Meningit kasalligining oldin oliş maqsadida öquvçilardan bakteriologik surtma olindi
Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligining “Boşqariladigan yuqumli kasalliklar immunoprofilaktikasini taşkil etiş va ötkaziş haqida”gi buyruğiga asosan meningokokk infektsiyasi böyiça har bir aniq hududdagi epidemik vaziyatni baholaş uçun yuqori xavf guruhiga kiruvçi aholi bakteriologik tekşiruv bilan qamrab olinişi közda tutilgan. Tekşiruv yangi jamoalar, masalan, sinf, umumiy yotoqxona yoki boşqalar taşkil qilinganda, yaʼni kuz-qiş oylari mobaynida ötkazilişi va har bir tumanda jami 110ta şaxs qamrab olinişi zarur.
2024-yil kuz-qiş oylarida epidemiologik vaziyatni baholaş va meningokokk infektsiyasining tarqalişining oldini oliş maqsadida Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi markazi masʼul xodimlari tomonidan tumandagi ixtisoslaştirilgan maktabda tahsil olayotgan 63 nafar hamda 2-sonli kasb-hunar maktabida taʼlim olayotgan 42 nafar öquvçining burun-halqumidan bakteriologik tekşiriş uçun surtma namunalari olindi. Bu – jamoat salomatligini saqlaşda muhim çoralardan biri hisoblanadi.
Aytiş joizki, yuqumli kasalliklar odamlar örtasida tez tarqalişi mumkin bölgan jiddiy tibbiy muammolardan biridir. Mazkur kasalliklar jamoat salomatligiga jiddiy tahdid soladi, şuningdek, iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy farovonlikka ham taʼsir körsatişi mumkin. Şunday şaroitda yuqumli kasalliklarga qarşi profilaktik emlaş uning oldini oliş va epidemiyalarni barvaqt töxtatişning eng samarali vositasi hisoblanadi
Meningokokk infektsiyasi meningokokklar qözğatadigan ötkir infektsion kasallik bölib, u asosan qiş va bahor faslida uçraydi. Bu kasallik odatda kiçik yoşdagi bolalar uçun öta xavfli hamda katta yoşdagi kişilarda ham uçraydi. Infektsiya burun va halqum şilliq pardasining yalliğlanib zararlanişi, boş miya yumşoq pardasining yiringli yalliğlanişi hamda orqa miya yalliğlanişi bilan keçadigan kasalikdir.
Kasallik kutilmaganda kuçli boş oğriği, tana haroratining kötarilişi, köngil aynişi, qayd qiliş, yoruğlikka sezgirlikning oşişi va böyin tomirlarining tirişişi bilan boşlanadi. Bu infektsiya kasal odamdan soğlom odamga aksirganda, yötalganda havo-tomçi yöli orqali yuqadi.
Biror binodagi kişilarning sonining haddan ziyod oşib ketişi, xonadagi havo namligining yuqoriligi, sanitar-gigiyenik talablarning buzilişi infektsiya tarqalişiga va meningokokk infektsiyasi bilan guruhli kasallaniş holatlari paydo bölişiga olib keladi. Epidemik tarqaliş holatlari aksariyat hollarda bolalar va ösmirlarning uyuşgan jamoalarida sodir böladi. Bunday hollarda jamoatga yangi qöşilgan yoki boşqa aholi punktlaridan kelgan şaxslarning kasallaniş xavfi ayniqsa yuqori böladi.
Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi markazi masʼul xodimlari öquvçilarga meningitdan himoyalanişning yöllari haqida maʼlumotlar berişdi. Jumladan, gigiyena qoidalariga amal qiliş kasallik tarqalişini kamaytirişda muhim ahamiyatga ega. Jamoat joylarida himoya niqoblaridan foydalaniş, qöllarni tez-tez yuviş va jamoat gigiyenasi qoidalariga rioya qiliş kasallikni oldini olişda samarali çoralardir. Bundan taşqari, immun tizimini mustahkamlaş uçun soğlom turmuş tarziga amal qiliş, töğri ovqatlaniş va stressdan saqlaniş tavsiya qilindi. Meningokokk infektsiyasiga qarşi epidemiologik körsatma böyiça profilaktik emlaş ötkazilişi böyiça ham maʼlumotlar berildi.
Yuqumli kasalliklar immunoprofilaktikasi jamoat salomatligini saqlaş va kasalliklarning tarqalişini oldini olişda muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat tomonidan qabul qilingan umumiy qoidalar va emlaş dasturlari yuqumli kasalliklar xavfini kamaytiriş va aholi salomatligini mustahkamlaşga yönaltirilgani bilan ahamiyatlidir.
Davronbek Gulmirzayev, Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi epidemiolog vraçi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶