Madaniyat sohasi vakillari va nodavlat notijorat taşkilotlari uçun seminar-trening taşkil etildi
6-fevral kuni Özbekiston madaniyat va sanʼat instituti Nukus filialida “Sohaga investitsiyalarni jalb qiliş va çet el grantlari bilan işlaş” mavzusida Qoraqalpoğiston Respublikasidagi madaniyat sohasi vakillari va nodavlat notijorat taşkilotlari uçun seminar-trening bölib ötdi.
Mazkur tadbir Özbekiston nodavlat notijorat taşkilotlari milliy assotsiatsiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy bölinmasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining Taşqi beğaraz kömak mablağlarini jalb qiliş va donorlar bilan işlaş bölimi va Qoraqalpoğiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda taşkil etildi. Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan madaniyat muassasalari, ijodiy uyuşmalar hamda nodavlat notijorat taşkilotlari vakillari iştirok etdi.
Tadbir Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining Taşqi beğaraz kömak mablağlarini jalb qiliş va donorlar bilan işlaş bölimi boşliği Kamalatdin Idirisov hamda Özbekiston nodavlat notijorat taşkilotlari milliy assotsiatsiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy bölinmasi boşliği Quöat Karimxodjayevlar tomonidan kiriş sözi bilan oçib berildi hamda madaniyat sohasi va nodavlat notijorat taşkilotlari vakillari uçun xalqaro moliyaviy imkoniyatlarning ahamiyati alohida taʼkidlandi.
Seminar-trening iştirokçilarga xalqaro grantlar va investitsiyalarni jalb qiliş jarayonini tuşuntiriş, grant loyihalarini işlab çiqişda yöl qöyilayotgan xatolarni bartaraf etiş va moliyaviy imkoniyatlardan samarali foydalaniş böyiça könikmalarni şakllantirişga xizmat qilgani bilan ahamiyatli böldi. Şuningdek, iştirokçilarga xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlik qiliş, grant oliş uçun zarur hujjatlar töplami, loyiha ğoyasini töğri şakllantiriş va moliyaviy hisobotlarni yuritiş böyiça amaliy tuşunçalar berildi.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan “Grant özi nima?”, “Grant mavzulari böyiça saytlar röyxati”, “Grant loyihalarini tayyorlaşda muammolarni aniqlaş va ularning yeçimlarini töğri körsatiş” kabi mavzularda fikr-mulohazalar bildirilib, grant mablağlari va ularning turli şakllari hamda xalqaro taşkilotlar va agentliklar tomonidan eʼlon qilinadigan grant tanlovlariga qanday murojaat qiliş mumkinligi batafsil tuşuntirildi. Iştirokçilar amaliy maşğulotlar orqali grant loyihalarini yozişda yöl qöyiladigan xatolar va ularni tuzatiş yöllari bilan taniştirildi. Şuningdek, grant ajratuvçi taşkilotlarning moliyaviy şaffoflik böyiça talablarini bajariş, hisobdorlik va hisobot yuritiş jarayonlari haqida aniq tavsiyalar berildi.
Seminar-treningning amaliy maşğulotlar qismida grant loyihalarini tayyorlaş şartlari, hisobdorlik masalalari, loyihalarning moliyaviy tarkibi va samaradorligini oşiriş böyiça qimmatli maslahatlar berildi. Şuningdek, iştirokçilar bilan jonli muloqot qilinib, grant tanlovlarida muvaffaqiyatga erişiş uçun qanday strategiyalar işlab çiqiş lozimligi borasida yöl-yöriqlar körsatildi.
Tadbir davomida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan barça savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob va tavsiyalar olişdi.
Şohzod Qurbonboyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶