28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 10:01
Jamiyat 👁 250

FVB ogohlantiradi: taqiqlangan joylarda choʻmilish hayot uchun xavfli!

FVB ogohlantiradi: taqiqlangan joylarda choʻmilish hayot uchun xavfli!

Har faslning oʻz gashti bor: kuzning turfa neʼmatlarga boy tarovati, qish-u bahorning oʻziga xos betakror goʻzal tabiati insonni hamisha tabiat bagʻriga chorlayveradi. Ayniqsa, yoz fasli xalqimiz uchun pishiqchilik, moʻl-koʻlchilik va rizq-nasiba damlari bilan hamisha maftunkor. Shu bois, xalqimiz tabiat bagʻrida maroqli dam olish, oilaviy sayohatlar uyushtirish, harorat koʻtarilgan kezlarda daryo va kanallar boʻylarida sayr qilish, jamoaviy holda choʻmilish kabi tadbirlarni aynan yoz fasliga rejalashtirishadi. Bu kabi hordiq damlari insonni har tomonlama toblaydi, salomatligini mustahkamlash imkonini beradi.

Lekin fuqarolar juda koʻpchilik holatlarda tabiat bagʻrida dam olish jarayonida oʻta ehtiyotkor boʻlish, ayniqsa suv havzalari yaqinida dam olish, sayr qilish, choʻmilish qoidalariga qatʼiy amal qilish zarurligi, salgina ehtiyotsizlik tuzatib boʻlmas xatolarga sabab boʻlishi mumkinligi haqida oʻylab ham koʻrmaydilar. Vaholanki, ana shunday befarqlik oqibatida har yili yoz faslida suv havzalarining taqiqlangan hududlarida choʻmilish bilan bogʻliq fojiali holatlar sodir boʻladi va bunday vaziyatlarda koʻpincha yosh bolalar ota-onalarining eʼtiborsizliklari bois, vafot etishadi.

Yuqoridagi kabi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan fuqarolar muhofazasi bilan bogʻliq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, shu asosda aholi oʻrtasida zarur tushuntirish-targʻibot ishlari olib borilmoqda.

Xususan, Amudaryo tumani hokimi – Fuqaro muhofazasi boshligʻining “2025-yil choʻmilish mavsumida aholining suvda choʻkishi bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarning oldini olish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi joriy yil 2-maydagi buyrugʻining ijrosini taʼminlash maqsadida tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari tomonidan tuman hududidan oqib oʻtuvchi daryo va kanallar boʻylari doimiy nazoratga olinib, profilaktik tadbirlar amalga oshirilayotgani bu borada oʻzining ijobiy samarasini bermoqda.

Kunlarning isib ketishi natijasida fuqarolar bilan choʻmilish mavsumi davomida respublika hududida, shu jumladan Amudaryo tumanida ham choʻmilish taqiqlangan hududlarda choʻmilish qoidalari hamda odamlar hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish yuzasidan oʻtkazilayotgan suhbatlar, Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlaridan iborat ishchi guruhlar tomonidan amalga oshirilayotgan tezkor reydlar jarayonida aniqlangan salbiy holatlarning borligi esa juda achinarli.

Tezkor reydlar jarayonida Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari aholini choʻmilish belgilanmagan joylarda suvga choʻkish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarning koʻpchiligi asosan suzishni bilmaydigan fuqarolar bilan roʻy berayotganligini, shu bilan bir qatorda yosh bolalarni qarovsiz qoldirmaslikni va ularning oʻzboshimchalik bilan daryo va kanallarga choʻmilishiga yoʻl qoʻymaslik zarurligi yuzasidan ogohlantirib, daryo va kanallar qirgʻoqlariga oʻrnatilgan “Choʻmilish taqiqlanadi” belgisi ostidagi bannerlarga eʼtiborli boʻlishlari zarurligi xususida tushuntirishlar olib borishmoqda.

Har bir faslning oʻziga yarasha jozibasi boʻlgani singari, yozning issiq tafti ham insonlarni soya-salqinlik sari chorlaydi. Bunda huzurbaxsh suvda maza qilib choʻmilishga nima yetsin.

 Biroq, choʻmilishning huzurbaxshligi bilan bir qatorda, har yili dunyo boʻylab 300 ming nafarga yaqin insonlar mana shu huzur istagida belgilanmagan joylarda choʻmilishlari oqibatida hayotdan bevaqt koʻz yumayotganligi kishini oʻyga toldiradi. Faqat soʻnggi 5-yil davomida suvda choʻkib halok boʻlgan yoshlarning 95 foizi ota-onalar tomonidan nazoratsiz qoldirilganligini inobatga olsak, bu borada ota-onalar yanada ehtiyotkor boʻlishlari zarur.

Chunki yoshlar oʻrtasida yuzaga kelayotgan suvdagi halokatlarning aksariyati ularning nazoratsiz qoldirilishi va oʻzboshimchaliklari oqibatida sodir boʻlmoqda. Katta yoshdagi fuqarolarning suvga choʻkish holatlari asosan ularning spirtli ichimliklar isteʼmol qilib, mast holda choʻmilishlari oqibatida yuz bermoqda. Suvga choʻkish bilan bogʻliq bunday salbiy hodisalar Amudaryo tumanida ham sodir boʻlayotgani hech kimga sir emas.

Xususan, bundan 5-yil oldin Toʻlqin ovulida istiqomat qiluvchi 2007-yilda tugʻilgan 13 yoshli oʻsmir ota-onalarining nazoratsizligi tufayli suvga choʻkish oqibatida bemavrid halok boʻldi. 2023-yil 17-avgust kuni esa Jizzax viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro spirtli ichimlik isteʼmol qilib choʻmilish oqibatida Amudaryo daryosiga choʻkib vafot etdi.

Insonning salomatligi, uning hayoti daxlsizligi juda koʻp jihatdan uning oʻziga bogʻliq. Har qanday vaziyatda salgina ehtiyotsizlik, ayniqsa, ota-onalarning oʻz farzandlarini nazoratsiz qoldirishlari kutilmagan baxtsizliklarga sabab boʻlishi mumkin.

Shunday ekan, yuqoridagi kabi koʻngilsiz holatlarning oldini olish nafaqat Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari, balki har bir fuqaroning zimmasidagi masʼuliyatli vazifasidir. Demak, yoz faslining oromga, huzur-halovatga chorlovchi lahzalarini osoyishta va koʻngilli oʻtkazishda FVB tomonidan taqiqlovchi belgilar qoʻyilgan hududlarda sayr qilmaslik, choʻmilmaslik toʻgʻrisidagi talab va qoidalarga amal qilish hayotimizga mazmun va osoyishtalik olib kelishini aslo unutmaylik.

Amudaryo tuman FVB maʼlumotlari asosida Robiya Yoʻldosheva tayyorladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026