28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 10:00
Salomatlik 👁 274

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati amudaryolik tibbiyot xodimlari bilan uchrashdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati amudaryolik tibbiyot xodimlari bilan uchrashdi

Maʼlumki, keyingi yillarda sogʻliqni saqlash tizimini yaxshilash, aholiga koʻrsatilayotgan birlamchi tibbiy sanitariya, shoshilinch va tez tibbiy yordam, ixtisoslashtirilgan xizmatlar sifatini oshirish, dori-darmon va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash, xususiy tibbiyot tizimini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha bir qator islohotlar amalga oshirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligiga bagʻishlab “Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” shiori ostida “Mustaqillik yillarida aholi salomatligini saqlash va sohani rivojlantirishga oid islohotlar” mavzusida tuman Tibbiyot birlashmasida oʻtkazilgan davra suhbatida sohada erishilgan bir qator yutuqlar eʼtirof etildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Zumrad Bekatova, Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi masʼullari hamda tuman Tibbiyot birlashmasi xodimlari ishtirok etishdi.

Taʼkidlanganidek, keyingi yillarda sogʻliqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida aholiga tibbiy yordam koʻrsatishning sifati, samaradorligi va qulayligini oshirish taʼminlanyapti.

Xususan, soʻnggi 5-yilda sogʻliqni saqlash sohasiga byudjetdan ajratilgan mablagʻlar 7,3 trillion soʻmdan 29,7 trillion soʻmga oshirildi. 2024-yil davomida ushbu mablagʻ yana koʻpaytirilib, 33,4 trillon soʻm ajratish koʻzda tutilgan. Oʻtgan 5 yillik davrda shifoxonalar va tez tibbiy yordam punktlarini dori-darmon, tibbiy buyumlar bilan taʼminlashga ajratilayotgan mablagʻlar 12 barobar koʻpaytirildi.

Tadbirda qayd etilganidek, sohani kadrlar bilan taʼminlash, ularning uzluksiz malaka oshirib borishini, ilmiy faoliyat bilan shugʻullanishini ragʻbatlantirish boʻyicha barcha choralar koʻrilmoqda. Ehtiyoj yuqori boʻlgan tor doiradagi mutaxassislar uchun ordinatura va magistraturada kvotalar koʻpaytirildi, internatura qayta joriy etildi. Tibbiyot muassasalari tibbiy, farmatsevtika va boshqa xodimlarining lavozim maoshlari malaka toifasidan kelib chiqib, 10-15 foizga oshirildi.

Bundan tashqari, 2021-yildan boshlab olis va chekka hududlarda joylashgan oilaviy shifokorlik punkti va oilaviy poliklinikalar uchun “Qishloq shifokori” dasturi joriy qilindi. Unga asosan, boshqa hududda yashaydigan shifokor 3-yil ishlab berish sharti bilan ishga qabul qilinganda bir martalik 30 mln soʻm hamda xizmat uyi bilan taʼminlash va oyligiga 2 mln soʻm ustama berish yoʻlga qoʻyildi.

Shuningdek, viloyatlardan, Toshkent shahridan, xorijdan Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxtakoʻpir, Chimboy, Qoraoʻzak, Boʻzatov, Shoʻmanay, Qoʻngʻirot tumanlariga borib ishlovchi shifokorlar uchun oylik maoshiga dastlabki 3-yil davomida 100 foiz, Moʻynoq tumanida esa 200 foiz miqdorida qoʻshimcha har oylik ustama toʻlovlari Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan toʻlab berish amaliyoti joriy etildi.

Respublika tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari soni 13tadan 24taga yetkazilib, uning hududlarda 70dan ziyod filiallari, 300dan ziyod boʻlimlari tashkil etildi va aholi uchun oʻzi yashab turgan hududda ham yuqori texnologik tibbiy yordamni olish imkoniyati kengaytirildi.

Tadbir davomida maʼruzachilar tomonidan aholi salomatligini yaxshilash, zamonaviy sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning qonuniy asoslarini yaratish boʻyicha qabul qilingan huquqiy hujjatlar, amaliy tibbiyotda erishilgan yutuqlar haqida maʼlumotlar berildi.

Qizgʻin munozara va muhokamaga boy boʻlgan davra suhbati yakunida Amudaryo tumanida aholi sogʻligini saqlash bilan bogʻliq maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan zarur taklif va tavsiyalar bildirildi.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026