Ğöza parvarişida töğri taşkil etilgan agrotexnik tadbirlar möl hosil uçun xizmat qiladi
Şu kunlarda ğöza maydonlarida suğoriş, suvdan keyin qator oralarini şudgor qiliş, çilpiş, suğorilgan maydonlarga maxsus texnikalar bilan işlov beriş, ğöza zararkunandalariga qarşi kuraşiş kabi işlar agrotexnika tadbirlari uyuşqoqlik bilan amalga oşirilmoqda. Sifatli va möl hosil yetiştiriş maqsadida amudaryolik ilğor fermer xöjaliklari qatorida “Muzaffar Eşçanov” fermer xöjaligining ham paxta dalalarida iş qizğin pallaga kirgan. Çunki avgust oyi oxiriga qadar ğöza parvarişi uçun zarur bölgan barça agrotexnik tadbirlar töliq yakunlanişi zarur.
Mazkur fermer xöjalik raisi Muzaffar Eşçanov qişloq xöjaligi sohasi bilan 15-yildan buyon şuğullanib keladi. Joriy yilda “Muzaffar Eşçanov” fermer xöjaligi 63 gektar maydonga “Sulton” navli paxta uruğlarini ekib, 134 tonna “oq oltin” topşirişni reja qilgan.
Maʼlumotlarga köra, agrotexnologiya tadbirlar töğri, öz vaqtida va samarali olib borilsa, ğöza iyun-iyul oylarida şiğil hosilga kiradi va köplab kösaklar vujudga keladi, hosil elementlarining tökilişi kam böladi. Hosilning 46 foizi iyun oyida, 47 foizi iyul va 7 foizi avgust oyining birinçi yarmida şakllanadi. Bu agrotexnik tadbirning maqbul vaqtida bajarilişi ğözaning şona, gul tugunçalarini saqlaş, kösak paydo bölişi va yetilişi jarayonlarini jadallaştirişga xizmat qiladi. Natijada kösaklarning pişib yetilişi tezlaşib, hosildorligi ortadi.
Maʼlumki, ğöza ösişga moyil böladi, şuni eʼtiborga olib, uning boş poyasi va ösuv şoxlarining uçi çilpib taşlansa, oziq moddalar hosil şoxlariga, undan hosil tugunçalariga ötadi, ularning tökilişi kamayadi, kösaklar köpayib, vazni ortadi, suv sarflanişining samaradorligi ham köpayadi. Çilpiş öz vaqtida, sifatli ötkazilganda kösaklarning pişişi 5-10 kunga tezlaşadi va hosildorlik gektariga 3-4 tsentenerga ortadi.
Ğözaning hosil tugunçalarini taşlamasligi uçun eng avvalo, paykallardagi tuproq namligini bir maromda saqlab turiş zarur. Agar namlik yetarli bölmasa, ğöza tanasidagi fiziologik va fotosintez jarayonlari buziladi. Suğoriş sifati köp jihatdan suvçilarning iş tajribasiga, ilm-fan va işlab çiqariş yutuqlarini qöllay oliş mahoratiga, fermerlarning suvçilarga yetarliça qulaylik yaratib berişiga boğliq, albatta.
Taʼkidlaş joizki, fermerlarimiz ğöza parvarişida suğorişdan taşqari kultivatsiya, begona ötlardan tozalaş, kasallik va zararkunandalarga qarşi kuraşiş, çilpiş kabi agrotexnik tadbirlarga ham jiddiy eʼtibor berişlari yuqori hosildorlikka erişişning asosiy omili hisoblanadi.
Obi hayotdan tejamli foydalanişda şarbat usulida suğoriş ham ayni muddaodir. Bu usul ğözaga ozuqa berişi barobarida, suv buğlanişini kamaytirib, tuproqqa singişini yaxşilaydi.
Maʼlumki, oziq-ovqat xavfsizligi hamma vaqt dolzarb masalalardan hisoblangan. Takroriy ekinlar esa oilalarga baraka va daromad olib keladi. “Muzaffar Eşçanov” fermer xöjaligining ğalladan böşagan 19 gektar maydonida takroriy ekin sifatida sabzavot, poliz, moş va çorva mollari uçun ozuqa ekinlari ekilgan. Bu maydonlar mahallada istiqomat qiluvçi ehtiyojmand aholi vakillariga ajratib berilgan. Mehnatkaş dehqonlar yozning har bir kunidan unumli foydalanib, kuzgi möl hosil uçun harakat qilişmoqda.
Moş mamlakatimizning barça hududlarida asosiy va takroriy ekin sifatida ekiladi. Töğri taşkil qilingan agrotexnik tadbirlar natijasida moş poyalari yaxşi rivojlanmoqda. Hozirda qator oralarini kultivatsiya qiliş işlari bajarilyapti.
Sentyabr oyidan mamlakatimizning barça hududida paxta yiğim-terimi mavsumi boşlanadi. Hozirda texnik xodimlar texnika vositalarini mavsum uçun şay holatga keltirişmoqda. Mavjud kamçiliklar közdan keçirilib, bartaraf etilayapti. Jumladan, nosoz ehtiyot qismlari yangilariga almaştiriş va traktor tirkamalarining şikastlangan joylarini payvandlaş işlari bajarilayapti.
Bir söz bilan aytganda, tumanimizdagi barça fermer xöjaliklarida kuzgi möl “oq oltin” hosili uçun barça agrotexnik tadbirlar samarali taşkil etilyapti. Şuningdek, barça texnika vositalari közdan keçirilib, mavsum oldi şay holatga keltirilmoqda. Albatta, bu jarayonlar mavsum davomida öz natijasini körsatadi.
Şohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶