1-DEKABR – BUTUNJAHON OITSGA QARŞI KURAŞ KUNI MUNOSABATI BILAN DXX ÇEGARA QÖŞINLARIGA QARAŞLI 92-02 HARBIY QISM XIZMATÇILARI IŞTIROKIDA TADBIR BÖLIB ÖTDI
Jahon Soğlikni saqlaş taşkiloti hamda Birlaşgan millatlar taşkiloti Boş Assambleyasining 1988-yilgi Qarori bilan 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarşi kuraş kuni sifatida belgilangan.
Jahon Soğlikni saqlaş taşkilotining 2024-yilgi maʼlumotlariga köra, dunyoda OIV infektsiyasini yuqtirgan 40 milliondan ortiq bemor bor. Ularning soni yiliga 1, 5 million kişiga ortib bormoqda. Eng yomoni, mazkur kasallik har yili 600 ming kişini hayotdan olib ketmoqda.
Aytiş joizki, mamlakatimizda OITSga qarşi kuraş tizimi böyiça keyingi yillarda barça yönalişlarda sezilarli yutuqlarga erişildi. Xususan, joriy yilning III çoragi yakuniga köra, mamlakatimizda OIV infektsiyasiga çalingan bemorlarning 84 foizi davolaşning butun dunyoda tan olingan usuli – antiretrovirus muolajalari bilan qamrab olingan. Ular uçun zarur preparat xarajatlarining qariyb 80 foizi davlat byudjeti mablağlari, qolgan 20 foizi xalqaro jamğarmalar hisobidan qoplanmoqda.
Bu haqda Amudaryo tuman Tibbiyot birlaşmasi şifokorlari tomonidan 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarşi kuraş kuni munosabati bilan Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlariga qaraşli 92-02 harbiy qism zobit va askarlari iştirokida ötkazilgan uçraşuvda batafsil söz yuritildi.
Tadbirda 92-02 harbiy qism zobit va askarlari uçun Amudaryo tuman Tibbiyot birlaşmasi şifokorlari Tamara Saidova, Dilbar Allabergenova hamda Raʼno Saidovalar OITS kasalligining oldini oliş, kasallikning dastlabki belgilari, soğlom turmuş tarziga amal qilişning ahamiyati, şuningdek, jismoniy faollik va kundalik hayotda amal qilinişi zarur bölgan sanitariya-gigiyena qoidalari mavzularida batafsil va keng tuşunçalar, zarur tavsiyalar berdilar.
Şu bilan birga, uşbu kasallikka çalingan bemorlar haqidagi barça maʼlumotlar mutlaqo sir saqlangan holda muolaja çoralari körilişi, ularning oila aʼzolari ham mazkur kasallikni yuqtirib olişlarining oldini oliş böyiça zarur profilaktik işlar amalga oşirilişi haqida söz yuritişdi va tadbir iştirokçilariga OITSdan saqlaniş böyiça tarğibot varaqalari tarqatdilar.
Uçraşuv davomida 92-02 harbiy qism xizmatçilari OITSdan saqlaniş, davolaniş bosqiçlari, muntazam ravişda soğlom turmuş tarzi qoidalariga amal qilgan bemorlarning mazkur kasallikdan butunlay soğayib ketiş imkoniyatlari bor yoki yöqligi yuzasidan savollar bilan murojaat qildilar. Iştirokçilar tomonidan tuşgan şu va şu kabi boşqa savollarga şifokorlar Jahon Soğlikni saqlaş taşkiloti tomonidan taqdim etilgan sönggi maʼlumotlar asosida batafsil javoblar berdilar.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶