Öqituvçi va murabbiylar kuni oldidan: MUHTARAMLIK YÖLI
Inson kamoloti haqida gap ketganda köpinça uning jamiyatda öz mavqeiga erişiş yölida qilgan ezgu işlari tilga olinadi. Lekin uning ana şu darajaga yetişidagi asosiy mezonlar haqida juda kam gapiramiz. Aslida esa uning şaxsiy qaraşlari, intilişlari, insoniy fazilatlari, ösib-ulğaygan oila muhiti va nihoyat u taʼlim olgan ilm dargohi, ustozlari insonni kamolotga yetaklovçi mezonlar sifatida juda katta maʼnaviy-maʼrifiy, hatto ijtimoiy ahamiyatga ega. Inson ana şu mezonlardan kuç, ibrat oladi, hayotda hamişa ilğor fikrli insonlar safida bölişga intilib yaşaydi. Oldinga intilib yaşaş esa uni orzuning oydin yöllariga olib çiqadi, kamolot sari imkon eşiklarini oçadi.
Amudaryo tumanining Çoyköl qişloğida, ziyoli oilada tuğilib-ösgan oddiy fizika fani öqituvçisi Xuşnud Çorşamovning şaxs sifatida şakllanişida eng avvalo u ösib-ulğaygan oiladagi ziyobaxş tarbiya muhiti, ota-onasi va özidan katta aka-opalarining mehrga yöğrilgan insoniy fazilatlari, bolaligidan şakllangan beğubor orzulari, fikran yetuklik sari intilişlari nainki muhim hayotiy mezon, balki kamolot yölidagi maʼnaviy pillapoyalar böldi.
Xalq salomatligini saqlaşdek şarafli kasb fidoyisi bölgan otasi Hojiboy doktor va uzoq yillar Amudaryo tumanining pillaçilik sohasini boşqargan onasi Şukurjon hoji onalarning kenja farzandi bölgan Xuşnud Çorşamov bolaligidan havasga munosib namunali xulq-atvor sohibi bölib ulğaydi. Özidan katta aka-opalarining barçasi oliy maʼlumotli öqituvçilar sifatida iş faoliyatlarini boşlaganida uning qalbidagi havas çinakam orzuga aylandi va heç ikkilanmay öqituvçilik kasbini tanladi.
38-sonli umumtaʼlim maktabini faqat aʼlo baholarga tugatgan Xuşnudjon Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining fizika fakultetida tahsil oldi. Talabalik davrida mazkur oliygohning taniqli professor-öqituvçilaridan nafaqat özi tanlagan yönaliş böyiça, balki pedagogika sohasiga oid zamonaviy taʼlim-tarbiya uslublarini örgandi. Taʼlim tizimiga joriy etilayotgan innovatsion loyihalar, öqitişning jahon andozalariga mos yangiliklarini puxta özlaştirdi, öqib-örganişdan, öz ustida işlaşdan aslo çarçamadi.
“Sabr-toqat bilan ilm örganiş, doimiy izlaniş uçun vaqt sarflaş – yorqin va baxtli kelajak kafolati” degan ezgu şiorni öziga dasturilamal qilib olgan Xuşnud Çorşamov 2014-yilda sobiq Manğit qişloq xöjalik kasb-hunar kollejida fizika fani öqituvçisi sifatida ilk pedagogik faoliyatini boşlagan kunlardanoq “tilga tuşdi”. Fizika faniga qiziquvçi kollej talabalari uning har bir darsini orziqib kutadigan bölişdi.
Biron bir sohada öz kasbi böyiça yetarli darajada faoliyat olib boraolmagan mutaxassisga “ustoz körmagan-da”, – deya taʼrif beramiz. Xuşnud Çorşamov esa oliygoh tahsili davomida ham, kollejdagi öqituvçilik faoliyati jarayonida ham fidoyi va bilimdon ustozlar taʼlimi, maslahatlari, ilmiy-nazariy tajribalaridan bahramand böldi. Ayniqsa, sobiq Manğit qişloq xöjalik kollejining matematika fani öqituvçisi Azimboy Saparboyev bilan taʼlim-tarbiya sohasidagi hamkorligi uning öqituvçi sifatidagi reytingi oşişida muhim ahamiyat kasb etdi. Kollejda taşkil etilgan matematika-fizika tögaragida ustozi Azimboy Saparboyev bilan hamkorlikda aniq fanlarga qiziquvçi yoşlarga maşğulotlar ötkazdi. Natijada kollej bitiruvçilari orasida OTMlarga öqişga kiruvçilar safi yil sayin oşib, hatto Amudaryo tumanining eng çekka hududlaridagi umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvçilari tögarak maşğulotlaridan bahramand böliş maqsadida kollejda öqiş istagini bildiradigan bölişdi.
Manğit qişloq xöjalik kasb-hunar kolleji negizida hozirgi Amudaryo muhandislik texnikumi taşkil etilib, iş örinlari optimallaştirilişi munosabati bilan Xuşnud Çorşamov ustozi Azimboy Saparboyev bilan birgalikda 2018-2019 öquv yilidan boşlab 56-sonli umumtaʼlim maktabida öz pedagogik faoliyatini davom ettirdi.
Şu yili uning bir nafar öquvçisi fizika fanidan ötkazilgan innovatsion olimpiadaning Respublika bosqiçi ğolibi böldi. Bu yoş öqituvçini yanada samaraliroq faoliyat yuritişga undadi va 2019-2020 öquv yilida maktab direktori Arzigul Xudoyberganova hamda matematika fani öqituvçisi Azimboy Saparboyev bilan bamaslahat öquv yilining 3-çoragida texnologiya yönalişi böyiça variativ öquv rejasi asosida 10-11- sinflarda aniq fanlarga qiziquvçi öquvçilardan iborat sinf taşkil etilib, ilk dars maşğulotlari boşlab yuborildi.
– Maqsadimiz bitta – 56-sonli maktabning Amudaryo tumanidagi ilğor maktablar qatoridan joy olişiga erişiş edi, – fanlarni özlaştiriş böyiça ançayin qoloq bölgan maktabda işlagan davrini qoniqiş bilan eslaydi Xuşnud. – Ustozim Azimboy Saparboyev bilan hamkorligimiz samarali böldi, biz pedagog sifatida oldimizga qöygan maqsadimizga maʼlum maʼnoda erişdik.
Haqiqatdan ham juda qisqa fursat içida maktabning variativ öquv-rejasi asosidagi texnologiya yönalişi böyiça sinfi öquvçilari fanni özlaştiriş darajasi böyiça 78 foiz natijaga erişdilar 33 nafar öquvçidan 29 nafari şu yili OTM talabalari böldilar. Bu körsatkiç yil sayin oşib bordi 2020-2021 öquv yilida texnologiya yönalişi böyiça variativ öquv sinfi bitiruvçilarining barçasi – 100foiz OTM talabalari bölişdi.
2021-2022 öquv yilida 56-sonli maktab öquvçilari fanlar olimpiadasining tuman va respublika bosqiçlarida katta yutuqlarni qölga kiritgani evaziga maktabga 180-örinli qöşimça öquv binosi qurib berildi. 2022-2023 öquv yilida esa Xuşnud Çorşamovning uç nafar öquvçisi fanlar olimpiadasining Özbekiston Respublikasi bosqiçi sovrindorlari bölişdi. Şu yili maktabning uç nafar öquvçisi maktabni oltin medal bilan bitirişdi.
2021-yildan beri muntazam ravişda ötkazilib kelinayotgan NDPI rektori kubogi va QDU rektori kubogi musobaqalarida Xuşnud Çorşamovning öquvçilari deyarli har yili 1-2-örinlarni egallaşib, mazkur OTMlarga imtiyozli ravişda öqişga qabul qiliniş huquqini qölga kiritib kelişmoqda.
Ötgan öquv yili ham Xuşnud va uning bilimdon şogirdlari uçun muvaffaqiyatli yakunlandi. Ikki nafar öquvçisi fanlar olimpiadasining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida 1- va 3-örinlarni egallab, ulardan biri mazkur olimpiadaning Özbekiston Respublikasi bosqiçida sovrindorlar safidan joy oldi.
Barça sohalarda kuçli bilim va salohiyatga ega mutaxassislar yuksak qadrlanadi, ayniqsa, taʼlim tizimida faoliyat yurituvçi ana şunday bilimdon, zimmasidagi masʼuliyatni çuqur his qiladigan kadrlarning hamişa qadri baland.
Xuşnud Çorşamovning pedagogik faoliyati davomida erişayotgan yutuqlariga havas qiluvçilar qançalik köp bölsa, uning tajribalaridan bahramand bölişni xohlovçi kasbdoşlari safi ham talaygina. 2023-2024-öquv yilidan 36-sonli maktabda öz pedagogik faoliyatini davom ettirayotgan Xuşnud Çorşamovning atrofidagi şogirdlari safi ham kun sayin oşib borayotganidan ayonki, mazkur ilm maskanida ham u lider öqituvçi sifatida öz mavqeiga ega. Çunki ötgan qisqa vaqt – bir yil içida Xuşnud Çorşamov tahsilini olgan mazkur maktabning texnologiya yönalişidagi variativ sinfi öquvçilarining barçasi – 100 foiz OTM talabaligiga qabul qilindilar. Erişilgan bu yutuq tufayli 36-sonli maktab taʼlim-tarbiya yaxşi yölga qöyilgan öquv muassasalari qatoridan joy oldi.
Albatta, yutuqlar öz-özidan bölmaydi, har qanday muvaffaqiyatning zamirida kuçli bilim va salohiyat, yuksak pedagogik mahorat, öqituvçi-murabbiyga xos samimiyat, şogirdlariga nisbatan mehr bölişi zarur. Xuşnudjonning feʼlida esa, nazarimda bularning barçasi uyğunlaşib ketgan, tuğma qobiliyatli öqituvçi. Şuning uçun ham u öz kasbiy faoliyatini ado etiş jarayonida butun vujudi bilan berilib maşğulotlar olib boradi, öquvçilariga fizik qonunlar mohiyatini sanʼatkorona tarzda yetkazadi, sinf töla öquvçilar qalbida ham hayrat, ham öz faniga nisbatan mehr va qiziqiş uyğotadi. Ana şu mehr tuyğusi va şogirdlarining fizika faniga bölgan qiziqişlari Xuşnud Çorşamov erişayotgan yutuqlar uçun yöl oçadi.
Öqituvçining maqsadi ham, zimmasidagi masʼuliyati ham şu – eng avvalo öquvçi qalbida öz faniga nisbatan mehr va qiziqiş uyğotiş, ilm örganişga iştiyoqmand yoşlarning orzulariga qanot bağişlaş. Ana şu maqsadga erişgan öqituvçi nafaqat öz kasbining fidoyisi, balki sanʼatkori hamdir. “Qoraqalpoğiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼloçisi” va “Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi” kökrak nişonlari sohibi Xuşnud Çorşamov ana şunday fazilat sohibi.
Biz yuqorida Xuşnud Çorşamovning kamolot pillapoyalari sari dadil qadam qöyişida u ösib-ulğaygan oila muhiti, ota-onasidan, biri-biridan iqtidorli aka-opalaridan olgan ibrati muhim ahamiyat kasb etgani haqida söz yuritgan edik. Endilikda esa bu ziyobaxş oila bağrida uning orzu-intilişlariga hamroh-u hamroz umr yöldoşi, mohir pedagog Nasibaxon va şirin-şakar uç nafar farzandi mehr gullarini soçib kutib oladi va sevimli işiga kuzatib qöyadi.
– Iş faoliyatimni xotirjam ado etişimda menga hamişa yelkadoş ota-onam va umr yöldoşimdan minnatdorman, – deydi Xuşnud Çorşamov, – men erişayotgan yutuqlarning barçasida ularning hissasi katta.
Darvoqe, oila bağridagi musaffo, soğlom havo insonni elda aziz qiladi, muhtaramlik martabasiga yetkazadi. Xuşnud Çorşamovni turli bayram sanalarida “ustoz”, deb yöqlab kelguvçi şogirdlari bisyor. Davralarda qarşisiga peşvoz çiqib, unga joy berguvçilar, eng yaxşi kunlarida uylariga taklif qilguvçilar, hayotda erişgan yutuqlarini u bilan birga baham körguvçilar köp. Ayniqsa, Öqituvçi va murabbiylar kunida uning xonadoni şogirdlari bilan hamişa gavjum böladi. Bu uning baxtli taqdiri, muhtaramlik yölidagi el-yurt ehtiromi. Zotan,
“Xuşnud domla”, deb keladi şogirdlari,
Mehr gulin tökib taşlar poylariga.
Naqşlab olgan qalblariga ögitlarin,
Boş qilişar ustozini töylariga.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶