“Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak” tamoyili – amalda
Inson manfaatlarini taʼminlash uchun, avvalo, odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish alohida ahamiyat kasb etadi. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda aholi muammolarini joyiga borib oʻrganishda hududlarda rahbarlar ishtirokida tashkil etilayotgan sayyor qabullar muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Amudaryo tumani Daryoboʻyi mahallasidagi 21-sonli musiqa maktabi binosida tuman hokimi Sobir Xoʻjametovning aholi murojaatlarini oʻrganish yuzasidan oʻtkazgan sayyor qabuli ham shu maqsadga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Sayyor qabul jarayonida hokim oʻrinbosarlari, boʻlimlar boshliqlari, korxona-tashkilotlar rahbarlari hududdagi Qipchoq ovul va shaharcha, Daryoboʻyi, Beshtom, Uyshin va Qumyop mahallalari hamda Choykoʻl va Qangli ovularida yashovchi aholi vakillari ishtirok etdilar.
“Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyil asosida tashkil etilgan sayyor qabulda aholi vakillaridan turli masalalar yuzasidan jami 20dan ortiq murojaatlar kelib tushdi.
Xususan, Choykoʻl ovuli Gulbogʻ koʻchasida yashovchi Bahrom Allamberganov qizining oliy oʻquv yurtida oʻqishni davom ettirishi uchun shartnoma pulini toʻlashda amaliy yordam soʻrab, Ehtirom koʻchasida yashovchi Sarvinoz Qurbanboyeva esa ikki nafar nogironligi boʻlgan ukalari uchun “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasidan moddiy yordam olish masalasida murojaat qildilar.
Shuningdek, Uyshin mahallasida yashovchi Malika Bozorboyeva uy-joyini taʼmirlash uchun moddiy yordam ajratishda, Qangli ovulida istiqomat qiluvchi Salomat Abdullayeva uj-joy qurish uchun qurilish materiallari olishda, Daryoboʻyi mahallasida yashovchi Zulxumor Jangaboyeva turmush oʻrtogʻi – II guruh nogironi Xayrulla Yuldashevga “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasidan dori-darmon olishda amaliy yordam soʻrab murojaat qildilar.
Shuningdek, Beshtom mahallasida yashovchi Manzura Ahmedovaning parrandachilik faoliyati bilan shugʻullanish uchun kredit mablagʻi ajratishda, Jaqsimurod Umrzaqovning “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasidan moddiy yordam olishda amaliy yordam koʻrsatish soʻrab qilgan murojaatlari ham qabul qilinib, ularni imkon qadar ijobiy hal qilish uchun tegishli masʼullarga koʻrsatmalar berildi.
Taʼkidlash joizki, sayyor qabullar va aholi vakillari bilan muloqotlar odamlarni qiynayotgan muammolarini hal etish, xalqning ogʻirini yengil qilish, fuqarolarning davlatga, ertangi kunga boʻlgan ishonchini mustahkamlamoqda. Turli darajadagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlarining aholi vakillari bilan muloqotlari odamlarning orzu-istaklari, talab va ehtiyojlarini oʻrganish, ularga imkon qadar koʻmak berish, mavjud muammolarga oʻz joyida yechim topish imkonini bermoqda.
Bugun mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarildi. Barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda kutilgan natijalarni bermoqda.
Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan yoʻllangan murojaatlardagi masalalarning aksariyati jarayonning oʻzida ijobiy yechimini topgan boʻlsa, muddat va qoʻshimcha oʻrganish talab qiladigan murojaatlarni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar rahbarlariga zarur topshiriqlar berildi.
Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶