Ogoh böling: telefon!
Hozirgi kunda insonlar telefonsiz yaşolmaydigan bölib qolganday, göyo. Sababi hali voyaga yetmagan bolalarning qölida smartfonlarni köramiz. Biroq bilmaymizki, öşa ösmir telefondan qanday foydalanyapti? Internetga nima maqsadda kiryapti?
Har kuni OAV lar orqali dunyoning ayrim joylarida ösmirlar telefon tufayli yoki internetdagi qandaydir öyin tufayli öz joniga qasd qilgani haqida eşitib qolamiz, yuragimiz eziladi. Balki, telefondan töğri maqsadda, foydali bilimlar uçun foydalanganida bunday mudhiş voqealar röy bermagan bölarmidi, deb öylab qolamiz.
Şuningdek, ayrim ota onalar esa, öz farzandlariga beeʼtiborligi tufayli, bolasi kelajagiga yengil-yelpi qaragani uçun ular maʼnan “qarovsiz” qolayotganiga guvoh bölmoqdamiz. Bu esa, “Xalqaro örgimçak töri” ortida yaşiringan, ğaraz niyatli kimsalarga qöl keladi.
Masalaning yana bir tomoni, ayrim yoşlar telefondan notöğri foydalanganligi hamda smartfonga keragidan ortiq qaram bölib qolganligi sababli bilimsiz bölib bormoqda. Holbuki, telefon şunçaki aloqa vositasi sifatida yaratilgan, keyinçalik esa texnologiyalar rivojlanişi barobarida u öz funktsiyalarini kengaytirdi.
Tanganing ikkinçi tomoni bölgani kabi, telefonning ham foydali jihatlari köp. Masalan, telefon orqali kitob mutolaa qilişimiz, maʼnaviy olamimizni boyitişimiz, turli xil kasb-hunarlarni örganişimiz orqali, daromad topişimiz va yana şu kabi foydali bilimlarni olişimiz mumkin.
Ota-onalar ham telefondan foydalanişda farzandlariga, avvalo, özlari örnak bölib, ularga nisbatan eʼtiborliroq bölib, tarbiya masalasida nazoratni kuçaytirsa, farzand albatta bundan töğri xulosa oladi. Telefonga qaram bölib qolmaydi. Hozirgi kunda ayrim bolalar va ösmirlar kitob öqiş örniga ham telefondan foydalanişmoqda. Bu esa, tabiiyki, bola psixologiyasiga yomon taʼsir körsatadi.
Şu sababli ayrim ösmirlar jizzaki, ularga bir gap kam, ikki gap köp bölib qolmoqda. Jumladan, turli xil kasalliklarga, masalan köriş qobiliyatining pasayişiga olib kelmoqda. Bundan taşqari, bugunning onalarida şunday bir odat paydo bölganki, yoşgina gödakni ham telefon orqali tinçlantirişadi. Şu tarzda ona uy yumuşlarini qilib oladi, yoki serial tomoşa qiladi. Hattoki, bolasiga mehr qöşiği hisoblanmiş- allani ham “onlayn” eşittiradi. Albatta, bular ham kiçkintoyga zararli ekani şubhasiz.
Sözimiz söngida, ota-onalar farzandlari bilan köproq şuğullanişsa va ular tutib yurgan telefonlarini tez-tez nazorat qilib turişsa, telefondan töğri foydalanişni örgatişsa maqsadga muvofiq bölardi, deymiz. Zero, kelajakda “nimani eksang şuni örasan”.
Komila Haytbayeva, QDU 3-bosqiç talabasi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶