Elmiraning hayot mazmuni
Elmira Jumaniyozova umumtaʼlim maktabini tugatib, “men tarbiyaçi bölaman”, deganida köpçilik: “bu yönalişda iş topiş qiyin-ku, bolalar muassasalarining köpçiligi yopilib ketgan bölsa”, deya röyxuşlik berişmagan. Çunki Amudaryo tumanidagina emas, balki mamlakatimizning barça hududlarida maktabgaça taʼlim-tarbiya muassasalari faoliyati nihoyatda sust, köpçiligi haqiqatdan ham qarovsiz holatda bölib, nomaʼlum sabablarga köra yopilgan edi.
– Bir kun kelib, bu sohaga eʼtibor qaratiladi, davlatimiz tomonidan katta-katta mablağlar sarflab bunyod etilgan binolar şunçaki taşlab qöyilmaydi, – işonç va qatʼiyat bilan gapirdi uni orzulari yölidan qaytarmoqçi bölganlarga.
Qalbidagi qatʼiy qaroridan qaytmagan Elmira heç ikkilanmay hujjatlarini Nukus pedagogika kollejining maktabgaça taʼlim yönalişiga topşirdi va sinovlardan muvaffaqiyatli ötib, kollej talabasi böldi. U kollej diplomiga ega bölgan 2016-yilda Amudaryo tumanida sanoqligina maktabgaça taʼlim-tarbiya muassasalari faoliyat yuritar, u tarbiyaçi böliş orzusini aytganida yaqinlari “başorat” qilganlariday, öz yönalişi böyiça iş topişi haqiqatdan ham qiyin böldi. Boz ustiga, u yillari bolalar muassasalari xodimlari navbatma-navbat, majburiy tarzda paxta yaganasi-yu yiğim-terimga, jamoat işlariga jalb etilar, taʼlimiy va tarbiyaviy işlar köngildagiday olib borilmasdi.
2017-yilning sentyabr oyida Prezidentimiz “Maktabgaça taʼlim tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” Qaror va “Maktabgaça taʼlim tizimi boşqaruvini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisi” Farmon qabul qilib, sohada tub islohotlarni boşlab berdilar. Şundan keyin davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlari faoliyati yanada jonlanib, sohaga xususiy sektor ham faol jalb qilina boşladi.
Ikki yil davomida, 2016-2018-yillarda “Barkamol avlod” bolalar maktabida mutaxassis sifatida faoliyat borgan Elmira Jumaniyozova nihoyat orzusiga erişdi: 2019-yildan 6-sonli davlat maktabgaça taʼlim taşkilotida tarbiyaçi sifatida iş faoliyatini davom ettirdi. Bu paytga kelib Prezidentimizning qatʼiy nazorati asosida sohada jiddiy özgarişlar amalga oşirildi. Maktabgaça taʼlim taşkilotlarini zamon talablari darajasida qayta taʼmirlaş, rekonstruktsiya qiliş, jihozlaşga alohida eʼtibor qaratildi, hududlarda yangi-yangi muassasalar qad rostladi. Elmira işlayotgan 6-sonli MTT ham barça qulayliklarga ega, ikki qavatli binoga köçib ötdi.
Muassasada yaratilgan şart-şaroitlar, zamonaviy jihozlar, qatʼiy mehnat intizomi va ahillik asosidagi iş jarayoni, bolajonlarnining beğubor dunyosida yaşaş va işlaş Elmira Jumaniyozovaning doimiy orzusi edi va u bunga erişdi. Tabiatan tinib-tinçimas, mehnatkaş bölgan Elmira qisqa fursat içida öz iş faoliyatini nafaqat namunali tarzda ado etuvçi, balki boşqalarga ibrat böla olguvçi xodimaga aylandi. Maktabgaça taʼlim tizimida amalga oşirilayotgan izçil islohotlarni, sohaga oid innovatsion ğoyalarni öz faoliyatiga tatbiq etişdan aslo çarçamadi. Tinimsiz izlanişlari, öqib-örganişlari natijasida kasbdoşlari havas qilgulik öziga xos iş uslubi va tajribasiga ega tarbiyaçi sifatida tanildi. Tuman va Respublika miqyosidagi körik-tanlovlarning doimiy va eng faol iştirokçisiga aylandi.
Yaqinda Elmira Jumaniyozovaning hayotida yuz bergan quvonçli voqea nafaqat uning öziga, balki barça yaqinlariga, ayniqsa, 6-sonli MTT da faoliyat yurituvçi hamkasblariga ham quvonç bağişladi. “Yil tarbiyaçisi” körik-tanlovining tuman bosqiçi ğolibi sifatida mazkur tanlovning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida Amudaryo tumani şaʼnini munosib himoya qilgan Elmira Jumaniyozova Respublika bosqiçida ham faxrli 1-örinni egallab, mutlaq ğoliblikni qölga kiritdi.
– Men bu yutuqqa öz-özidan erişganim yöq, – deydi Elmira kamtarlik bilan. – Avvalo meni hamişa qöllab-quvvatlab turgan muassasamiz jamoasi, hamkasblarim, qolaversa, oila aʼzolarim, menga ilhom, işonç va jöşqinlik, iş jarayonimga zavq-şavq baxş etguvçi sevimli bolajonlarimning mehridan kuç oldim.
Darvoqe, har tong öz onalari bağriga oşiqqanday, Elmiraga talpinib, muassasa ostonasiga qadam qöyguvçi kiçkintoylarning öziga xos beğubor dunyosida yaşaş, ularga quvonç va şodlik ulaşiş maqolamiz qahramonining hayot mazmuni, uşalgan orzulari, ezgu niyatlarining gözal ijobatidir.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶