Ogoh böling: telefon!
Azimjon sinfda eng aʼloçi va odobli bola edi. Ustozlari uni hamişa boşqa öquvçilarga namuna qilib körsatişar, hatto uning kelajagi porloq bölişini “başorat” ham qilişardi.
Bir kuni u sinfga qölida eng sönggi rusumdagi telefonni kötarib keldi-yu, şu kundan eʼtiboran özgarib qoldi. Heç kimga qöşilmaydigan, sinfdoşlari biron narsa söraşsa, eʼtibor qilmaydigan böldi. Hatto dars vaqtida ham kitobining bir sahifasini oçib, yaşirinça telefonda allaqanday öyinlar öynaş bilan maşğul bölib ötiradigan odat çiqardi. Oqibatda borib-borib örtamiyona özlaştiradigan öquvçilar qatoriga tuşib qoldi.
U bir kuni maktabga közoynak taqib keldi. Şifokorlar: “köz nuring pasayib ketibdi, közoynak taqmasang bölmaydi, sinfdagi örningni oldingi partaga köçir”, deyişibdi.
Ustozi Azimjonga telefondan uzoqlaşişni, hozir eng muhimi ilm oliş ekanini taʼkidladi.
– Vaqt-bevaqt telefon orqali ijtimoiy tarmoqlardagi bemaʼni videolar va foydasiz öyinlar bilan maşğul bölgandan köra kitob öqib, darslarni puxta özlaştiriş hamma narsadan muhim va foydali, – dedi ustoz.
Töğri-da, hayotimizning asosiy qismi maktabda, ustozlar davrasida ötadi. Hatto oilamiz davrasida ham biz uçun bunçalik köp tarbiyaviy soatlar ajratilmaydi. Ustozlarimiz esa fidoyi, bilim olişimiz uçun şaroitlar mukammal.
Bizning esa ana şu şaroitlardan unumli foydalanib, çuqur bilim olişdan boşqa masʼuliyatli işimiz yöq.
Azimjon esa telefondagi öyinlar bilan maşğul bölgani bois, darslarni özlaştirişda sinfdoşlaridan orqada qolib ketganini juda keç tuşundi va ustoziga qöşimça darslarga qatnaşiş orqali xatosini töğrilaşga söz berdi. Ammo uning yöqotilgan vaqti va ança pasayib ketgan köz nurini qayta tiklaşning iloji bormikan?
Qunduzoy Töliboyeva 71-maktab öquvçisi.
***
Telefonga qaramlikning 5 ta ENG YoMON OQIBATI
1. Köz nurining pasayişi – Telefon ekraniga uzoq vaqt tikiliş köz çarçaşi, köriş qobiliyati pasayişi va hatto közoynak taqiş zaruratini keltirib çiqaradi.
2. Bilim olişga taʼsiri – Telefondan uzoq vaqt foydalaniş öquvçi diqqatini çalğitib, darslarni puxta özlaştirişga tösqinlik qiladi, oqibatda öquv natijalari pasayib ketadi.
3. Ruhiy va jismoniy soğliqqa taʼsiri – Telefonga qaramlik stress, xavotir va uyqusizlikka sabab bölişi mumkin. Şuningdek, harakatsizlikka olib kelib, ortiqça vazn yoki salomatlik bilan boğliq boşqa muammolarga sabab böladi.
4. Ijtimoiy munosabatlarning zaiflaşişi – Telefonga qattiq boğlanib qolgan odam atrofidagilar bilan muloqot qilişdan uzoqlaşadi, oila aʼzolari va döstlari bilan mustahkam aloqalar örnatişda qiyinçilikka duç keladi.
5. Vaqtning behuda sarflanişi – Ijtimoiy tarmoqlar va öyinlarga ortiqça vaqt sarflaş samarali faoliyatlardan çalğitadi, şaxsiy rivojlaniş va foydali könikmalarni egallaşga xalaqit beradi.
Şu sababli telefondan meʼyorida va maqsadli foydalaniş muhim!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶