15-yil davom etgan hujjatsizlikka barham berildi
Ayrim hollarda turli sabablarga koʻra bolaga tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma oʻz vaqtida olinmaydi. Bu esa uning kelajakda nafaqa olish, fuqarolikni tasdiqlash, taʼlim olish kabi asosiy huquqlaridan foydalanishida muammolarga sabab boʻladi.
Amudaryo tumanida yashovchi fuqaro Zagipa Sharibayeva ham moliyaviy qiyinchilik va eʼtiborsizlik sababli 2009-yil 2-iyul kuni tugʻilgan oʻgʻli Sharibayev Javohir Jumaboy oʻgʻli uchun tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani rasmiylashtirmagan. Bu esa Javohirning 15-yil davomida hech qanday rasmiy hujjatlarsiz yashashiga sabab boʻlgan.
2025-yil 26-fevral kuni Amudaryo tumani FHDYo boʻlimi va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamkorligida olib borilgan saʼy-harakatlar natijasida uning tugʻilishi rasman qayd etildi hamda tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma rasmiy tarzda berildi.
Shu tariqa, Javohirning yillar davomida amalga oshirilmagan huquqlari tiklandi, uning qonuniy manfaatlaridan foydalanishi uchun yoʻl ochildi.
M. Eshmurodova, Amudaryo tumani FHDYo bolimi mudirasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶