“SITMOMUTOV OLIMBOY” FERMER XÖJALIGIDA PAXTA MAŞINADA TERILMOQDA
Tajribali paxtakorlar ne-ne maşaqqatlar bilan yetiştirilgan hosilni nest-nobud qilmay yiğib-terib olişda texnikaning qay darajada ahamiyatga ega ekanini juda yaxşi bilişadi. Çunki qölda terilgan paxta bilan maşinada terilgan paxta tannarxi örtasida farq bölişiga qaramasdan, maşinada hosil tez terib olinadi, terim xarajati kamayadi, paxta teriş maşinasi ötgan jöyaklardagi xom kösaklarning pişib-yetilişi tezlaşadi. Bu esa paxta yiğim-terimini barvaqt yakunlaş imkonini beradi.
Amudaryo tumanidagi “Sitmomutov Olimboy” fermer xöjaligi raisi Mahmudjon Sitmomutov xöjalik ixtiyoridagi texnikalardan unumli foydalanibgina qolmay, yer şaroitidan kelib çiqib, mavjud texnika vositalarini takomillaştirib borişga odatlangan.
Uning agrar tizimga, ayniqsa, paxtaçilik sohasiga joriy etilayotgan yangiliklarni öz faoliyatiga tatbiq etişga bölgan qiziqiş va intilişlari tufayli joriy yilgi paxta yiğim-terimi mavsumida yetiştirilgan hosilning asosiy qismi paxta teriş maşinasida yiğiştirib olinmoqda. Xöjalikka lizing asosida CASE–220 rusumli ikki qatorli terim agregat sotib olindi.
– Töğrisini aytsam, paxta teriş maşinasini olib kelişga avvaldan puxta hozirlik kördik, – deydi Mahmudjon Siytmomutov. – Ötgan yilgi kuz mavsumida yerlarni yaxşilab tekislab qöydik. Çunki paxta teriş maşinasi uçun ajratilgan maydon tekis va begona ötlardan xoli bölişi kerak.
Fermer xöjaligi dehqonlari erta bahorda 32 gektar yerga Xitoy davlatidan keltirilgan çigit navini sifatli qilib ekkan edilar. Barça agrotexnik tadbirlar öz vaqtida, sifatli olib borilgani bois, dalalarda möl hosil yetiştirildi.
Paxta yiğim-terimi mavsumi oldidan dalalar begona ötlardan tozalanib, atroflari tekislandi. Maşinada teriladigan dalalarda ğözaning barglarini tökiş işlari sifatli amalga oşirildi. Natijada kösaklarning pişib-yetilişi tezlaşdi va paxtalar qiyğos oçildi.
Mana bir neça kundirki, “Siytmomutov Olimboy” fermer xöjaligi dalalarida ikki qatorli paxta teriş maşinasi yuqori unum bilan işlatilmoqda. Terim maşinasini mohirlik bilan boşqarayotgan mexanizator Baxtiyor Nurmanov har kuni fermer xöjaligi xirmoniga 10 tonnadan ziyod paxta terib tökmoqda. Terilgan hosilni qabul maskaniga peşma-peş yetkazişda traktorçilar Yöldoş Reyimov va Xuşnud Samandarovlarning mehnatlari tahsinga loyiq.
– Sobiq ittifoq davridagi paxta teriş maşinalaridan zamonaviy CASE–220 terim agregatining afzallik tomonlari juda köp, – deydi mamnuniyat bilan fermer xöjaligi raisi Mahmudjon Siytmomutov. –Bu maşina şpindellari paxtani soçmasdan, toza sörib oladi va trubalar orqali bunkerga uzatadi, bunker tölgan paytda avtomatik tarzda maşina boşqaruvçiga xabar keladi, umuman isrofgarçilikka yöl qöyilmaydi. Paxtani maşinada teriş qölda terişdan ança arzonga tuşadi va terim işlarini barvaqt yakunlaş imkoni böladi. Men barça fermer xöjaliklari rahbarlariga paxtani maşinada terişga ahamiyat qaratişlarini tavsiya qilaman, – deydi fermer.
Xöjalikning paxta teriş maşinasi uçun möljallanmagan dalalarida paxta terayotgan Gulasal Siytmomutova, Mansur Yerimbetov, Saida Siytmomutova, Asilbek Örozimbetovlarning har biri kuniga 80-90 kilogrammdan paxta terişib, xöjalikning umumiy xirmoniga özlarining munosib hissalarini qöşişmoqda.
Ayni kungaça fermer xöjaligi tomonidan kontraktatsiya şartnomasida körsatilgan hosilning 70 foizdan ortiği terib olindi. Hosilning asosiy qismini maşinada yiğib-terib olişni rejalaştirgan xöjalik dehqonlari dala boşida terimçi va mexanizatorlar uçun yaratilgan şart-şaroitlardan, terilgan paxta uçun iş haqlari vaqtida hisob-kitob qilinib, mehnatlariga yaraşa moddiy manfaat körayotganlaridan mamnun.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶