Umumtaʼlim maktablarida “Birinçi qönğiroq” sadolari yangrab, yangi öquv yili boşlandi
4-sentyabr kuni kuni mamlakatimizning barça hududlaridagi umumtaʼlim maktablarida “Birinçi qönğiroq” sadolari yangrab, yangi öquv yili boşlandi.
Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimiga qaraşli 86ta umumtaʼlim maktablarida ham yangi 2024-2025 öquv yilining birinçi kuni tantanali tarzda nişonlandi. Ilk marta maktab ostonasiga qadam bosgan 3600 nafar 1-sinf öquvçilariga 12 turdagi öquv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovğalari topşirildi. Bolalar uçun bu tantana nafaqat maktab atalmiş maʼrifat maskaniga qadam qöyiş, balki hayotidagi yangi davrga yöl oçuvçi hayajonli, orziqib kutilgan va unitilmas sana sifatida xotiralarida muxrlandi.
Har bir umumtaʼlim maktabida ötkazilgan tadbirda tasdiqlangan jadvalga muvofiq tuman hokimi, sektorlar rahbarlari, deputatlar, muassasa va taşkilotlar rahbarlari, Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi masʼullari, keng jamoatçilik vakillari, mahalla faollari va ota-onalar qatnaşdi.
Tadbirlar avvalida Özbekiston va Qoraqalpoğiston Respublikalarining davlat madhiyalari yangrab, öquvçilar – navqiron avlod vakillari qöllarini köksiga qöyib, yurt madhini jör bölib kuylaşdi.
33-sonli umumtaʼlim maktabida bölib ötgan şunday tadbirda tuman hokimi Sobir Xöjametov iştirok etib, yiğilganlarni Mustaqillik bayrami va yangi öquv yilining boşlanişi bilan tabrikladi.
Tuman hokimi öz nutqida barçani yangi öquv yili bilan qizğin muborakbod etib, ilmga çanqoq öquvçilar va jonkuyar öqituvçi-murabbiylarga omad hamda muvaffaqiyatlar tiladi. Ayniqsa, maktabga ilk bor qadam qöygan 1-sinf öquvçilarini, ularning ota-onalarini farzandlarining hayotida yangi davr boşlanayotgani bilan tabriklab, maʼrifat maskanida yetuk insonlar bölib kamol topişlariga tilakdoşlik bildirdi.
Taʼkidlanganidek, bugun mamlakatimizda “Yangi Özbekiston – maktab ostonasidan boşlanadi”, degan ezgu ğoya asosida amalga oşirilgan keng kölamli maʼmuriy islohotlar taʼlim sohasi rivojiga xizmat qilyapti. Keyingi yillarda mamlakatimizda yuzlab zamonaviy maktablar barpo etilib, Prezident va ijod maktablari yoşlarimizning bilimlarini keng dunyoga namoyiş etiş imkonini yaratdi. Ixtisoslaştirilgan maktablar tarmoğida esa öquvçilar özlari qiziqqan fanlardan çuqurlaştirilgan tarzda ham nazariy, ham amaliy bilimlarni örganişmoqda.
Maʼlumot örnida, yakunlangan öquv yilida Amudaryo tumanidagi umumtaʼlim maktablarining 11-sinfini 2963 nafar öquvçi bitirdi. Şundan 2597 nafari oliy taʼlim muassasalariga qabul qiliş imtixonlarida iştirok etişdi. Öquvçilardan 757 nafari imtihonlardan muvaffaqaiyatli ötişdi, xususan, 164 nafar grant, 593 nafari tölov şartnoma asosida oliy taʼlim muassasalariga qabul qilindi. Eʼtirof etiş joizki, 40-sonli umumtaʼlim maktabining 11-«D» va 36-sonli umumtaʼlim maktabining 11-«G» variativ sinfi öquvçilari 100 foiz oliy taʼlim muassasalariga qabul qilindi.
Maktabning bayromana bezatilgan hovlisida tantana davom etdi. Musiqa sadosi ostida öquvçilar bilimga çorlovçi şeʼr va qöşiqlar ijro etişdi. Birinçi sinfga qadam qöygan öquvçilar tantanali tarzda Prezident sovğalarini tuman hokimi Sobir Xöjametov qölidan qabul qilib olişdi. Ular maktabda aʼlo baholarga öqişga, bilimlarni qunt bilan egallaşga vaʼda berişdi.
Bunday tantanalar tumanimizning boşqa maktablarida ham kötarinki saviyada taşkil etildi. “Birinçi qönğiroq” çalinganidan söng öquvçilar barça qulayliklarga ega, zamonaviy jihozlangan, şinam sinfxonalar sari hayajon va iştiyoq bilan yöl oldi.
Tumandagi 22-sonli maktabda ham “Bir bölsak – yagona xalqmiz, birlaşsak –Vatanmiz” şiori ostida “Mustaqillik darsi” ötildi. Uşbu darslarda istiqlol yillarida erişilgan yutuqlar, yoşlarimiz qölga kiritayotgan marralar hamda milliy tariximizning yorqin lavhalari haqida öquvçilarga sözlab berildi. Zotan “Mustaqillik darsi”dan közlangan maqsad yangi öquv yilini öquvçilar tafakurini milliy va umuminsoniy qadriyatlar, Vatanga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik tuyğulari bilan uyğun holda boşlaşdan iborat.
“Birinçi qönğiroq” va “Mustaqillik darsi” tadbirlari öquvçilar, ota-onalar, pedagoglar uçun şukuhli tarzda ötdi.
Rayhon Yakubova, tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimining Maktablar faoliyatini muvofiqlaştiriş şöʼbasi metodisti

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶