Yurt obodligi va farovonligi yölidagi asosiy vazifalar belgilab olindi
Bahor kirib kelişi bilan butun tabiat uyğondi. Qişning izğirinli kunlari yakunlanib, ona zaminimizda yangilaniş, yaşariş boşlandi. Tabiatning bizga bergan neʼmatlaridan unumli foydalaniş, yurtimiz obodligiga hissa qöşiş har birimizning insoniy burçimizdir!
10-mart kuni Amudaryo tumanidagi markaziy öyingohda yurt obodligi va xalq farovonligini taʼminlaş borasidagi asosiy vazifalarga bağişlangan yiğiliş ötkazildi. Yiğilişda tuman hokimi Sobir Xöjametov, respublika va tumandan biriktirilgan vakillar va masʼul rahbarlar, hokim örinbosarlari, fermerlar, korxona-taşkilotlar rahbarlari, “Mahalla yettiliklari” masʼullari iştirok qildilar.
Yiğilişda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2025-yil 3-martdagi topşiriğiga muvofiq tumanda Navröz umumxalq bayramiga tayyorgarlik köriş, tuman markazi va qişloq aholi punktlarini obodonlaştiriş hamda kökalamzorlaştiriş, fermer xöjaliklari ekin maydonlarini mavsumga tayyorlaş, kanal va ariqlarni betonlaştiriş, şuningdek, yangi tizim asosida aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanişi borasida joylarda amalga oşirilayotgan işlarni örganiş va aholiga amaliy yordam körsatiş böyiça hududlarida bajarilişi lozim işlar yuzasidan asosiy vazifalar belgilab olindi va tegişli topşiriqlar berildi.
Yiğilişda tuman hokimi Sobir Xöjametov sözga çiqib, davlatimiz rahbari taşabbusi bilan butun yurtimizda, şu jumladan Amudaryo tumanida amalga oşirilayotgan bunyodkorlik, obodonlaştiriş işlarida aholining daxldorlik hissini şakllantiriş, uşbu xayrli amallarga javob tariqasida aholi turar joylarini obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş, xonadonlarda tozalik işlarini taşkil etiş, tomorqalardan unumli foydalanib, har qariç yerga ekin ekiş lozimligi xususida söz yuritdi.
Şuningdek, tuman hokimi öz sözida Navröz umumxalq bayramiga munosib tayyorgarlik köriş hamda bayram tantanalarini avvalgi yildagilarga öxşamagan, özgaça tarzda taşkil etiş, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bölgan özaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuçaytiriş, bayram arafasida beğaraz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltiriş yuzasidan tegişli tavsiya va körsatmalar berdi.
Yiğiliş mobaynida tumanni kompleks rivojlantiriş böyiça respublikadan biriktirilgan vakil – Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining Sanoat, quriliş, transport va aloqa masalalari qömitasi raisi Islam Sdikov sözga çiqib, bugungi kunda tumanni har tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça keng qamrovli işlar amalga oşirilayotgani, bularning barçasi muhtaram Prezidentimizning xalq farovonligi yölidagi islohotlarining samarali natijasi ekanligini alohida taʼkidladi va hamjihatlikda islohotlar ijrosi borasidagi işlarni yanada jadallaştiriş lozimligini takidlab, bu borada tegişli tavsiya va körsatmalar berdi.
Masʼul vakil öz sözida tumanni har tomonlama kompleks rivojlantiriş borasidagi işlarda har bir rahbar zimmasiga yuklatilgan işlarni öz vaqtida, samarali amalga oşirişi lozimligini taʼkidlab, natijadorlikka erişişda har doim amaliy yordamga tayyor ekanligini bildirdi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶