28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:29
Fan va taʼlim 👁 491

Test sinovlari jarayonidagi yangiliklar nimalardan iborat? Mutaxassis javob berdi

Test sinovlari jarayonidagi yangiliklar nimalardan iborat? Mutaxassis javob berdi

Soʻngi yillarda taʼlim tizimiga alohida eʼtibor qaratilib, yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish koʻrsatkichi oshdi. Shuningdek, oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari boʻyicha bir qator yangilik va oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Taʼlim sohasidagi yangilanishlar hamda oʻqishga qabul qilishda qoʻllaniladigan imtiyozlar haqida xabardor boʻlish esa har bir abituriyent uchun muhim.

Shu maqsadda Bilim va malakalarni baholash agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi tomonidan joylarda “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasi asosida oʻz soha faoliyatiga doir normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish yuzasidan manzilli targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda. Chekka hududlar ham qamrab olinayotgan uchrashuvlarda oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishda qoʻllaniladigan imtiyozlar tizimi, kirish test sinovlaridagi yangilik va oʻzgarishlar aholi orasida keng targʻib qilinmoqda.

Yaqinda Amudaryo tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktabda ham Bilim va malakalarni baholash agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi tomonidan ana shunday uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda soʻnggi yillarda mamlakatimizda taʼlim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish boʻyicha olib borilayotgan keng koʻlamli ishlar haqida agentlikining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi boshligʻi Muzaffar Abdullayev batafsil maʼlumot berib oʻtdi. Shuningdek, uchrashuv ochiq muloqot tarzida davom etib, test sinovlari jarayonidagi yangiliklar, kiritilayotgan oʻzgarishlar, imtiyozlarning qoʻllanilishi, sertifikatlashtirish tizimi haqida batafsil  maʼlumotlar berildi.

Uchrashuvda davlatimiz rahbarining “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda “Taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, “Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy qilish toʻgʻrisida”gi Qarorlarining mazmun-mohiyati ochib berildi.

Mazkur qonun hujjatlari bilan oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtihon topshirayotgan abituriyentlarga bir qator imtiyozlar belgilangan. Jumladan, chet tili fanlaridan milliy yoki xalqaro sertifikatga, shuningdek, oʻquvchi umumtaʼlim fanlaridan bilish darajasini baholash boʻyicha milliy sertifikatga ega boʻlganda,  kirish test sinovlarida tanlagan taʼlim yoʻnalishida mazkur fan mavjud boʻlsa, egallagan darajasiga mos maksimal yoki proportsional balga ega boʻladi. Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanib, talabgorlarga toʻplagan bali asosida sertifikat taqdim etiladi.

Bunda A+; A; B+; B; C+ va C darajali sertifikatlar beriladi. Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball, B+, B, S+, S darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proportsional ball, A+, A, B+, B, S+, S darajali sertifikat uchun esa tegishli majburiy fandan maksimal ball berilishi belgilangan. Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega oʻquvchilarga ham tegishli fandan maksimal ball beriladi.

Uchrashuv davomida abituriyentlar uchun shu va boshqa foydali maʼlumotlar berib oʻtildi. Ishtirokchilar ham jarayon mobaynida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga toʻliq javoblar oldilar.

Aziza Madrahimova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026