28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:32
Siyosat 👁 316

Hokim va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Hokim va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Amudaryo tumanining Toshyop OFY binosida hokim va yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Nodirbek Kamolov, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi masʼullari, OFY “yettilligi”, hudud yoshlar yetakchilari hamda yoshlar ishtirok etdilar.

Uchrashuvda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov soʻnggi yillarda yoshlar siyosatida amalga oshirilayotgan tub islohotlar xususida toʻxtalib oʻtdi. Taʼkidlanganidek, bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, ularning bilim olishi, mehnat qilishi, oʻz qobiliyat va isteʼdodini roʻyobga chiqarishi uchun barcha sharoitlarni yaratish davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Oʻtgan davr mobaynida yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan, ular hayotiga bevosita taalluqli boʻlgan qonun, farmon va qarorlar qabul qilingani mamlakatimizda mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallab, xalqaro maydonda raqobatga kirisha oladigan barkamol shaxslarni tarbiyalashga huquqiy zamin boʻlib xizmat qilmoqda.

Toshyop OFY binosida tashkil etilgan uchrashuv mobaynida tuman hokimi Sobir Xoʻjametov yoshlarning qiziqishlari, kelajakdagi maqsadlari, muammo va takliflari xususida yaqindan suhbatlashdi. Yoshlarimiz tomonidan berilgan taklif va savollarning bir qismi joyida ijobiy yechim topgan boʻlsa, yana bir qismi tegishli tashkilotlarga yoʻnaltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Uchrashuvda yoshlar tomonidan turli muammoli masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Xususan, oliy oʻquv yurtida oʻqish uchun shartnoma pulini toʻlashda amaliy yordam berish, oʻz-oʻzini band qilish hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun kredit ajratilishida, subsidiya asosida tikuv mashinasi olishda amaliy yordam berish kabi masalalar yuzasidan qator murojaatlar qabul qilindi. Murojaatlardagi masalalarning aksariyati uchrashuv jarayonida ijobiy yechimini topdi. Ochiq muloqot tarzida oʻtkazilgan uchrashuvda yoshlar turli yoʻnalishlar boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar oldilar.

Taʼkidlash joizki, yoshlarga berilayotgan eʼtibor, ularga davlat tomonidan koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik miqyosi yildan-yilga kengayib bormoqda. Rahbarlarning hududlarga borib yoshlar muammolarini oʻrganishi ham ana shunday eʼtibor namunasi desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Darhaqiqat, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, taʼlim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, uy-joyli boʻlishi, bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari sifatida qaralmoqda.

Shuningdek, bugungi kunda yoshlarga maktab va oliy taʼlim sohasida bilim olishga, zamonaviy kasb-hunar egallashga, madaniyat va sport yoʻnalishlarida oʻz iqtidorini namoyon etishga, turli yoʻnalishlarda oʻz tadbirkorlik faoliyatini yuritishga yaratilgan sharoitlar natijasida yoshlar tomonidan koʻplab sohalarda yangi marralar zabt etilmoqda. Yurtimiz yoshlari yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, turli sohalarda qator yutuqlarni qoʻlga kiritmoqdalar. Oʻzbekistonlik yoshlar qator xalqaro fan olimpiadalarida koʻplab oltin, kumush, bronza medallarning sohib va sohibalari boʻlishmoqda. Yosh sportchilarimiz esa xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, Vatanimiz bayrogʻini koʻklarga koʻtarmoqdalar.

Qayd etish joizki, butun mamalkatimiz boʻylab hududlarda rahbarlarning yoshlar bilan uchrashuvlarini tashkil etish, koʻplab yoshlarning muammolarini joyida tizimli hal etilishiga, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish uchun yangi chora-tadbirlar ishlab chiqilishiga hamda bandligi taʼminlanishiga zamin yaratmoqda. Tosh yop ovulida oʻtkazilgan hokim va yoshlar uchrashuvi ham unda ishtirok etgan, muammolari ijobiy hal qilingan yoshlar hayotiga oʻzgarishlar olib kirgani bilan ahamiyatli boʻldi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026