Tumanning iqtisodiy salohiyatini oşiriş yölida
Mamlakat iqtisodiyotini yuksaltiriş va aholi turmuş farovonligini yanada yaxşilaşda yangi işlab çiqariş quvvatlari taşkil qilişning ahamiyati nihoyatda katta. Amudaryo tumanida ham bu borada salmoqli işlar amalga oşirilmoqda.
“NUKUS DILISHA” MÇJ tomonidan amalga oşirilayotgan un işlab çiqariş zavodi loyihasi Qoraqalpoğiston Respublikasidagi muhim sanoat taşabbuslaridan biri bölib, uning natijasida mahalliy un mahsulotlariga bölgan talabni qondiriş, yangi iş örinlari yaratiş va aholi farovonligini oşiriş maqsad qilingan. Korxona uçun Prezident farmoni asosida qişloq xöjaligiga möljallanmagan 1,5 gektar va qişloq xöjaligiga möljallangan 40,6 gektar yer maydonlari töğridan-töğri ajratilgan. Loyihaning umumiy qiymati 11 milliard sömni taşkil etadi, şundan 7,9 milliard sömi bank kreditidir.
Loyiha töliq amalga oşirilgaç, zavodning işlab çiqariş quvvati yiliga 2 ming tonna unni taşkil etişi rejalaştirilgan bölib, bu hajm mahalliy ehtiyojlarni qondiriş uçun töliq yetarli darajada. Şuningdek, zavodda 30 nafar yangi iş örinlari yaratilişi kutilmoqda. Bu esa aholi bandligiga ijobiy taʼsir körsatadi.
Ayni paytda zavod quriliş işlarining 80 foizi bajarilgan. Ğalla qabul qiliş punktlari töliq qurilib, işlab çiqariş tsexini tayyorlaş işlari olib borilmoqda. Zarur asbob-uskunalar uçun kredit mablağlari ajratilgan bölib, ularni olib keliş böyiça tegişli çoralar körilmoqda. Loyihani muvaffaqiyatli amalga oşiriş uçun Turkiyadan tajribali mutaxassislar jalb qilingan va 2024-yil 20-dekabr sanasigaça zavodni töliq işga tuşiriş rejalaştirilmoqda.
Tumanning iqtisodiy salohiyatini yanada oşiriş maqsadida amalga oşirilayotgan yirik loyihalardan yana biri “AMUDARYOTEX” MÇJga qaraşli ösimlik yoğini işlab çiqariş loyihasidir. Uşbu loyiha mahalliy bozorda ösimlik yoğiga bölgan talabni qondirişga hissa qöşiş bilan birga, tuman aholisi uçun qöşimça iş örinlarini yaratişga ham xizmat qiladi.
Loyihaning umumiy qiymati 102 milliard sömni taşkil qiladi, bundan 3,5 million dollar miqdoridagi mablağ xorijiy investitsiya sifatida kiritilgan. Korxona töla quvvatda yiliga 10 ming tonna ösimlik yoğini işlab çiqarişga möljallangan. Korxona işga tuşsa, 85 nafar yurtdoşlarimiz doimiy iş örni va barqaror daromadga ega böladilar.
Korxonaga uskunalar asosan Xitoy Xalq Respublikasidan keltirilgan bölib, işlab çiqariş jarayonlarini samarali taşkil etiş maqsadida korxonaga “Agro bank” tomonidan moliyaviy xizmatlar körsatib kelinmoqda.
Loyihaning qurilişi 2020-yil mart oyida boşlangan bölib, 2024-yil dekabr oyida töliq foydalanişga topşirilişi rejalaştirilgan. Mazkur korxona 2,5 gektar maydonda joylaşgan va uning 10,3 ming kvadrat metrini yopiq inşootlar taşkil etadi. Bu yerdagi işlab çiqariş jarayoni nafaqat içki bozor talabini qondiriş, balki eksport salohiyatini oşirişga ham xizmat qiladi.
Korxona tomonidan yiliga 12 milliard söm miqdorida soliq tölanişi hisob-kitob qilingan. Şu sababli ham loyihaning işga tuşişi natijasida tumanning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanişi yanada tezlaşadi.
Mazkur loyihalar tuman uçun muhim iqtisodiy ahamiyatga ega bölib, ular mahalliy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş hamda yangi iş örinlari yaratiş orqali aholi turmuş farovonligini oşirişga xizmat qiladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶