ALIŞER NAVOIY DAHOSIGA HURMAT VA EHTIROM KÖRSATILDI
Milliy maʼnaviyatimiz, mumtoz adabiyotimizni buyuk bobokalonimiz – söz mulkining sultoni Mir Alişer Navoiysiz tasavvur qila olmaymiz. Şu bois, nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyoda Navoiy dahosiga yuksak hurmat va ehtirom ramzi sifatida uning asarlari sevib öqiladi. Navoiy merosini çuqur örganiş borasida ilmiy izlanişlar olib borilib, dunyo navoiyşunoslari iştirokida ilmiy-amaliy anjumanlar ötkaziladi. Maqsad esa yagona – buyuk mutafakkir asarlaridagi umuminsoniy qadriyatlarni ösib kelayotgan yoş avlod qalbiga singdiriş, ularni çin maʼnodagi vatanparvar, xalqparvar insonlar qilib tarbiyalaşdir.
Prezident maktablari tizimidagi Amudaryo ixtisoslaştirilgan maktabida tuman Madaniyat bölimi bilan hamkorlikda Alişer Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan ötkazilgan “Navoiyxonlik” keçasida ham şoirning asrlar davomida öz qadr-qimmatini yöqotmagan şeʼr-u ğazallari, ruboiy va tuyuqlari, hamon dunyo xalqlarini öziga maftun etib kelayotgan dostonlari haqida maʼruzalar öqilib, şoir ğazallari bilan aytiladigan aşulalar ijro etildi.
Tadbirni maktab direktorining öquv işlari böyiça örinbosari Ravşan Xolmurodov oçdi va mamlakatimizda Alişer Navoiy merosini örganiş, uning falsafiy, ijtimoiy-maʼnaviy ahamiyatga ega asarlarida ilgari surilgan ğoyalarni ösib kelayotgan yoş avlod ongiga singdiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida batafsil söz yuritdi. Ayniqsa, 2025-yil Prezidentimiz tomonidan Navoiy viloyatida “Alişer Navoiy yili” deb belgilangani, şu munosabat bilan joriy yilda mamlakatimiz miqyosida ötkazilişi rejalaştirilgan adabiy-badiiy, musiqiy tadbirlar, xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar taşkil etilişi, bu kabi tadbirlarda Navoiy asarlari bilimdonlari bölmiş umumtaʼlim maktablarining öquvçilari ham iştirok etişi xususida mamnuniyat bilan taʼkidladi.
Şundan söng, maktab öquvçilari şoir ğazallaridan namunalar öqidilar, “Xamsa” dostoni va uşbu dostonda ilgari surilgan halollik, kasb-u hunarga eʼtibor, töğrisözlik, xalqlar döstligi, özaro totuvlik, mehr-oqibat, vatanparvarlik hamda xalqparvarlik ğoyalari xususidagi fikrlarini bildirdilar.
Tadbir davomida maktabning “Turon” teatr jamoasi tomonidan sahna körinişi namoyiş etildi. Sahna körinişi orqali tadbir iştirokçilari göyo bir muddat Alişer Navoiy yaşab ötgan davr voqealariga guvoh bölişib, salkam olti asrdan beri hamon dolzarbligini yöqotmagan ezgu ğoyalar oğuşiga şönğidilar. Amudaryo tuman Madaniyat bölimi sanʼatkorlari tomonidan maromiga yetkazib ijro etilgan Navoiy ğazallariga bastalangan mumtoz navolar, maktabning badiiy havaskorlar jamoasi talqinidagi dilrabo raqslar barçaga maʼnaviy ruh bağişladi.
Amudaryo tuman Madaniyat bölimi va Prezident maktablari tizimidagi Amudaryo ixtisoslaştirilgan maktabi pedagogika jamoasi hamkorligida taşkillaştirilgan “Navoiyxonlik” keçasi öquvçi-yoşlar qalbida milliy-maʼnaviy qadriyatlarga, mumtoz adabiyotimiz, ayniqsa, buyuk mutafakkir olim, davlat va jamoat arbobi Hazrat Alişer Navoiy dahosiga mehr, hurmat va ehtirom tuyğusini yanada mustahkamladi.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶