Tarbiya va taʼlim boğçadan boşlanadi
Maktabgaça taʼlim taşkiloti hayotini bolalarga taʼlim-tarbiya beriş bilan bir qatorda bayramlarsiz, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarsiz tasavvur etiş qiyin. Milliy va umumbaşariy bayramlarni taşkil etiş orqali bolajonlar ongida milliy-anʼanaviy qadriyatlarimizni şakllantiriş maqsad qilingan.
Darhaqiqat, bayram — ijtimoiy, madaniy va maʼnaviy yutuqlarni namoyiş etuvçi, şu yutuqlar asosida tarbiyalovçi muhim vosita hisoblanadi. Şu boisdan bayramlar tarbiyalanuvçilar tarbiyasiga ijobiy taʼsir qiluvçi öziga xos sehrli kuçga egadir.
Şu maqsadda maktabgaça taʼlim taşkilotlarida taşkil etilayotgan «Salom, boğça!» tadbirlari bolajonlar bilan öyin-kulgi tarzida, ertak kitoblarni öqiş, qiziqarli suhbatlar, qöğirçoq teatri tomoşalari şaklida ötkazilyapti. Amudaryo tumanidagi 2-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkilotida istiqlolimizning 33 yilligi hamda mamlakatimizda 2024-2025-öquv yili boşlanişi munosabati bilan «Bir bölsak – yagona xalqmiz, birlaşsak – Vatanmiz!» şiori ostida taşkil etilgan «Salom, boğça!» nomli tadbir ham bolajonlarga olam-olam quvonç baxş etdi.
Tadbir davomida bolajonlar boğçada olgan bilimlarini namoyiş etişdi. Xususan, Ona-Vatan, boğça hamda bolalikni madh etuvçi şeʼrlarni ifodali öqişdi. Bayramona kuy-qöşiqlarga guruh bölib raqs ijro etişdi va tengdoşlari bilan birgalikda öynab-kulişdi.
Şu örinda aytiş joizki, muassasamizda tarbiyalanayotgan bolajonlar musiqa tögaragi rahbari Otabek Xudoyberganov boşçiligida tumanimizda ötkazilayotgan bayramlarda özlarining yod olgan şeru qöşiqlari hamda tayyorlagan raqslari bilan faol iştirok etib kelişadi.
Oçiq darslar vaqtida bolajonlarga istiqlol ğoyalari, vatanparvarlik va yurtga sadoqat tuyğulari, umuminsoniy va milliy qadriyatlarimiz ularning yoşiga mos tarzda har xil öyinlar, qöğirçoq teatri tomoşalari, ertak qahramonlari timsoli orqali tuşuntirildi.
Maʼlumot örnida, Amudaryo tumani Qipçoq ŞFY hududida joylaşgan 2-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkilotida bugungi kunda 13ta guruh taşkil etilgan bölib, uşbu guruhlarda 325 nafar öğil-qiz tarbiya qilinmoqda. Bolajonlarga 47 nafar xodim bilim va tarbiya berib kelişmoqda. Şundan 15 nafarini oliy maʼlumotli xodimlar taşkil etadi.
11-sonli umumtaʼlim maktabida taşkil etilgan maktabgaça tayyorlov guruhida 2023-2024 öquv yilida 25 nafar öğil-qiz tarbiyalanib, umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga kuzatildi. Bu yil ham uşbu guruhga 25 nafar bolajonlar qabul qilindi. Maktabgaça taʼlim uzluksiz taʼlimning boşlanğiç qismi bölib, boğça tarbiyasi bolaning soğlom va rivojlangan şaxs sifatida şakllanişida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Boğça yoşidagi bolalarda maʼlumotlarni qabul qiliş, til örganiş könikmalari kuçli hisoblanadi. Muassasamizda bolajonlar rus va ingliz tili tögaraklarida xorijiy tillardan boşlanğiç bilimlarni olişmoqda.
Bundan taşqari «Yilning eng yaxşi tarbiyaçisi-2024» kasbiy körik tanlovida muassasa metodisti Salomat Turayeva tuman bosqiçida 1-örinni olib, Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida munosib iştirok etdi.
Şu örinda taʼkidlaş joizki, kişilik jamiyati paydo bölganidan buyon tarbiya tuşunçasi mavjud. Zero, inson yer yuzidagi eng mukammal zot bölişi uçun, avvalo, tarbiyalanişi lozim. Şunday ekan hayotimizda maktabgaça taʼlimning örni va ahamiyati hamişa muhim bölib qolaveradi.
Muhabbat Xudoyberganova, 2-sonli DMTT direktori

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶