Amudaryo tumani Adliya boʻlimida “Zukko kitobxon” tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi
Mamlakatimizda yoshlar orasida kitobga boʻlgan qiziqishni oshirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish, jamiyatda kitobxonlikni rivojlantirish, shu bilan birga, keng jamoatchilikka ziyo ulashish maqsadida tegishli tashkilotlar tomonidan bir qator madaniy-maʼrifiy tadbirlar va intellektual tanlovlar tashkil qilinyapti.
Xususan, joriy yilning 15-iyul kuni Amudaryo tumani Adliya boʻlimi tomonidan “Zukko kitobxon” tanlovining saralash bosqichi oʻtkazilib, tumanimizdagi yosh kitobxonlarning eng bilimlari eʼtirof etildi.
Mazkur tanlovining saralash bosqichida ishtirok etgan yosh kitobxonlarning bilimlari tuman Adliya boʻlimi Yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi Shavkat Vaisniyazov, Davlat xizmatlari markazi direktori Said Sultanov, FHDYo boʻlimi mudirasi Rohatoy Polvonova hamda Davlat xizmatlari markazi boʻlim boshligʻi Sarvar Xaytbayevlardan tarkib topgan hakamlar hayʼati tomonidan adolatli baholab borildi.
Dastlab hakamlar hayʼati raisi Shavkat Vaisniyazov soʻzga chiqib, mamlakatimizda yosh kitobxonlar qatlamini qoʻllab-quvvatlash, ularni kitobxonlikka yanada keng jalb qilish, jamiyatimizda kitobxonlar va ziyolilar mavqeyini koʻtarishga qaratilgan chora-tadbirlar va intellektual tanlovlarning ahamiyati toʻgʻrisida fikr-mulohazalarini bildirdi va barcha ishtirokchilarga gʻolib boʻlishlarida tilakdosh boʻldi.
Shundan keyin tadbirga boshlovchilik qiluvchi “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati maxsus muxbiri Shohzod Qurbonboyev tomonidan ishtirokchilarga tanlov nizomi, javoblar uchun ajratilgan vaqt, savollar soni va baholash mezoni haqida maʼlumotlar berildi.
Nizomga koʻra, tanlovning birinchi boshqichi oʻzbek va jahon adabiyoti namunalaridan tuzilgan 25ta savoldan iborat intellektual oʻyin shaklida oʻtkazildi. Tashkilotchilar tomonidan barcha ishtirokchilarga javoblarni yozish uchun maxsus varaqalar tarqatildi. Har bir savol oʻqib eshittirilganidan soʻng javob yozish uchun 1 daqiqa vaqt ajratildi hamda har bir toʻgʻri javob uchun 1 balldan baholandi. Hakamlar hayʼati tomonidan tanlov adolatli oʻtkazilishi taʼminlanib, jarayon davomida barcha ishtirokchilar uzluksiz ravishda kuzatib borildi.
Maʼlumot oʻrnida, “Zukko kitobxon” tanlovining birinchi bosqichida tumandagi 33-, 36-, 40- va 84-sonli umumtaʼlim maktablarining eng kitobxon 7-10-sinf oraligʻidagi oʻquvchilari oʻzaro bilimlarini sinashdi. Mazkur bosqichda 1-oʻrinni egallagan kitobxon Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanma oladi. Tanlovning yakuniy – mamlakat bosqichida 1-oʻrinni egallagan ishtirokchi 20 mln soʻm miqdorda pul mukofoti bilan taqdirlanishi belgilangan.
Hakamlar hayʼati taqdim etgan natijalarga koʻra, ishtirokchilardan 3 nafarining toʻplagan ballari teng kelganligi sabab ular oʻrtasida qoʻshimcha savol-javob sharti oʻtkazildi. Qoʻshimcha shart natijalariga koʻra ishtirokchilar orasidan eng bilimdoni aniqlandi.
Umimiy yigʻilgan ballarga koʻra, hakamlar hayʼati tomonidan gʻolib va sovrindor ishtirokchilar eʼlon qilindi. “Zukko kitobxon” tanlovining tuman bosqichida 3-oʻrin bilan Mirjalol Farhodovga, 2-oʻrin Bahoroy Sobirovaga hamda 1-oʻrin bilan Yulduz Tursunboyevalarga nasib qildi. Qolgan ishtirokchilarga esa “Eng yaxshi notiq”, “Eng yosh kitobxon” hamda “Eng faol ishtirokchi” nominatsiyalari sohib va sohibalari boʻlishdi.
Tadbir yakunida tashkilotchilar tomonidan gʻolib va sovrindor ishtirokchilar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Taʼkidlash joizki, mamlakatimizda kitobxonlikka berilayotgan eʼtibor va tegishli tashkilotlar tomonidan oʻtkazilayotgan mana shunday intellektual tanlovlar natijasida bugungi kunda yoshlar orasida kitobxonlar safi yil sayin oshib bormoqda. Umid qilamizki, kitoblarga tashna boʻlgan vatanparvar yoshlar oʻz bilim va tafakkuri bilan Uchinchi Renessans bunyodkorlari boʻlishadi.
Shohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶