Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi
1-avgust kuni Amudaryo tumani huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashining yigʻilishi oʻtkazildi. Yigʻilishda 2024-yilning birinchi yarmida hududda jinoyatchilikka qarshi kurash va uning oldini olishdagi huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan amalga oshirilgan ishlar keng muhokama qilindi va kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Yigʻilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi boʻlim boshligʻi Arman Yergunusov, tuman prokurori Aziz Roʻzmetov, tuman IIB boshligʻi Jamoladdin Yusupov, Soliq inspektsiyasi boshligʻi Jahongir Rahimov, tuman hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Saburova, tumandagi 49ta ovul va mahallalarda faoliyat olib borayotgan “yettilik” aʼzolari, prokuratura va IIB xodimlari ishtirok etdilar. Yigʻilishda tuman prokurori Aziz Roʻzmetov tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot berdi.
Taʼkidlanganidek, Amudaryo tuman prokuraturasi tomonidan hududdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda “Inson qadri uchun” degan ezgu gʻoyani toʻliq roʻyobga chiqarish, hududda qonun ustuvorligini va qilmish uchun jazo muqarrarligini taʼminlash tamoyili asosida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hisobotda keltirilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi kontseptsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Sohadagi ishlarni tartibga solishda huquqbuzarliklar oqibati bilan kurashish emas, balki ularning barvaqt oldini olish zarurligiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan sohada qator islohotlar amalga oshirilib, ishlar “mahallabay” va “xonadonbay” tizimda tashkil etilayotganligi sababli oʻtgan davrda hududdagi 49ta mahallalarning 13tasida, yaʼni 26,5 foizida jinoyatlar sodir etilishiga yoʻl qoʻyilmagan hamda 20tasi, yaʼni 40,8 foizida jinoyatlar kamaygan yoki barqaror saqlangan.
Shuningdek, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonliklarning oldini olish maqsadida jami 158ta himoya orderlari berilgan, barchasi IIB tashabbusi va fuqarolarning arizalari asosida rasmiylashtirilgan.
Yigʻilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga hamda mahallalar “yettiligi” masʼullariga jinoyat va huquqbuzarliklarning olini olishda hamkorlikni yanada kuchaytirish lozimligi taʼkidlandi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan muhim vazifalar belgilab olindi.
Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶