SARIQ KASALLIGIDAN EHTIYoT BÖLING!
Yuqumli kasalliklar inson salomatligini xavf ostida qoldirib, jiddiy ziyon yetkazadi va köplab asoratlar keltirib çiqaradi. Şu bois, Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi şifokorlari tomonidan fasllar almaşişi munosabati bilan kuzatiladigan yuqumli kasalliklar tarqalişining oldini oliş maqsadida tizimli işlar olib borilmoqda.
Şunday bölsa-da, xalq orasida “iflos qöllar kasalligi” va “sariq kasallik” nomini olgan virusli gepatit A va gepatit Ye kasalligiga qarşi amalga oşirilayotgan çora-tadbirlarga qaramasdan, aholi orasida uşbu kasallikka çaliniş holatlarining kuzatilayotgani sir emas.
KASALLIKNING YuQIŞ SABABLARI VA BELGILARI
Kasallik köproq 2 yoşdan 15 yoşgaça bölgan bolalar orasida uçramoqda va haqiqatdan ham quyidagi omillar natijasida kelib çiqadi:
Bolalarning qöllarini yuvmasdan ovqatlanişlari.
Meva-sabzavotlarni toza suvda yuvmay isteʼmol qilişlari.
Qaynatilmagan suvni içişlari.
Turib qolgan oçiq suv havzalarida çömilişlari.
Usti dasturxon bilan yopilmagan, paşşalar qöngan oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilişlari.
Virusli gepatit kasalligi virusini yuqtirib olgan bemorda:
Holsizlik, iştaha yöqolişi, köngil aynişi;
Baʼzi holatlarda qayt qiliş, harorat kötarilişi;
Uyquçanlik, grippga öxşaş holatlar;
Köz oqi, pastki qovoq şilliq pardasi, tirnoq va terining sarğayişi, peşobining rangi qizarişi kabi holatlar kuzatiladi.
PROFILAKTIKA VA EMLAŞ IŞLARI
Har qanday kasallikni davolagandan köra, uning oldini olişga qaratilgan çora-tadbirlar muhim ahamiyatga ega. Şu bois, bölim şifokorlari tomonidan soha mutaxassislari va aholi keng qatlami orasida tuşuntiriş-tarğibot va profilaktik tadbirlar ötkazilib, kasallikka qarşi mavsumiy emlaş işlariga alohida eʼtibor qaratilayotgani öz ijobiy samarasini bermoqda.
Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimining epidemiologiya va immunoprofilaktika bölimi mudirasi Gulşod Tajiboyeva rahbarligidagi epidemiolog-şifokorlar tomonidan tizimli ravişda profilaktik çora-tadbirlar amalga oşirib kelinmoqda.
Joriy yilning 9 oyi davomida:
2974 nafar çaqaloqlar, 3654 nafar bolalar virusli gepatitga qarşi emlandi.
Oilaviy poliklinikalar, Köp tarmoqli markaziy poliklinikalarda virusli gepatitning V va S turlarini aniqlaş böyiça bepul skrining testlari ötkazilmoqda. Joriy yilning şu davrigaça 7400 nafar fuqaro öz roziligiga köra, bepul skrining testdan ötkazildi.
VAKTsINATsIYa
Tumanga virusli gepatit A kasalligiga qarşi 6 yoşli bolalarni emlaş uçun davlat tomonidan 3760 doza vaktsina yetkazib berildi.
Kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlarini emlaş maqsadida 500 doza 0,5 ml “OLVAXTAR –XAV” vaktsinasi yetkazildi.
Umumiy hisobda 3760 nafar 6 yoşdagi bolalar va 18 yoşgaça bölgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlariga gepatit A kasalligiga qarşi emlaş işlari olib borildi.
Ota-onalar hisobidan 50 nafar bola virusli gepatit A kasalligiga qarşi vaktsina bilan emlandi.
Amalga oşirilayotgan çora-tadbirlarning barçasi tuman aholisi, ayniqsa, yoş bolalar orasida virusli gepatit kasalligi tarqalişining oldini olişga qaratilgani bilan juda muhim ijtimoiy ahamiyatga ega.
Gulşod Tajiboyeva, Amudaryo tuman Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimining
epidemiologiya va immunoprofilaktika bölimi mudirasi.
Komila Olloyorova, Gulmira Nizomiddinova, bölimning epidemiolog-şifokorlari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶