Bir guruh qişloq xöjaligi sohasi fidoyilari taqdirlandi
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktyabrdagi “Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, qişloq xöjaligi ekin maydonlaridan samarali foydalaniş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoniga muvofiq sohada fidoyilik bilan mehnat qilayotgan fermerlarni, soha mutaxassislarini rağbatlantiriş yölga qöyilgan edi. Hujjat asosida “Ilğor fermer”, “Mehnatkaş dehqon” va “Namunali tomorqaçi” kökrak nişonlari taʼsis etilib, mamlakatimizda qişloq xöjaligi tarmoğini rivojlantiriş işlariga munosib hissa qöşgan soha xodimlarining mehnati munosib eʼtirof etib kelinmoqda.
13-yanvar kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida tumanda qişloq xöjaligi sohasida samarali faoliyat olib borayotgan bir guruh fermer va dehqon xöjaliklari rahbarlari, tomorqaçilar taqdirlandi.
Tadbirda tuman hokimi Sobir Xöjametov sözga çiqib, sönggi yillarda mamlakatimizda agrar soha rivoji yölida olib borilayotgan keng kölamli islohotlar xususida söz yuritdi. Tuman hokimi öz nutqida davlatimiz rahbari taşabbusi bilan Qoraqalpoğiston Respublikasida qişloq xöjaligi rivojini yangi bosqiçga olib çiqiş borasida yaratilayotgan mislsiz imkoniyatlar hamda şart-şaroitlar xususida töxtaldi hamda ulardan unumli foydalanib, yangi yutuq va muvaffaqiyatlarga erişiş yölida fermerlar, dehqonlar va tomorqaçilarga omad va muvaffaqiyatlar yor bölişiga talakdoş böldi.
Tadbirda mamlakatimiz qişloq xöjaligi sohasini rivojlantiriş, uning iqtisodiy qudratini va eksport salohiyatini yuksaltiriş, xalqimizning rizq-rözi va farovonligini, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş, yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş işlariga munosib hissa qöşib kelayotgan, qişloq xöjaligining paxtaçilik, ğallaçilik, boğdorçilik, uzumçilik, sabzavot-polizçilik, çorvaçilik, baliqçilik, parrandaçilik, asalariçilik va boşqa yönalişlarida samarali faoliyat körsatayotgan tumanimizdagi bir guruh fermerlar mehnati eʼtirof etildi.
Zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanayotgan hamda qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirişda yuqori hosildorlikka erişayotgan, ularni qayta işlaş, saqlaş, tayyorlaş va eksport qiliş işlarida salmoqli natijalarni qölga kiritayotgan, köp tarmoqli faoliyatni yölga qöygan, moddiy-texnik bazasi mustahkam, tajribali 17 nafar ilğor fermer xöjaliklari rahbarlariga “Ilğor fermer” kökrak nişoni topşirildi.
Şuningdek, qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqarişda yuksak natijalarga erişayotgan, zarur agrotexnik tadbirlarga rioya etgan holda ajratilgan yer uçastkalaridan samarali va oqilona foydalanib, aholiga arzon va sifatli mahsulotlarni yetkazib beriş, ularni belgilangan sifat standartlari talablari asosida saqlaş va eksport qiliş işlariga munosib hissa qöşib kelayotgan bir guruh dehqonlarning ham fidoyi mehnatlari eʼtirof etildi.
Ilğor mahalliy va xorijiy tajribalarni puxta özlaştirib, zamonaviy innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etayotgan, ekin maydonlari unumdorligini oşiriş borasida salmoqli işlarni amalga oşirayotgan 5 nafar mirişkor dehqon xöjaliklari rahbarlariga va aʼzolariga “Mehnatkaş dehqon” kökrak nişoni topşirildi.
Bundan taşqari, şaxsiy tomorqa yer uçastkalaridan samarali va oqilona foydalanib, qişloq xöjaligi mahsulotlarini işlab çiqarişda yuksak natijalarga erişayotgan, sohaga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etgan holda ekologik va organik toza, arzon va sifatli mahsulotlarni yetiştiriş hamda içki bozorni ular bilan barqaror taʼminlaş, yangi serhosil navlarni köpaytiriş işlariga munosib hissa qöşayotgan, dehqonçilik madaniyati va sir-asrorlarini puxta egallagan, şuningdek, jamoat işlaridagi faolligi bilan aholi örtasida alohida hurmatga sazovor bölgan 16 nafar tomorqa yer egalari “Namunali tomorqaçi” kökrak nişoni bilan taqdirlandi.
Biz ham mehnatlari eʼtirof etilgan ilğor fermerlar, mehnatkaş dehqonlar va namunali tomorqaçilarni uşbu yutuqlari bilan tabriklab, tumanimizdagi barça qişloq xöjaligi sohasi fidoyilarining navbatdagi qişloq xöjaligi yilini ham möl hosil, yuksak xirmon va yuqori daromad bilan yakunlaşlariga tilakdoşmiz.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶