Globallaşuv jarayonida milliy tillar yöqolib bormoqda
Ona tili – bu millatning ruhi, uning özligini aks ettiruvçi asosiy timsollardan biridir. Har bir xalq öz tilini asrab-avaylab, avlodlarga yetkazgan holda, özining madaniy va maʼnaviy boyligini yanada boyitadi.
Millatning özligini saqlaşi va tarixiy ildizlariga boğlanişida milliy til muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy til xalqning mentaliteti, madaniyati va anʼanalarini aks ettiradi. Şu sababli ona tilini örganiş va uni avlodlarga yetkaziş har bir jamiyatning asosiy vazifalaridan biridir. Özbek tilining davlat tili maqomiga ega bölişi esa xalqning boy madaniy va ilmiy merosini asrab-avaylaş, milliy özlikni saqlaş va avlodlarga yetkazişda muhim rol öynaydi.
Maʼlumotlarga köra, dunyoda har ikki haftada bir til yöq bölib ketmoqda. Hozirda 6 mingga yaqin til mavjud bölib, ularning katta qismi yöqoliş xavfi ostida. Globallaşuv jarayoni, texnologik taraqqiyot va internetdagi axborot oqimining asosan ingliz tilida bölişi bu jarayonni tezlaştirmoqda.
Ayniqsa, kiçik millatlar tillari katta xavf ostida qolmoqda. Texnologik rivojlaniş natijasida xalqaro muloqotda asosan dominant tillar işlatilmoqda, bu esa kiçik tillarning sekin-asta yöqolişiga sabab bölmoqda. Öz madaniy va lingvistik merosini saqlab qoliş uçun har bir xalq öz tiliga eʼtibor berişi va uni tarğib qilişi zarur.
Zamonaviy taʼlim jarayonida ona tilini öqitişda ilmiylik, tizimlilik va izçillik tamoyillari yetakçi rol öynaydi. Bu tamoyillar öquvçilarning tilni ongli ravişda özlaştirişiga yordam beradi va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalaş imkonini yaratadi.
Axborot texnologiyalarining rivojlanişi ona tilini öqitişda yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Elektron darsliklar, masofaviy taʼlim va interaktiv platformalar yordamida tilni örganiş jarayoni yanada samarali bölişi mumkin. Bu esa öquvçilarning öz ona tiliga bölgan qiziqişini oşiradi va uni yanada mukammal özlaştirişga xizmat qiladi.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida özbek tilining davlat tili maqomi mustahkamlangan. Uşbu maqom nafaqat huquqiy jihatdan, balki milliy ong va birlik nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyatga ega.
Millatning taraqqiyoti, birligi va özligini saqlaş tilning rivojlanişi bilan çambarças boğliqdir. Şu sababli ham davlat tomonidan til siyosati muhim yönalişlardan biri sifatida belgilangan.
Özbekiston tajribasi şuni körsatadiki, ona tiliga hurmat bilan yondaşiş yoşlarning xorijiy tillarni ham oson özlaştirişiga imkon beradi. Şu sababdan, tilni rivojlantiriş va asrab-avaylaş davlat va jamiyat oldidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Globallaşuv jarayonida milliy tillarning yöqoliş xavfi ortib borayotgan bir paytda, ona tilimizni himoya qiliş va rivojlantiriş har birimizning burçimizdir.
Odilbek Xidirboyev,
QDU talabasi, tahririyat amaliyotçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶