Tadbirkorlik obʼektlariga media-tur taşkil etildi
Amudaryo tumani hokimligining Axborot xizmati tomonidan hududdagi yangi tadbirkorlik obʼektlarga media-tur taşkil etildi. Media-tur mobaynida muhtaram Prezidentimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, öz faoliyatini yanada rivojlantirayotgan tadbirkorlar faoliyati bilan tanişildi.
Media-tur davomida ommaviy axborot vositalari vakillari tumandagi kiçik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan, iş boşlaganiga qisqa fursat bölişiga qaramasdan, içki bozorda öz xaridorlariga ega bölgan tadbirkorlik subʼektlari – plastmassa mahsulotlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan “Al-kafil biznes plast” MÇJ, non va qandolat mahsulotlari işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi “Ravşanbek-Yulduzxon” xususiy korxonasi, sutdan tayyorlanadigan mahsulotlar işlab çiqaradigan “Kamron Gold Media” MÇJga qaraşli tsexlar faoliyati bilan tanişdilar.
“Al-kafil biznes plast” MÇJ direktori Allabergan Yernazarovning taʼkidlaşiça, jamiyat nafaqat tuman içki bozorini, balki qöşni tumanlar hamda qöşni viloyatlar bozorlarini ham öz mahsulotlari bilan taʼminlab kelmoqda. Bugungi kunda jamiyatda 15 nafarga yaqin band bölmagan fuqarolar iş bilan taʼminlangan. Tadbirkor öz faoliyatini 2019-yilda boşlagan bölib, Xalq banki tomonidan ajratilgan 37 ming AQŞ dollari miqdoridagi imtiyozli kredit hisobiga Xitoy Xalq Respublikasidan plastmassa mahsulotlari işlab çiqaruvçi dastgohlar olib kelgan. Ayni paytda jamiyatga qaraşli tsexda aholi kundalik ehtiyoji uçun işlatadigan 10 dan ortiq turdagi, har xil hajmdagi xöjalik plastmassa buyumlari işlab işlab çiqarilmoqda.
Jamiyat mahsulotlari xaridorlari soni tobora ortib, işlab çiqariş hajmi oy sayin oşib bormoqda. Masʼuliyati çeklangan jamiyati öz işlab çiqariş mahsulotlarini Qoraqalpoğistonning şahar va tumanlaridan taşqari Xorazm, Navoiy, Buxoro, Samarqand va Toşkent viloyatlariga ham yetkazib beradi. Şuningdek, endilikda qöşni davlatlarga mahsulotlar eksportini yölga qöyiş böyiça rejalar tuzilib, qator samarali işlar qilinmoqda. Korxona özining yuqori sifatli plastmassa mahsulotlari bilan Amudaryo tumanining işlab çiqariş salohiyatini yuksaltirişga munosib hissa qöşmoqda.
Media-tur iştirokçilari mazkur kiçik sanoat zonasida joylaşgan, izlanuvçan va şijoatli tadbirkor Dildora Xaytboyeva rahbarlik qilayotgan sutdan tayyorlanadigan mahsulotlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan “Kamron Gold Media” MÇJ hamda “Ravşanbek-Yulduzxon” xususiy korxonasiga qaraşli non va qandolat mahsulotlari işlab çiqariş tsexida ham böldilar.
Tadbirkor Dildora Xayitboyevaning taʼkidlaşiça, 2008-yilda onasi bilan birgalikda kuniga 100ta non va patir yopişdan boşlagan kiçik tadbirkorlik faoliyati bugungi kunga kelib 33 nafar işsiz yurtdoşlarimizning bandligini taʼminlagan işlab çiqariş korxonasiga aylangan. Eʼtiborlisi, korxonada işlayotganlarning aksariyati ijtimoiy himoyaga muhtoj, “Ayollar daftari”da turgan yurtdoşlarimiz bölib, bugun doimiy iş bilan taʼminlanişlari natijasida oilaviy şaroitlri tobora yaxşilanmoqda.
Tadbirkorning faoliyati Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpoğiston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal surʼatlarda rivojlantiriş orqali aholi farovonligini oşirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi 213-sonli Farmoni asosida 200 ming AQŞ dollari miqdoridagi imtiyozli bank krediti hisobiga Xitoy Xalq Respublikasidan zamonaviy dastgohlar, asbob-uskunalar olib kelinişi natijasida yanada rivojlanmoqda.
Bugungi kunda “Kamron Gold Media” MÇJda 10 xildan ortiq sut mahsulotlari işlab çiqarilmoqda. Kuniga 600 litrdan ortiq sut qayta işlanadi. Işlab çiqarilgan sut mahsulotlari tumandagi davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlariga şartnoma asosida yetkazib beriladi. Korxonaning 4 ta yetkazib beriş maşinalari mavjud bölib, işlab çiqarilgan mahsulotlar şu kunning özida isteʼmolçilarga yetkaziladi. Manğit dehqon bozorida ham korxonaga qaraşli yarmarkalar taşkil etilgan bölib, mahsulotlar aholiga hamyonbop narxlarda sotilmoqda.
Tadbirkor Dildora Xayitboyevaning kelgusidagi rejalari katta. Kelgusida tumandagi har bir mahallada sut va sut mahsulotlari, non mahsulotlari hamyonbop narxlarda sotiladigan şoxobçalarni taşkil etiş orqali aholi uçun yanada qulayliklar yaratiş rejalaştirilmoqda. Şuningdek, Xitoy Xalq Respublikasidan yangi dastgohlar olib kelib, sariyoğ işlab çiqarişni yölga qöyiş ham tadbirkorning oldinda turgan eng katta maqsadlardan biridir.
Bugun har bir tadbirkorning taşabbusi davlatimiz va hukumatimiz tomonidan har tomonlama qöllab-quvvatlanayotgan bir davrda Dildora Xayitboyeva ham yaratilayotgan imkoniyat va şart-şaroitlardan samarali foydalanib, tumanning işlab çiqariş salohiyatini yanada oşirişga munosib hissa qöşmoqda.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶