Qişloq xöjaligi maydonlaridagi qöşimça imkoniyatlardan samarali foydalanişga bağişlangan seminar bölib ötdi
Amudaryo tumanining Çoyköl ovulida Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Qişloq xöjaligi maydonlaridagi qöşimça imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetiştirişni köpaytirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorining ijrosini taʼminlaş maqsadida körgazmali seminar bölib ötdi.
Seminar dala çetlari, kanallar, suğoriş va kollektor-drenaj tarmoqlarining atroflaridagi maydonlarda, aholi tomorqasi, xonadonlar va köp qavatli uylar oldi hamda mahallaning içki köçalarida qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştirilişini taşkil qiliş masalalariga bağişlandi.
Tadbirda respublika işçi guruhi rahbari Zafar Qosimov, işçi guruh aʼzolari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi birinçi örinbosari Paraxat Orinbayev, Agroinspektsiya hamda Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi inspektorlari, tuman hokimi örinbosarlari, klasterlar, fermer xöjaliklari rahbarlari, tomorqa yer egalari va mahallalar raislari iştirok etdi.
Seminarda Prezidentimizning yuqoridagi qarorining mazmun-mohiyati, uni amaliyotga tatbiq etiş va boşqa masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar almaşildi.
Taʼkidlanganidek, mazkur hujjatda dala çetlaridan samarali foydalangan qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiruvçilarni qöllab-quvvatlaş böyiça qator imtiyozlar közda tutilgan. Xususan, içki fitosanitariya sertifikati bir yil davomida bepul berilişi, dala çetlariga ekilgan “in-vitro” usulida yaratilgan mevali payvandtagli köçatlarni sotib oliş xarajatlarining 50 foizi miqdorida, biroq har biroq har bir mevali payvandtagli köçatga 25 ming sömdan oşmagan holda Agrosanoatni rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaş davlat maqsadli jamğarmasidan belgilangan tartibda subsidiya ajratilişi belgilangan.
Şuningdek, qaror asosida qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiruvçilari dala çetini özlaştiriş va mahsulot yetiştiriş uçun zarur bölgan uruğ, köçatlar, mineral öğitlar, kimyoviy preparatlar, moddiy-texnik resurslar bilan taʼminlanadi. Suv bilan taʼminlaş uçun nasos va quvurlarni örnatiş xarajatlarining 50 foizdan köp bölmagan qismini qarz oluvçining bank kartalariga ötkaziş yöli bilan 6 oygaça imtiyozli davr bilan 12 oy muddatga yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada kreditlar ajratiladi.
Seminar mobaynida 2025-yil hosili uçun ekilgan ğalla maydonlarida agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida va sifatli amalga oşiriş, ösimlik zararkunanda va kasalliklariga qarşi kuraşiş, dala çetlaridan samarali foydalaniş hamda eksportbop ekin turlarini ekiş böyiça ham tavsiyalar berildi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶