28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 13:59
Fan va taʼlim 👁 331

Yangi oʻquv yiliga sanoqli kunlar qoldi: Amudaryo tumani MMTBga qarashli taʼlim muassasalari yangi 2024-2025 oʻquv yiliga tayyormi?

Yangi oʻquv yiliga sanoqli kunlar qoldi: Amudaryo tumani MMTBga qarashli taʼlim muassasalari yangi 2024-2025 oʻquv yiliga tayyormi?

Amudaryo tuman MMTB tasarrufida 86ta umumiy oʻrta taʼlim maktabi, jami 134ta, shu jumladan 52ta davlat, 78ta oilaviy, 4ta davlat-xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda va “Barkamol avlod” bolalar maktabi mavjud.

Ayni paytda maktablar quvvati 32 ming 635-oʻrinli boʻlib, oʻquvchi soni esa 38 ming 813 nafarni tashkil etadi.

3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan 12 ming 250 nafar bolalar MTTlarga qamrab olingan boʻlib, shundan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 9615 nafar, davlat xususiy sheriklik asosidagi MTTlarda 300 nafar, oilaviy MTTlarda esa 2335 nafar kichkintoylar tarbiyalanmoqda.

Taʼlim tizimiga qaratilayotgan eʼtibor, qolaversa, zamon talablaridan kelib chiqib, sohada faoliyat olib borayotgan 4061 nafar pedagog xodimlarning kasbiy malakasini oshirishga, ularning oʻz ustlarida ishlashlariga alohida ahamiyat berilmoqda.

Bugungi kunda tuman MMTB tasarrufidagi umumtaʼlim maktablarida faoliyat olib borayotgan pedagog xodimlarning 293 nafari oliy toifali, 1937 nafari 1- va 2-toifali malakaga ega bilimdon oʻqituvchilar hisoblanadi. Ulardan 1720 nafari mutaxassislik toifasiga ega boʻlib, 111nafar oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchilar bilan oʻzaro tajriba almashish va “oʻrgan-oʻrgat” tamoyili asosida ish yuritishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan.

Tuman MMTB tasarrufidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi va umumtaʼlim maktablaridagi oʻquvchi-yoshlarning isteʼdod va qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan 67 ta toʻgaraklarda ularning oʻz iqtidorlarini namoyon etishlari uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

Bundan tashqari, 2024-yil davomida tumandagi 52ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga raqamlashtirish jarayonini amalga oshirish boʻyicha davlat byudjetidan jami 52 dona planshet va 52 dona wi fi router, mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan esa 42 dona printer qurilmalari olib berildi. Shuningdek, 28-sonli maktabga 1ta kompyuter, tuman BABMga 6ta kompyuter va 1ta elektron doska qurilmalari, davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga muvofiq Respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan 16ta maktabga zamonaviy kompyuter sinf jamlanmalari yetkazib berildi.

Muhtaram Prezidentimizning koʻrsatmalari va umumtaʼlim muassasalarini zamon talablari darajasida qurish, taʼmirlash va qayta rekonstruktsiya qilishga qaratilgan 404-sonli Qarori asosida bir qator maktablarda rekonstruktsiya ishlarini amalga oshirish belgilangan. Xususan, Beruniy nomli mahalla hududida joylashgan 31-sonli umumtaʼlim maktabi uchun 330-oʻrinli qoʻshimcha bino qurish ishlari boshlanib, bugungi kunda mazkur binoning tom qismida beton plitalarini yotqizish ishlari nihoyasiga yetkazilmoqda.

Shuningdek, Xizr eli mahallasi hududida joylashgan 46-sonli umumtaʼlim maktabiga 300-oʻringa moʻljallangan qoʻshimcha bino qurilishi, Jumur ovul mahallasi hududida joylashgan 48-sonli umumtaʼlim maktabiga 240-oʻringa moʻljallangan qoʻshimcha bino va 12x24 oʻlchamli sport zali, Qangli ovulida joylashgan 49-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti uchun yangidan 90-oʻringa moʻljallangan bino hamda Qoramon mahallasida davlat investitsiya dasturi asosida 150-oʻringa moʻljallangan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi qurilishi ishlari davom etmoqda.

“Tashabbusli byudjet” loyihasining 2024-yil 1-mavsumida 3 ta maktab ishtirok etib, loyiha natijalariga koʻra, 1- va 41-sonli maktablarning har biri 1 mlrd 360 mln. soʻmdan, 76-sonli maktab jamoasi esa 860 mln. soʻmlik mablagʻni yutib olishga muvaffaq boʻlishdi. 1-sonli va 41-sonli maktablar jamoasi tomonidan ushbu mablagʻni joriy taʼmirlash ishlariga, 76-sonli maktab jamoasi tomonidan esa dars jarayoni uchun zarur zamonaviy uskunalar, jumladan, proyektor, elektron doska, laboratoriya jihozlari va hokazolarga yoʻnaltirish rejalashtirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan yangi oʻquv yili oldidan joriy yil 5-10-avgust kunlari hududiy Pedagogik markazida master-trener va trener-koordinatorlar tomonidan Amudaryo tumanidan tanlab olingan 5 nafar direktor, 3 nafar matematika fani oʻqituvchilari va 6 nafar tabiiy fan oʻqituvchilariga Singapurning “Marshal Savendish Edusation” tashkiloti bilan hamkorlikda oʻquv jarayoniga xorijiy ilgʻor tajribalarni tatbiq etish boʻyicha seminar tashkil etildi. Ushbu seminar kaskad usulida joriy yil 19-24-avgust kunlari 31-, 40- va 82-sonli maktablarda, har bir maktabdan 1 nafar ilgʻor oʻqituvchilar uchun, 26-31-avgust kunlarida esa barcha maktablarda tashkil etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, joriy yil 18-19-avgust kunlari Moʻynoq tumanidagi “Oq kema” oʻquvchi-yoshlar lagerida anʼanaviy uchinchi “Ustozlar forumi” oʻtkazilishi belgilangan. Amudaryo tumanidan 14 nafar ilgʻor oʻqituvchilar ushbu forumda ishtirok etishi kutilmoqda.

Ayni kunlarda tuman MMTB tasarrufidagi barcha oʻquv muassasalarida “Bilimlar kuni” maktablarga ilk qadam qoʻyadigan bolajonlarga atalgan 12 nomdagi Prezident sovgʻalari taqdim etilmoqda. 2024-2025 oʻquv yilida 3550 nafar bolalar 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan. Yangi oʻquv yili boshlanishi arafasida Prezident sovgʻalarini quvonch bilan qabul qilayotgan bolajonlarning quvonchlari cheksiz. Tevarak-atroflari obodonlashtirilgan, dov-daraxtlariga chiroyli shakl berilib, turfa gullar ifor sochgan taʼlim maskanlari ilmga chanqoq, kelajagimiz egalari – Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlarini yana oʻz bagʻriga olishga tayyor.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026