Qoramon mahallasida 150-örinli zamonaviy maktabgaça taʼlim taşkiloti binosi foydalanişga topşirildi
Amudaryo tumani Qoramon mahallasida xalqning köp yillik orzulari uşaldi. Mahalla aholisining taklif va murojaatlari inobatga olinib, bunyod etilgan muassasa binosining oçiliş marosimida tuman hokimi Sobir Xöjametov, sektorlar rahbarlari, hokim örinbosarlari, Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi masʼullari, quruvçilar hamda aholi vakillari iştirok etdi.
Oçiliş marosimida tuman hokimi Sobir Xöjametov sözga çiqib, barçani bunyodkorlik işining muvaffaqiyatli yakunlanib, muassasa binosining foydalanişga topşirilayotgani bilan samimiy tabrikladi. Tuman hokimi öz sözida sönggi yillarda yurtimizda taʼlim-tarbiya sifatini oşirişga katta eʼtibor qaratilib, maktabgaça taʼlim taşkilotlari sonining köpayişi natijasida bolalar qamrovi tobora ortib borayotgani, farzandlarimizning barkamol avlod bölib voyaga yetişida boğçada olgan taʼlim-tarbiya muhim ahamiyat kasb etişi, şu boisdan ham xalq uçun, ayniqsa, olis va çekka hududlar aholisi uçun yangi zamonaviy maktabgaça taʼlim taşkilotlari bunyod etilayotgani xususida söz yuritdi.
Tadbirda tuman prokurori, 2-sektor rahbari Abat Djumamuratov sözga çiqib, mehnatkaş qoramonliklar uçun qad rostlagan taʼlim-tarbiya maskanida vatanimiz ravnaqiga yaraydigan barkamol avlod, yurtimizning porloq kelajagiga hissa qöşadigan komil farzandlar yetişib çiqişiga tilakdoş böldi. Tuman maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Yalğaş Şomuratov öz nutqida muassasa jamoasining taʼlim-tarbiya sohasi rivoji yölida yaratilayotgan imkoniyatlar, sohaga qaratilgan eʼtibor va bildirilgan yuksak işonçni oqlaşiga, yangi binoda bolajonlarga sifatli taʼlim-tarbiya berişlarida omad va zafarlar tiladi.
Tadbirda sözga çiqqanlar mazkur binoning qurilişi mahalla ahli uçun juda katta xayrli işlardan biri bölganligini, endilikda qişloq ayollarining muşkuli yanada oson bölişini alohida taʼkidladilar. Qolaversa, “Mang‘it invest maximum” MÇJ quruvçi taşkiloti tomonidan 6,5 mlrd sömdan ortiq mablağ hisobiga olib borilgan quriliş natijasida zamonaviy şart-şaroitlarga ega bölgan 150-örinli muassasa binosining öz muddatida foydalanişga topşirilgani uçun quruvçilarga minnatdorçilik bildirildi.
Şundan söng quruvçi taşkilot rahbari tomonidan muassasa binosining ramziy kaliti rahbariyatga tantanali ravişda topşirilib, ramziy tasma qirqildi va bino foydalanişga topşirildi.
Tuman hokimi boşçiligida tadbir iştirokçilari zamonaviy maktabgaça taʼlim taşkilotidagi şart-şaroitlar bilan yaqindan tanişdilar, ovqatlaniş va dam oliş xonalari, maşğulotlarni ötiş xonalarini közdan keçirdilar.
Taʼkidlaş kerakki, sönggi yillarda mamlakatimizda ösib kelayotgan avlodni soğlom va har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkaziş, taʼlim-tarbiya jarayoniga samarali taʼlim va tarbiya şakllari hamda usullarini joriy etişga qaratilgan maktabgaça taʼlimning samarali tizimini taşkil etiş böyiça keng kölamli işlar amalga oşirildi.
Maktabgaça taʼlim sohasida davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş uçun yaratilgan qulay şart-şaroitlar nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotlari sonini yanada oşiriş va ular körsatadigan xizmatlar turlarini kengaytiriş uçun mustahkam poydevor böldi. Qolaversa, olis va çekka hududlarda aholi farovonligi yölida yangi davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlarining iş boşlaşi farzandlarimizning sifatli taʼlim-tarbiya olişiga, maktabgaça taʼlim tizimida qamrovni yanada kengaytirib, sifatni yangi bosqiçga olib çiqişga xizmat qilişi şubhasiz.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶