28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:02
Fan va taʼlim 👁 568

1-SONLI MAKTABNING 100 YILLIGI KENG NIShONLANDI

1-SONLI MAKTABNING 100 YILLIGI KENG NIShONLANDI

Insoniyat hayotida muhim iz qoldiruvchi, hatto taqdirini goʻzal va nurli tomonga yoʻnaltirib, shaxs sifatida shakllanishida maʼnaviy-maʼrifiy jihatdan qoʻllab-quvvatlaguvchi maskan – bu maktabdir. Uning bagʻrida inson oq-qorani taniydi, qalbini ilm nuri bilan ziynatlab, dunyoga intiladi, oʻzi tugʻilib-oʻsgan ona zaminga, Vataniga mehr-muhabbat ruhida voyaga yetadi. Shu bois, biz uni umrbod yaxshi koʻramiz, mehr-u muhabbatga toʻla bagʻrida kechgan lahzalarni sogʻinib yashaymiz, “ona maktabim”, deya ezgu xotiralarimiz koʻshkida ardoqlaymiz. Ulugʻ bobokalonimiz Mahmudxoʻja Behbudiy hazratlari aytganlariday, hayotimizda biz bilgan imoratlar ichida “eng aziz va moʻʼtabari maktab” tomon intilaveramiz.

Bundan 100-yil muqaddam, Oʻrta Osiyoda milliy chegaralanish oʻtkazilgan 1924-yilning 27-oktyabr sanasida, Amudaryo tumanining Mangʻit shahrida hududdagi ilk ziyo maskani – hozirgi 1-sonli maktab tashkil etilib, ilmga chanqoq ilk oʻquvchilarni oʻz bagʻriga olgan edi. 1924-1925 oʻquv yilida mangʻitlik Matniyozboy ismli shaxsning uyida boshlangʻich maktab tarzida ochilgan mazkur maktabga oʻz taʼlim-tarbiyasi bilan el-u xalqimizga namuna boʻlsin, degan ezgu niyat bilan “Namuna” deb nom berildi.

“Namuna” maktabi haqiqatdan ham ilk oʻquv yilidanoq oʻz nomiga munosib yoshlarni tarbiyalash, ularga chuqur bilim berishga qodir taʼlim-tarbiya muassasasi sifatida namoyon boʻldi. Mamlakatimiz taʼlim-tarbiya sohasi tarixida chuqur iz qoldirgan tarixiy shaxslar – Xoʻjayoz afandi va Sodiq Matchonovlar faoliyat yuritgan “Namuna” maktabining birinchi oʻquvchilari va birinchi qaldirgʻochlari Jongil Ziyoddinova, Madat Matnazarov, Qurbonboy Jumaniyozov, Hayitboy Poʻlatov, Rahim Jumaniyozov va Kamol Niyozovlar boʻldilar.

1932-yildan 1938-yilgacha 7 yillik toʻliqsiz oʻrta, 1938-1939 oʻquv yilidan boshlab oʻrta maktab maqomida faoliyat olib borgan ushbu taʼlim maskani oʻzining 100 yillik tarixi davomida Amudaryo tumanidagi barcha oʻquv muassasalari uchun ham tayanch, ham tom maʼnoda yuksak namunali ilm dargohi vazifasini oʻtadi.

Mazkur maktab taʼlim-tarbiyasini olgan minglab bitiruvchilar orasida dunyoga taniqli ilm-fan fidoyilari, professor va akademik olimlar, ixtirochilar, davlat va jamoat arboblari bor. Xususan, fizika-matematika fanlari doktorlari, akademik MUxtor Saidov, ixtirochi-olim Amin Saidov, toponimika ilmining bilimdoni, filolog-olim Ahmad Ishayev, mashhur tarixchi-olim Qurbonboy Sobirov, filologiya fanlari doktori Pirmat Shermuhammedov, pedagogika fanlari doktori Ahmadjon Nurmatov, qishloq xoʻjalik fanlari doktori Ibodulla Ollayorovlarning nomlari Oʻzbekiston ilm-fani dargʻalari orasida hurmat va ehtirom bilan tilga olinadi.

Joriy yilning 11-noyabr sanasida mazkur taʼlim-tarbiya muassasasining 100 yilligi keng nishonlandi. Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi Vazirining oʻrinbosari Oybek Davlatboyev, Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov, Amudaryo tumani prokurori Abat Jumamuratov, shuningdek, tuman hokimining oʻrinbosarlari, 1-sonli maktabda turli yillarda ishlab, nafaqaga chiqqan faxriy ustozlar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, oʻzini-oʻzi boshqarish organlari masʼullari, maktabning sobiq bitiruvchilari hamda ayni paytda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar va oʻquvchi-yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida mehmonlar maktabning 100 yillik tarixi haqida hikoya qiluvchi muzeyning ochilish marosimida ishtirok etdilar. Maktab direktori Dilrabo Sherbayeva rahbarligida tashkil etilgan muzeyni tuman hokimi Sobir Xoʻjametov ochdi va tarixiy eksponatlarga boy muzeyga yuqori baho berib, Amudaryo tumani umumiy tarixining asosi sifatida eʼtirof etdi. Marosim ishtirokchilari muzey eksponatlarini qiziqib tomosha qildilar va oʻzlarining samimiy dil soʻzlarini izhor etdilar.

Tantanali yubiley tadbirining adabiy-musiqiy qismini Amudaryo tuman hokimligi mutaxassisi Ashirboy Qoʻshayev ochdi va barchani tumandagi jamiki umumtaʼlim muassasalari uchun bir asr davomida namuna va tayanch vazifasini oʻtagan taʼlim maskanining 100 yilligi bilan tabriklab, maktab pedagogika jamoasiga bundan keyingi faoliyatlarida katta yutuqlar yor boʻlishini tiladi.

Shundan soʻng, mazkur maktabda uzoq yillar yoshlarga taʼlim-tarbiya bergan faxriy ustozlar va oʻzlarining fidoyi mehnatlari bilan el-yurt hurmatini qozongan oʻqituvchilarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi Vazirligining esdalik koʻkrak nishonlari, Faxriy yorliqlari tantanali ravishda topshirildi. Xususan, maktabning matematika fani oʻqituvchisi Sobir Matyoqubov “Vatan fidoyisi”, qoraqalpoq tili fani oʻqituvchisi Dildora Qoʻchqorova “Qoraqalpogʻiston Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishonlari bilan, maktab direktori Dilrabo Sherboyeva, shuningdek, Anorgul Oʻrozimbetova, Aqljon Saidovalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.

Bundan tashqari, uzoq yillar yoshlarga taʼlim-tarbiya berib, ayni paytda keksalik gashtini surayotgan maktabning sobiq boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Shukurjon Safarova hamda sobiq biologiya fani oʻqituvchisi Saidaxon Polvonovalarga “Ardaqli nuraniy” koʻkrak nishonlari, bir guruh oʻqituvchilarga tuman hokimining tashakkurnomalari va faxriy yorliqlari tantanali ravishda topshirildi.

Yubiley tadbiri davomida Amudaryo tumani madaniyat boʻlimi sanʼatkorlari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyish etildi. Boʻlib oʻtgan yubiley tadbiri Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi buyuk tarixiy voqea sifatida ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026