Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşining 77-sessiyasi töğrisida axborot
2024-yil 29-iyul kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengaşining 77-sessiyasi bölib ötdi.
Sessiyada Amudaryo tumani hokimi Sobir Xöjametov, hokim örinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, bölimlar, taşkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Sessiyani Kengaş raisining örinbosari Ğulomjon Yeşniyozov oçdi va olib bordi. Sessiya kotibligiga 11-Örta qala saylov okrugidan deputat Hamro Xodjayev saylandi.
Kun tartibidagi dastlabki masala yuzasidan tuman Qişloq xöjaligi bölimi boşliği Qudrat Abdikalikov hisobot berdi.
Hisobotda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Qoraqalpoğiston Respublikasida Vazirlar Kengaşining tegişli qarorlari bilan tumanda 2024-yil hosili uçun qişloq xöjaligi ekinlari oqilona joylaştirilganligi, lekin baʼzi fermer xöjaliklarida uşbu qarorlar talablarini buzib, suvni köp talab qiladigan, joylaştirişda körsatilmagan şoli ekinini ekiş holatlari kuzatilayotgani taʼkidlandi.
Uşbu masala böyiça Agrosanoat majmuasi ustidan nazorat qiliş inspektsiyasining tuman bölimi boşliği Sarvar Matyakubov hamda tuman irrigatsiya bölimi boşliği Şukurullo Yusupovlar sözga çiqib, yuqoridagi kabi qonunbuziliş holatlariga yöl qöygan fermer xöjaliklari bilan tuzilgan yer ijara şartnomalarini bir tomonlama bekor qiliş taklifini qöllab-quvvatladilar.
Kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan Amudaryo tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari Kamiljan Aytbayev sözga çiqib, mol-mulk va yer soliqlarini yiğişda faollik körsatgan Amir Temur nomli ovul va Jumurovul mahalla fuqarolar yiğinlari raislarini mahalliy byudjetning ortiqça bajarilgan manbalari hisobidan bir martalik moddiy rağbatlantiriş taklifini bildirdi. Taklif duputatlar tomonidan qöllab-quvvatlandi.
Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan Kengaşning Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça doimiy komissiyasi raisi Muzaffar Yeşçanov sözga çiqib, tumanining doimiy aholisi sonidan kelib çiqqan holda tegişli qonun talablariga muvofiq Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşidagi deputatlik örinlari sonini navbatdagi çaqiriqdan boşlab 25ta etib belgilaş töğrisida taklif kiritdi. Uşbu taklif ham deputatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.
Sessiyada Amudaryo tuman Adliya bölimi boşliği vazifasini vaqtinça bajaruvçi Şavkat Vaisniyazov, tibbiyot birlaşmasi boşliğining örinbosari Hakimjon Sobirov, tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Yalğaşboy Şamuratovlar sözga çiqib, tegişli taşkilotlarda 2024-yilning ötgan 6 oyi davomida amalga oşirilgan işlar yuzasidan hisobot berdilar.
Deputatlar tegişli masʼullarga aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltiriş, tumanda tibbiyot sohasini yanada isloh qiliş, aholi salomatligini mustahkamlaş, maktabgaça taʼlim sohasida qamrov darajasini oşiriş, maktab taʼlimida samaradorlikni yanada yaxşilaş böyiça taklif hamda tavsiyalar bildirdilar.
Şuningdek, sessiyada xalq deputatlari tuman Kengaşi vakolatiga kiruvçi boşqa masalalar ham muhokama qilindi.
Deputatlarning fikr va mulohazalari tinglanib, faol muhokamalardan keyin kun tartibidagi barça masalalar böyiça tegişli qarorlar qabul qilindi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶