Afğon uruşi iştirokçilari uçun bayram tadbiri taşkil etildi
Ötgan asrning 79-89-yillarida Afğonistondagi fuqarolik uruşi va qurolli töqnaşuvlarda iştirok etgan sobiq Sovet ittifoqi qöşinlari 1989-yil 15-fevral kuni mamlakat hududidan olib çiqib ketilgan edi. Uşbu sana Afğon uruşi faxriylarining bayramiga aylangan. Salkam ön yil mobaynida Afğoniston hududida bölib ötgan harbiy harakatlarda Respublikamizdan 3580 nafar harbiy xizmatçilar iştirok etgan. Anʼanaga muvofiq bu yil ham Afğon uruşi qatnaşçilari, jangçi-faxriylar iştirokida uşbu mamlakatdan sobiq Sovet ittifoqi qöşinlari olib çiqilganining 36 yilligi keng nişonlanmoqda. Amudaryo tumanida ham sana munosabati bilan uruş faxriylarining aholi va yoşlar bilan uçraşuvlari hamda bayram tadbirlari taşkil etilmoqda.
Amudaryolik afğon uruşi qatnaşçilari bölmiş jangçi-faxriylar iştirokida tumandagi Xotira maydoniga örnatilgan “Motamsaro ona” haykali poyiga gulçambarlar qöyildi. Baynalmilal jangi-faxriylar Afğonistondagi uruş harakatlarida qatnaşib, şahid bölgan quroldoşlari xotirasiga hurmat bajo keltirib, uruş qiyinçiliklari, uning salbiy oqibatlarini eslab, yurtimizdagi tinçlik mangu bölişini tilab duoga qöl oçdilar.
Söngra tantanalar Manğit şahridagi “Diamond” restoranida davom ettirildi. Bu yerda afğon uruşi qatnaşçilari bölmiş baynalmilal jangçilar uçun bayram dasturxoni yozildi.
Tuman hokimligi tomonidan taşkil etilgan tadbirda hokimning yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Nodirbek Kamolov, tuman Mudofaa işlari böyiça bölim boşliği Şuhrat Mamatov, respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bölimi boşliği Islom Matkarimov hamda Özbekiston “Veteran” jangçi-faxriy va nogironlar birlaşmasining tumandagi vakili Bahodir Jumaniyozov boşçiligida bir guruh faxriy jangçilar iştirok etdi.
Bayram tadbirini tuman hokimi örinbosari Nodirbek Kamolov tabrik sözi bilan oçib berdi. U öz nuqida Afğonistonda çorak asrça davom etgan özaro uruşlarga barham beriş uçun sobiq ittifoq armiyasi safida safarbar qilingan, murakkab şaroitlarda jang-u jadallarda qatnaşib, omon qaytgan faxriylar uçun 15-fevral – sobiq ittifoq qöşinlari olib çiqib ketilgan sana çinakam bayram ekanligini taʼkidladi hamda ularni bayram bilan tabrikladi. Sana munosabati bilan har yili mamlakatimizda turli tadbirlar ötkazilib, Afğon uruşi faxriylariga alohida hurmat-eʼtibor körsatilayotgani, ularning munosib dam olişi va salomatliklarini tiklaşlari uçun hukumatimiz tomondan şaroitlar yaratilganini qayd qilib, Afğon uruşi faxriylariga taşakkurnomalar, esdalik sovğalarini topşirdi.
Bayram tadbirida söz olganlar yurtimizda jangçi-faxriylarni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga va halok bölgan vatandoşlarimizning xotirasini abadiylaştirişga katta eʼtibor qaratilayotganini qayd qilib, uşbu uruş qançadan-qança oilalarning yostiğini quritgani, bugungi tinç va osoyişta hayotimizning qadriga yetiş, yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşda uruş faxriylarining tajribasi va hayot yölini örnak qilib körsatiş lozimligini qayd etdilar. Afğon uruşida halok bölgan faxriylarni xotirlaş har birimizning insoniy burçimiz ekanligi alohida taʼkidlandi.
Maʼlumotlarga köra, Afğon uruşida 65 ming nafar Özbekiston fuqarolari qatnaşib, ularning 1500 nafardan köproği halok bölgan. Amudaryo tumanidan harbiy harakatlarda iştirok qilgan fuqarolarning 13 nafari janglarda halok bölgan, 20 nafari uruşda yaralangan, 278 nafari esa bugungi kunda tinç va osoyişta yurtimizda umrguzaronlik qilmoqda.
Bayram tadbiri mobaynida tuman Madaniyat bölimi sanʼatkorlari tomonidan kontsert dasturi namoyiş etildi. Xonandalar tomonidan ijro etilgan Vatan, ona, tinçlik, şukronalik haqidagi şöx-şodon kuy-qöşiqlar faxriylarimizga bayramona kötarinki kayfiyat bağişladi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶