1-SONLI UMUMTAʼLIM MAKTABIDA “KONSTITUTsIYaM – FAXRIM” MAVZUSIDA TADBIR ÖTKAZILDI
Öquvçi-yoşlarning huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirişga hissa qöşiş maqsadida Amudaryo tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimiga qaraşli 1-sonli umumtaʼlim maktabida “Konstitutsiyam – faxrim” mavzusida maʼnaviy maʼrifiy va adabiy-musiqiy tadbir taşkil qilindi.
Tadbirda Yangi tahrirdagi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mamlakatimizning yaqin va uzoq istiqboldagi barqaror taraqqiyoti, xalqimiz farovon va osoyişta hayotining mustahkam va işonçli kafolati, insonning şaxsiy huquqlari va erkinliklari, maktab taʼlimi, şaxsning salomatligi, atrof-muhit muhofazasi, millatlararo totuvlik, tinçlik va tenglik kabi printsiplar qonuniy mustahkamlab qöyilgani eʼtirof etildi.
Maktabning ijtimoiy fanlar öqituvçilari tomonidan taşkil etilgan mazkur tadbirda maktab pedagogika jamoasi, Milliy gvardiya inspektori, tarbiyaçi-psixolog Nurlan Örazbayev hamda yuqori sinf öquvçilari iştirok etdilar.
Tadbirni maktab direktori Dilrabo Şerboyeva oçdi va barçani Boş Qomusimiz qabul qilinganligining 32 yilligi bilan samimiy tabrikladi. Dilrabo Şerboyeva Konstitutsiyamizning har bir bobi töğrisida alohida töxtalib, bugungi farovon, tinç va osoyişta hayotimizni barpo etişda Boş Qomusimizda belgilab qöyilgan normalarning ahamiyati kattaligini, jamiyatimizning har tomonlama taraqqiy etişida muhim huquqiy asos bölgan Konstitutsiya har bir fuqaro uçun istiqbolli rejalarni amalga oşiriş yölida dasturilamal bölib xizmat qilişini, ayniqsa, öquvçi-yoşlarning konstitutsiyaviy bilimlarini oşiriş, uşbu huquqiy hujjatni moddama-modda çuqur örganişlarini taʼminlaş har bir pedagog xodimning zimmasidagi masʼuliyatli vazifasi ekanligini taʼkidladi.
Şuningdek, tadbirda Milliy gvardi inspektori, tarbiyaçi-psixolog Nurlan Örazbayev va ijtimoiy fanlar öqituvçilari ham Yangi tahrirdagi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi töğrisida, xususan, Boş Qomusimizga kiritilgan özgartirişlar, yangi normalar haqida batafsil söz yuritişib, unda insonparvarlik va xalqparvarlik tamoyillari yanada mustahkamlanganini misollar bilan ifodalab berdilar.
Tadbirning adabiy-musiqiy qismida maktabning yuqori sinflar öquvçilari özlarining Konstitutsiya bilimdonlari sifatidagi mahoratlarini amalda namoyon etişdi va har bir modda böyiça şeʼriy taʼriflar berişdi. Konstitutsiyamizni madh etuvçi kuy va qöşiqlar esa har bir qalbga Boş Qomusimizdan faxrlaniş tuyğusini bağişladi. Öquvçi- yoşlar Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 32 yilligini ustozlari va tadbir mehmonlari bilan birgalikda tinçlik, döstlik, millatlararo totuvlik va tenglik madh etilgan kuy-qöşiqlar, raqslar orqali faxr-u iftixor bilan tantanali nişonladilar.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶