tegişli taʼlim yönalişlariga öqişga qabul qilişda beriladigan imtiyozlar töğrisida maʼlumotlar berdi. Şuningdek, “Vatan tayançi” harakatining asl mohiyati va uning yoşlar hayotida tutgan örni haqida alohida töxtalib ötildi.
Darhaqiqat, zamon şiddat bilan rivojlanayotgan bugungi kunda ösib kelayotgan yoş avlodni Vatan taqdiriga daxldorlik, maʼnaviy-axloqiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda qonunlarimizga nisbatan yuksak hurmat ruhida tarbiyalaş har qaçongidan ham dolzarb masala hisoblanadi. “Vatan tayançi” harakati mana şunday erkin fikrlaydigan, mustahkam bilimli, mamlakatimiz farovonligi va yanada rivojlanişiga munosib hissa qöşiş orzusida bölgan yoşlarni tarbiya qilişda muhim vazifalarni bajaradi. Bu harakat, ayniqsa, dunyo globallaşayotgan bugungi davrda farzandlarimizni turli xavfli ğoyalar va “ommaviy madaniyat” niqobi ostida taşqaridan kirib kelayotgan salbiy taʼsirlardan himoya qilişda muhim ahamiyatga ega.
Tadbir yakunida masʼullar tomonidan oliy harbiy taʼlim muassasalariga qabul qilişda muayyan imtiyoz beruvçi tavsiyanomalar öz egalariga tantanali ravişda topşirildi.
Maʼlumot örnida aytişimiz joizki, uşbu tavsiyanomalar berilgan sanadan boşlab 3-yil mobaynida amal qiladi.
Şohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶