Adliya bölimi kömagida bolaga tuğilganlik guvohnomasi rasmiylaştirildi
Baʼzan tegişli hujjatlar bölmaganligi sababli bolaga tuğilganlik guvohnomasi öz vaqtida olinmaydi. Oqibatda uning huquqiy maqomi va kelajakdagi imkoniyatlariga salbiy taʼsir körsatişi mumkin.
Fuqaro Kamolova Sanobar Oybek qizi ham farzandining tuğilganligi haqida tibbiy maʼlumotnomaga, şuningdek, öz şaxsini tasdiqlovçi hujjatga ega bölmaganligi sababli 2016-yil 11-avgust kuni tuğilgan Kamolov Alibek Azamat öğliga guvohnoma ololmay kelayotgan edi.
Mazkur masala böyiça Amudaryo tumani Adliya bölimi va Fuqarolik işlari böyiça tuman sudi hamkorligida zarur huquqiy çoralar körildi. Natijada Xorazm viloyati Urganç tumanida tuğilgan Kamolov Alibek Azamat öğli uçun 2025-yil 14-fevral kuni Amudaryo tumani FHDYo bölimi tomonidan tuğilganlik töğrisidagi guvohnoma rasmiylaştirildi.
Bu jarayon Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktyabrdagi 550-son qarori 3-ilovasi 19-bandiga muvofiq amalga oşirildi. Mazkur hujjatda “16 yoşdan oşgan, tibbiy muassasadan taşqarida va tibbiy yordamsiz tuğilgan bolaga nisbatan tibbiyot muassasasi tomonidan tuğilganlik haqidagi maʼlumotnoma rasmiylaştirilmagan şaxslarning tuğilganligini qayd etiş audning hal qiluv qarori asosida amalga oşiriladi” deb belgilangan.
Körilgan çora-tadbirlar natijasida Alibekning huquqlari tiklanib, unga qonuniy hujjat taqdim etildi.
M. Eşmurodova, Amudaryo tumani FHDYo bölimi mudirasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶