Yana 1855 nafar fuqaroning turar joylarga mulk huquqi hamda yer uçastkalariga ijara huquqini eʼtirof etiş böyiça röyxat tasdiqlandi
Avval xabar berilganidek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyul kungi “Qoraqalpoğiston Respublikasi aholisini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş hamda jismoniy şaxslar tomonidan qurilgan uy-joylarga bölgan huquqlarni eʼtirof etiş töğrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlaş maqsadida Amudaryo tumanida qator amaliy işlar qilinmoqda.
Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengaşining navbatdagi sessiyasida Davlat kadastrlari tuman filiali boşliğining turar joylarga mulk huquqini hamda yer uçastkalariga nisbatan ijara huquqini eʼtirof etiş töğrisidagi hisoboti tinglandi va xalq deputatlari tuman Kengaşining 2024-yil 10-iyul kungi qarori bilan 1855 nafar fuqarolarning huquqni belgilovçi hujjatlarsiz qurilgan turar joylariga mulk huquqi hamda yer uçastkalariga ijara huquqini eʼtirof etiş böyiça röyxat tasdiqlandi. Endilikda uşbu röyxat asosida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Prezidiumining qarori qabul qilinadi va şundan keyin fuqarolar tegişli tartibda kadastr hujjatlariga ega bölişlari mumkin.
Eslatib ötamiz, agar Sizning ham yer uçastkangizning ijara huquqini, bino va inşootlaringizning mulk huquqini tasdiqlovçi hujjatlar bölmasa, davlat kadastrlari palatasining tuman filialiga murojaat qiling.
Şohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶